Maxmudova Ruxshona Husanboy qizi 1-mavzu: Dinshunoslik fanining predmeti va funksiyalari 1



Yüklə 280,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/15
tarix10.12.2023
ölçüsü280,8 Kb.
#139233
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Seminar Topshiriq




Guruh 
F.I.SH 
Ball 
730-23 
Maxmudova Ruxshona Husanboy qizi 
 
 
1-mavzu: Dinshunoslik fanining predmeti va funksiyalari 
1.1
 
 Dinshunoslik fanini o‘qitishdan maqsad nima? 
Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari. Fanning falsafa, tarix, psixologiya, 
sotsiologiya, antropologiya, arxeologiya kabi fanlar bilan bog‘liqligi. Din va 
dinshunoslik atamalarining ta’rifi. Dinshunoslik fanining vujudga kelishi va tadrijiy 
taraqqiyoti. Dinlar tarixi SHarq ilmlarining uzviy bo‘lagi sifatida. Dinlar tarixini 
o‘rganishda SHarq allomalarining yondashuvlari. Abu Rayhon Beruniy, Ibn Hazm 
Andalusiy, Abdulkarim SHahristoniy va Abu Mansur Bag‘dodiylarning asarlarida 
dinshunoslik asoslari. G‘arb dinshunosligining o‘ziga xos jihatlari. Dinlarni 
tasniflashda G‘arb olimlarining qarashlari. Jahonning ilg‘or ta’lim maskanlarida 
dinlar tarixini o‘rganish va o‘qitish tajribalari.
Olimlarning dinshunoslik sohasidagi izlanishlari muhim xulosalar chiqarishga 
olib kelgan: birinchidan, har qanday din ijtimoiy hodisa fenomen hisoblanib, diniy 
ong ijtimoiy ong shakllaridan biridir; ikkinchidan, diniy tasavvur va e’tikodlar 
jamiyat taraqqiyotining muayyan ijtimoiy sharoitlari ta’sirida turli-tuman shakl kasb 
etgan; uchinchidan, ibtidoiy diniy tasavvurlardan tortib jahon dinlarigacha bo‘lgan 
dinlar evolyusiyasini e’tirof etish dinshunoslik haqida to‘g‘ri ilmiy xulosa chiqarish 
imkoniyatini beradi.Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, “Dinshunoslik” predmetini 
quyidagicha ta’riflash mumkin: Dinshunoslik kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining 
muayyan bosqichida paydo bo‘lgan barcha din shakllarining ma’naviy, ijtimoiy
gnoseologik va psixologik ildizlarini, ularning ta’limoti va marosimchiligi, ijtimoiy 
hayotdagi mavqei va ijtimoiy funksiyalarini ilmiy jihatdan o‘rganuvchi fandir.Dunyo 
xaritasida mavjud mamlakat borki, unda yashovchi xalqlarning o‘z dini, urf-odatlari 
va an’analari mavjud. Ana shu qadriyatlar xalqlarning yurish-turishi, kundalik 
faoliyati va umuman hayot tarzini belgilashda asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Dunyo 
xalqlari tarixini o‘rganishda ularning diniy qarashlari, e’tiqod va diniy amaliyotlarini 
e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas. “Dinshunoslik” fani ana shu muhim omilni 
tadqiq etib, tarix bilan bog‘liq ravishda tahliliy o‘rganadi.

Yüklə 280,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin