– 231 –
termalari aytishuvlari, savol-javoblari, qo‘shiqlari, raqslari-
dan foydalanilgani malakali tashkilotchi(korfarmon, o‘yin-
boshi, nadim, onaboshi, bakovul, oqsoqol)lar
tomonidan
tayyorlanishi va o‘tkazilishi sababli, marosimlar ko‘p hollarda
ommaviy tomosha shaklini olgan va qatnashuvchilarning
kayfiyatlarini, ehtiroslarini umumlashtirgan.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, aksar tomoshalar bir
zamonlar marosim
sifatida vujudga kelib, jamiyat taraqqiyoti
davomida o‘z asosidan uzoqlashib, oddiy o‘yin hamda
oddiy tomoshaga aylanib borgan. Ayni chog‘da marosimlar,
shuningdek, xalq bayramlari asrlar davomida avloddan-
avlodga o‘tib kelayotgan ko‘pgina o‘yin va tomoshalar
zamirida xalqimizning ijrochilik salohiyati, iste’dodi,
dunyoqarashi, orzu-intilishlari yotadi. Jonli va hayotiy
obrazlar, tomosha vositalari ularda yetakchilik qiladi.
O‘zbek an’anaviy teatr san’atining eng
keng tarqalgan turi
bu shubhasiz, qiziqchilik san’atidir. Bu san’at turi vatanimizda
keng ma’nolarga ega bo‘lib, ayrim hollarda “tomosha” nomi
ostida xalq madaniy hayotining tarkibiy qismiga singib
ketgan. Ayni paytda xalqimiz
badiiy madaniyatining eng
ommabop va ko‘pqirrali murakkab sohalaridan biridir.
Istiqlol yillarida qiziqchilik san’atini rivojlantirish uchun
keng imkoniyatlar ochildi. Poytaxt va viloyatlarda o‘nlab
yangi ijodiy guruhlar paydo bo‘ldi, turli teleko‘rsatuvlar
tayyorlanib, muntazam ravishda efirga uzatilayotgani ham
shundan. Ayniqsa, poytaxtimizda tashkil etilgan Mustaqillik
va Navro‘z bayramlari tomoshalarida askiyachilar guruhlar
ijrolarining o‘rin olishi davlatimiz rahbarining bu sohaga
bo‘lgan alohida e’tibori va g‘amxo‘rligidan dalolat beradi.
An’anaviy teatr deganda nimani tushunishimiz kerak?
Mazkur savol anchadan beri ilm ahlining e’tiborini tortib
keladi. Xususan, professor M.Qodirov
mazkur tushunchani