– 196 –
– 197 –
san’atlar orasida ramz birgina so‘z orqali keng mazmun
ifodalash imkoniyatiga ega. Bu esa aynan qo‘shiq janrining
talablariga mos keladi. Lirik qo‘shiqlarda ramzning boshqa
poetik san’atlarga nisbatan keng qo‘llanilishini shu
sabab
bilan ham izohlash mumkin.
Poetik ramz qo‘shiqlardagi mavhum tushunchalarni,
anglatish qiyin bo‘lgan nozik tuyg‘ularni, turli ruhiy holatlarni
bir yoki bir necha so‘z orqali ifodalash imkoniyatini beradi.
Qo‘shiqning ohangdorligini ta’minlaydi, badiiy
qimmatini
oshiradi.
Lirik qo‘shiqlarda qo‘llaniluvchi poetik ramzning ikki
muhim tipini ajratib ko‘rsatish mumkin: 1.
O‘zak ramzlar.
2.
Vaziyat ramzlar.
O‘zak ramzlar.
Ramziy obrazlarning bu ikki tipini
qarama-qarshi qutblar sifatida qaramaslik lozim. Ular
qo‘shiqning jonli ijro jarayoni davomida bir-birini to‘ldiradi,
biri ikkinchisi bilan chambarchas bog‘liq yuradi.
Ramziy obrazning barcha qo‘shiqlar uchun umumiy
bo‘lgan an’anaviy tub poetik ma’noli shakli o‘zak ramz
hisoblanadi. «O‘zak» atamasi tilshunoslikdan olingan.
Ma’lumki, aglyutinativ tillar (jumladan, o‘zbek tili)da so‘z
asosini o‘zak tashkil etadi. O‘zakka turli so‘z yasovchi
qo‘shimchalar birikib yangi ma’noli so‘zlar hosil bo‘ladi.
Sintaktik munosabatni bildiruvchi qo‘shimchalar esa so‘zlarni
bir-biriga bog‘lovchi vosita vazifasini bajaradi. Tildagi
o‘zak so‘z kabi o‘zak ramz
ham muayyan matnda turli sifat,
belgilar bilan kelib o‘z poetik ma’nosini u yoki bu bu tarzda
kengaytiradi, oydinlashtiradi. Masalan: ro‘mol obrazining
barcha qo‘shiqlar uchun tub ramziy ma’nosi «oila». Ammo
ro‘mol u yoki bu qo‘shiq tarkibida turli sifat, holatlarda
tasvirlanadi. Misol uchun ushbu to‘rtlikni olib ko‘raylik:
– 197 –
Ro‘molini yuvdirdim,
omon yor,
Qora tolga ildirdim, omon yor.
Qora toli qurisin, omon yor,
Qaroqchiga oldirdim, omon yor.
Qo‘shiq tarkibida o‘zak ramzlar: «ro‘mol» – oila, «tol» –
oshiq yigit tub ramziy ma’noga ega. «Ro‘molimni yuvdirdim»
misrasida «yuvdirdim», «qora tolga ildirdim» misrasidagi
«ildirdim» o‘zak ramz «qo‘shimcha»lari hisoblanib,
bu so‘zlar ramziy obrazning ushbu qo‘shiqdagi
badiiy
mazmunini yanada aniqlashuviga yordam bermoqda. Matnda
«qo‘shimcha»lar o‘zak ramz ma’nosi bilan bog‘liq ramziy
mazmun olmoqda. Ya’ni: «yuvilgan ro‘mol tolga ilindi»,
lirik qahramon – ma’shuqa «oshiq yigitga ishonib, unga o‘z
qalbini bag‘ishladi. Shirin oila, baxtli turmush quramiz, deb
o‘yladi. Lekin ma’shuq bevafolik qildi. Ma’shuqa: «Qora
toli qurisin, qaroqchiga oldirdim» deb «ro‘molidan» – «oila
haqidagi shirin orzu-istaklaridan ayrilganligini» kuylamoqda.
Qo‘shiqda «ro‘mol» tub o‘zak ma’nosini «qo‘shimcha»lar
yordamida kengaytirib, «oila haqidagi o‘y, sevgi»
poetik
ma’noga ega bo‘lmoqda. «Tol» an’anaviy «oshiq» ma’nosida
kelmoqda.
O‘zak ramz lirik qo‘shiqlarda qo‘llaniluvchi asosiy ramz
bo‘lib, uning yetakchi xossalari sifatida quyidagilarni sanash
mumkin: a) o‘zak ramz asrlar davomida shakllanib, tarixan
xalqning qadimiy mif, turli e’tiqodiy dunyoqarashlariga borib
bog‘lanadi. Chunki «Har qanday mif ramz, lekin
hamma
ramzlar mif emas» (A.F.Losev); b) o‘zak ramz barqaror
shakl va mazmunga ega; d) o‘zak ramz poetik ma’nosi obraz
ichida yashirin keladi. Muayyan matnda bu yashirin poetik
ma’no xalqning ushbu obraz haqidagi tasavvur, tushunchalari
asosida
anglashiladi; e) ramz obrazning poetik va lug‘aviy
ma’nosi o‘rtasida bilvosita bog‘lanish mavjud. Obraz bilan