– 205 –
12-MAVZU. XALQ MAQOLLARI, TOPISHMOQLAR
VA CHALDIRMOQ JANRI
Reja:
1. Maqol – og‘zaki ijodning eng faol janri.
2. Maqollarda o‘z va ko‘chma ma’no.
3. Topishmoq parimik janr sifatida.
4. Chaldirmoq janrining o‘ziga xos xususiyatlari.
1. Maqol – og‘zaki ijodning eng faol janri.
Maqol
deb xalqning ijtimoiy-tarixiy, hayotiy-maishiy tajribasi
umumlashgan badiiy, obrazli mulohazalardan iborat
hikmatli so‘zlarga aytiladi. Maqol o‘zbek tilida maqol,
tojiklarda zarbulmasal, ruslarda poslovitsa, arablarda (jonli
so‘zlashuvda) naql, turklarda ata so‘zi atamasi bilan yuritiladi.
Maqol atamasi arabcha – «qavlun» – «gapirmoq, aytmoq»
so‘zidan olingan.
Folklorshunos olimlar maqollar va matallarni o‘rganuvchi
sohani paremiologiya deb atashadi. Paremiya – yunoncha
chuqur ma’noli gap, hikmatli so‘z, ibora, maqol, matal
ma’nosini beradi.
Maqollarning janr xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1) maqollarning hajmi qisqa va cheklangan;
2) maqollar mazmunan serko‘lam va chuqur ma’noni
ifodalaydi;
3) xalq maqollari shaklan she’riy va nasriy bo‘ladi; Ammo
nasriy maqollar ham she’riy misralarni eslatadi. Masalan:
Ko‘za kunda emas, kunida sinadi;
4) maqollarda hayotiy voqea-hodisa haqida qat’iy hukm
ifolanadi. Bu hukm musbat yoki manfiy mazmunda aks etadi;
5) maqol shaxs hayotidagi xususiy vaziyatni xalq, omma,
hayot nuqtai nazardan umumlashtiradi;
– 206 –
– 207 –
6) maqol matni tilshunoslikda shaxsi umumlashgan gap
hisoblanadi.
Xalq maqollari tarixi o‘nlab asrlar bilan o‘lchanadi.
O‘rxun-Enasoy bitiklarida «Oriq va semiz buqani (birov)
tezagidan bilsa, birov oriq va semiz buqani ajrata olmaydi»,
«Yupqa qalin bo‘lsa, tor-mor qiladigan bahodir emish,
ingichka yo‘g‘on bo‘lsa, uzadigan bahodir emish» kabi
maqolni eslatuvchi parchalarni o‘qiymiz.
Maqol – og‘zaki ijodning eng faol janri. Xalq maqollarining
mazmun ko‘lami inson hayotining turli sohalarini qamraydi.
Inson hayotidagi voqea-hodisalarning cheki yo‘q ekan,
maqollar mazmuni chegarasini ham o‘lchab bo‘lmaydi.
Maishiy hayotdagi kichik bir e’tiborga arzimaydigandek
ko‘rinuvchi lavhadan tortib chuqur falsafiy mushohada
ifodasigacha maqollar mazmunida o‘z aksini topgan. Agar
«Uyga palos yarashur, xotinga libos» maqoli maishiy hayotga
taalluqli bo‘lsa, «Yozda miyang qaynasa, qishda qozoning
qaynar» maqolida vaqtni bekor o‘tkazmaslik, aql bilan
ish ko‘rish insonga hayot imkonini yaratishi qayd etiladi,
«Vaqting ketdi – baxting ketdi» maqolida esa falsafiy mazmun
ifodalangan bo‘lib, inson taqdirida Vaqt tushunchasining
qanchalar muhim ekanligi ta’kidlangan.
Maqollarni tasnif qilishning bir turida mazmun yetakchi
hisoblanadi. Unga ko‘ra Vatan, mehnat, xalq, ilm-hunar,
mardlik, mehmon, tadbirkorlik, muhabbat va vafo, yaxshi
so‘z – jami 30 ga yaqin mavzular qayd etilgan. Ammo bu
mavzularni yana ko‘paytirish ham, kamaytirish ham mumkin.
Muhimi, mazmun yetakchi bo‘lgan tasnifda masalani har
tomonlama ifodalashga urinish aniq seziladi.
Xalq og‘zaki ijodidagi maqollar janri tarixiy hayot
davomida son va mazmun jihatdan boyish xususiyatiga ega.
Ya’ni maqollar zamon o‘tishi bilan iste’moldan chiqishi va
– 207 –
ayni paytda yangi-yangi namunalari vujudga kelishi mumkin.
2. Maqollarda o‘z va ko‘chma ma’no. Maqollar o‘z va
ko‘chma ma’nolarga ega bo‘lishi bilan yana ham diqqatga
sazovordir. «Yomon xotin olguncha, bo‘ydoq yurgan
yaxshiroq», «Qizi borning nozi bor», «Quda bo‘lguncha,
ko‘p sinash, quda bo‘lgach, ko‘p siylash» kabi maqollar o‘z
ma’nosida qo‘llanadi. Ayrim maqollar faqat ko‘chma ma’noda
qo‘llanadi. «Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamas»,
«Egrining omochi yerga botmas», «O‘tin ayirgan bolta
maydonda qolar» kabi maqollar bilan tanishganimizda
ko‘chma ma’no yashiringanini his qilamiz.
«Yer haydasang, kuz hayda, kuz haydamasang yuz
hayda» maqolini Xorazm viloyatida o‘z ma’nosida qo‘llab
bo‘lmaydi. Sababi, Xorazmda «yer osti suvlari yer sathiga
yaqin bo‘lgani uchun, kuzda haydalsa, yer qatqaloq bo‘ladi
va hosildorlik pasayadi.
Xalq maqollarining badiiy jihatdan mukammalligi taniqli
olimlar va shoir, yozuvchilar tomonidan tan olingan. Bu
jihatdan maqollar so‘z san’atining oliy namunasi sifatida
baholanishga loyiq. Hajm jihatdan kichikligi, mazmunan
serma’noligi, mavzu jihatdan hayotiyligi maqollarning asrlar
davomida og‘izdan og‘izga o‘tib yashashini ta’minlagan
omillardir.
Ayni chog‘da badiiy go‘zallikning bevosita so‘z tanlash,
tasvir vositalaridan unumli foydalanish jihatlari ham bor.
Ularning ayrimlarini esga olib o‘tamiz:
1. Qarshilantirish (tazod).
«Yaxshidan bog‘ qolar, yomondan dog‘».
Bu maqolda «yaxshi», «yomon»; «bog‘», «dog‘» so‘zlari
qarama-qarshi ma’nolarni bildiradi va shu bilan birga «bog‘»
– «dog‘» so‘zlari chiroyli qofiyani ta’minlaydi.
|