I. O’quv materiallari I. 1 Ma’ruza mashg’ulotlari



Yüklə 138,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/15
tarix10.12.2023
ölçüsü138,29 Kb.
#139216
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
MA\'RUZA 1



I.O’QUV MATERIALLARI 
I.1 MA’RUZA MASHG’ULOTLARI. 
1-Mavzu: Tabiatshunoslik o’qituvchisi (kasbiy tayyorgarligi, ijodiy va ijtimoiy 
faolligi, ma’naviy-ahloqiy sifatlari, g’oyaviy-siyosiy yetukligi) ga qo’yiladigan 
talablar. O’qituvchining tayyorgarligi. 
 
 Reja: 
1.1 Ta’limning yordamchi shakllari 
1.2 An’anaviy metodlarning afzalliklari 
1.3 O`quvchilar miqdoriga ko`ra ta`limning tashkiliy shakllari.
1.4 Tabiatshunoslikni o‘rganish jarayonida bolalarni ilmiy dunyoqarashini 
shakllantirish asosida tarbiyalash. 
Asosiy tushunchalar
. Tabiatshunoslik, pedagogika, tabiiy fanlar, metodika
kuzatish metdi, pedagogik texnologiya, metod, tabbiy fanlar, sharq olimlari. 
Tabiatshunoslik o‘qitish metodikasi o‘z mazmun va mohiyatiga ko'ra maktab 
o‘quvchilariga tabiatshunoslik bilimlarini berish bilan birga ulaming har tomonlama 
tarbiyalash ishlariga o‘z hissasini qo‘shadigan fan hisoblanadi. Shu nuqtayi 
nazardan u pedagogika fanlari tarkibiga kirib, asosiy predmeti boshlang‘ich 
sinflarda o‘ rganiladigan tabiatshunoslik kursi hisoblanadi. Zero, bu fan ta’im-
tarbiyaning o’ziga xos mazmuni va metodlarini belgilab beradi. 
Tabiatshunoslik о‘qitish metodikasi - tabiatshunoslikni о‘qitishda bolalarni 
har tomonlama tarbiyalashning mazmuni va metodlarini ochib bemvchi pedagogik 
fandir. 
U
 
pedagogikada ishlangan tadqiqotlarga asoslanadi va o‘z fanini o‘qitish mazmuni 
hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda uning metodlaridan foydalanadi. 
Maqsadi 
- Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bugungi kun talablari asosida 
yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalarni qo‘llab, yosh avlodga 
tabiatshunoslik fanini o‘rgatishga tayyorlashdir. 
Vazifasi 

o‘quv 
fani 
sifatida 
tabiatshunoslik 
mazmunini 
aniqlash,o‘qitishning metod va uslublarini tadqiq etish, zarur o‘quv jihozlarini 
tayyorlashdan iborat.
Tabiatshunoslikni o‘qitish metodikasi tabiatshunoslikni o ‘qitishda bolalarni 
har tomonlama tarbiyalashning mazmuni va metodlarini ochib beruvchi pedagogik 
fandir. U pedagogikada ishlangan tadqiqotlarga asoslanadi va o ‘z predmetini o 
‘qitish mazmuni hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda uning metodlaridan 
foydalanadi. 


Darsning samaradorligi uning puxta tayyorlanganligi va samarali tashkil 
etilganligi bilan bog‘liq. Yaxshi rejalashtirilmagan, etarlicha o‘ylab chiqilmagan, 
shoshilinch tuzilgan va o‘quvchilar imkoniyatlariga moslashtirilmagan dars sifatli 
bo‘la olmaydi. 
O‘qituvchining darsga tayyorgarligida quyidagi uchta bosqich ko‘zga 
tashlanadi: tashxislash, bashoratlash, loyihalashtirish (rejalashtirish). 
Tashxis
Unda o‘quvchilarning: 
- imkoniyatlari,
- faoliyatlari va xulqlari,
- motivlari, 
- talab va layoqatlari,
- qiziqish va qobiliyatlari, 
- bilimdonlik darajasi,
- o‘quv materialining xususiyati, uning amaliy ahamiyati, 
- dars tuzilishi,
- yangi axborotni o‘zlashtirish, 
- mustahkamlash va tizimlashtirish,
- bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish hamda tuzatish kabi holatlar 
namoyon bo‘ladi. 
Bashoratlash 
bo‘lajak darsni tashkil etilishining turli varianlarini baholash va 
ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma’qulini tanlab olish. 

Yüklə 138,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin