Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   131
O\'zbek folklori P

– 216 –
– 217 –
Ko‘rinib turibdiki, misol chaldirmoqning go‘zal 
namunalaridan biri.
N. Dovqarayev bu namunaning qanday vaziyatda aytilishi 
haqida ma’lumotlar keltirmaganligi sababli qoraqalpoq 
folklorida ushbu janrning o‘yin shakli saqlanganmi, yo‘qmi, 
aniq bilmaymiz. 
Folklorshunos Bahodir Sarimsoqov chaldirmoq Laqaylar 
o‘rtasida umumxalq hashari bo‘layotgan payti hasharchilar 
yonidan o‘tgan yo‘lovchilarga quyilishi holati uchrashi 
haqidagi faktni aytgan edi. Bu o‘rinda biror bir shart qo‘yilar 
ekan. Yo‘lovchi chaldirmoqni yechsa, o‘z yo‘lida ketishi 
mumkin, mabodo yecha olmasa, hasharchilar buyurgan 
yumushni bajarishi talab qilinar ekan.
Chaldirmoqning ayrim namunalarini qardosh xalq og‘zaki 
ijodida uchratamiz:
«Uch kishi ko‘prikdan o‘tmoqda: bittasi ko‘radi, bosadi, 
o‘tadi; yana bittasi ko‘radi-yu bosmay o‘tadi; uchinchisi 
ko‘rmasdan, bosmasdan o‘tadi». 
(Javob: Qo‘lida bolasi bor va homilador ayol).
* * *
Bir kishi boqqa kiribdi. Bir qop anor olibdi. Bog‘ning 
yettita eshigi bor ekan. U kishi qaysi eshikning oldiga borsa
qopdagi anorning yarmini to‘kdirishibdi. Nihoyat, yettinchi 
eshikdan chiqibdi. Qarasa, qopda bitta anor qolibdi. Bu 
odamning qopida nechta anor bo‘lgan?
(Bir yuz yigirma sakkizta)
Chaldirmoqni quyish, yechish asosida biror-bir shartning 
kim tomonidan bajarilishini aniqlash o‘yin va hasharda 
chaldirmoq quyishni bir-biriga yaqinlashtiradi, ularning ijro 
o‘rni ayricha bo‘lsa-da, ildizi bir ekanligini ko‘rsatadi.


– 217 –
Chaldirmoqlar ba’zan ertak, afsona, naqllar tarkibida ham 
keladi. Bunday holatda chaldirmoq asar syujetiga singishib, 
janrga xos ijro o‘rnini yo‘qotadi, sof badiiy-estetik vazifa 
bajaradi. Chaldirmoqni quyish, yechimini topish asardagi 
obrazlar zimmasiga tushadi. Misol tariqasida «Podsho bilan 
chol» naqlini olib qaraylik:
«Qishning kuni vaziri bilan shikorga chiqqan podsho 
baliq ovlayotgan cholga duch kelib, so‘rabdi:
– Ha, ota to‘rtni uchga urolmayapsizmi, qishda baliq 
ovlab qolibsiz?
Chol:
– To‘rtni uchga urishga urdim-u, o‘ttiz ikki qo‘ymadi-da.
Podsho:
– Bir g‘oz yuboraman, patini yula olasizmi?
Chol:
– Aytganingizdan ziyoda qilaman.
Podsho bu savol-javobning mazmunini vaziridan so‘raydi. 
Vazir lol qoladi. Podsho vazirga muddat belgilab yo javobni 
topasan, yo jon-u molingni berasan, deydi. Vazir podshoning 
g‘azabidan qo‘rqib, katta davlat evaziga choldan sirli savol-
javobning mazmunini so‘raydi.
Chol:
– Hurmatli vazirim, podshoning «to‘rtni uchga 
urmadingizmi», degani, yilda to‘rt fasl bor, shuning uch 
fasli – bahor, yoz, kuzda yaxshilab mehnat qilib, qishda 
yeb yotsangiz bo‘lmasmidi, degani. Mening «o‘ttiz ikki 
qo‘ymadi», deganim, o‘ttiz ikki tish yeb bitirdi, deb aytganim. 
Biz gaplashayotganda siz hayron bo‘ldingiz. Podsho buni 
darrov sezdi va sizga ishora qilib, «Bir g‘oz yuboraman patini 
yula olasizmi?», dedi. Men «Aytganingizdan ziyoda qilaman», 
deb javob qaytardim. O‘sha g‘oz siz bo‘lasiz. Mana mening 
oldimga keldingiz, bu sirni mol-dunyo evaziga bilib oldingiz. 



Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin