– 58 –
– 59 –
Uzoq yo‘lda hamrohim, havvor-havvor,
Og‘ir yukdan hinqillab, havvor-havvor,
Sola bersam cho‘qqingga, havvor-havvor,
Yo‘rg‘alagin zing‘illab, havvor-havvor.
Bir joyga to‘plangan bug‘doy g‘aramlarini yanchish
ishi boshlanadigan kunni qashqadaryolik dehqonlar
«ayaq
qo‘shdi»
deb atashgan. Xirmonga uyulgan g‘aramlarni
yanchgandan keyin choshni
somondan ajratish uchun
xirmon sovurayotgan dehqonning yoniga kelgan kishilar
xirmonchining ishi yengillashsin uchun «Xirmonga baraka,
xirmonga!», «Mo‘lchilik-ko‘lchilik», «Ko‘p bersin, kam
qilmasin» deydilar.
e)
Kuzgi marosimlar folklori janrlari:
«qovun sayli».
Xalqimizning kuzgi mavsumiy marosim folklori tizimida
polizlarda turfa qovunlar g‘arq pishgan paytda o‘tkaziladigan
«qovun sayli» alohida o‘rin tutadi. Chunki o‘lkamizda
qovunning xilma-xil navlari o‘stirilgan bo‘lib, mirishkor
dehqonlar bunday sayillarda o‘zlari yetishtirgan yangi
navlarni, eng mazali qovunlarni namoyish etishgan.
«Qovun sayli» mamlakatimizning deyarli barcha
viloyatlarida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelingan. Bu
sayilda turli-tuman qovunlar namoyish etilgan, yigitlar
va o‘smir bolalar «qovun-qovun» o‘yinini o‘ynaganlar.
Bunda o‘yinchilar ikkiga bo‘linib, bir-birlariga qovunlarni
otib,
ularning shirinligi, tilimi tilni yorishini qo‘shiq qilib
kuylashgan. Aytishuv shaklidagi bu qo‘shiqning har bir
to‘rtligi «Qovun-qovunlar dedim» an’anaviy takrorlanuvchi
misra
bilan boshlanib, keyingi misralarda istalgan qovun
nomini qo‘shib ijro etilavergan:
– 59 –
Qovun-qovunlar dedim,
Mazali qovunlar dedim,
Ey shirinnovvot dedim,
Gurvak qovunlar dedim.
Qovun-qovunlar dedim,
Shirin qovunlar dedim,
Oq bekzodi, ko‘k bekzodi,
Qariqiz qovunlar dedim.
Shirinnovvot qovunimiz,
Mazasidan tomadi bol,
Farhod bo‘lib bellashamiz,
Shirin bo‘lib ko‘nglimiz ol.
O‘ynang qizlar, o‘ynang qizlar,
Bog‘da gulday yashnashaylik,
Shirin novvot bir bahona,
Oshiq ko‘nglin xushlashaylik.
Xorazm viloyati tumanlarida esa «Qovun sayli»da
an’anaviy «Shirinnovvot» o‘yini o‘ynalgan. Bu o‘yinni
o‘ynash uchun katta ayvoni bor uy tanlangan va yigit-
qizlar har xil qovunlarni olib shu uyga yig‘ilishgan. Yigitlar
qovunlarni ko‘tarib tomga chiqishgan va ayvon tepasidan
ipga bog‘langan qovunlarni pastda turgan qizlar tomonga
tushirishgan. Qizlar ilib olish uchun qo‘l cho‘zishganda ular
ipni yuqori tortganlar. Shu tariqa o‘yin davom ettirilgan va
yigit-qizlar tomonidan lapar usulida qo‘shiq aytilgan.
Dostları ilə paylaş: