– 66 –
– 67 –
Ikki tog‘ning orasidan,
Oy chiqadi lovullab,
Kuyov to‘ra kirib kelar,
Sepichlari yalpillab.
O‘tirsinlar, kuyov to‘ra.
Kuyov to‘ra o‘tirmasa,
Uylarni berdim,
Qoziqda kishnagan,
Duldulni berdim.
Qafasda sayragan,
Bulbulni berdim,
O‘tirsinlar, kuyov to‘ra.
Kuyov-kuyov deydilar,
Mulla kuyov deydilar,
Qaynotasi bilan qaynonasi
Eshigidan borganda
Xush kelibsiz, deydilar,
O‘tirsinlar, kuyov, o‘tirsinlar,
– deydi. Shundan keyin kuyov o‘ziga belgilangan joyda
o‘tiradi.
Kuyovnikiga kelgan kelin uyga kirganidan keyin
chimildiqning ichidagi to‘shak ustiga o‘tirmay tikka turadi.
Shunda kuyovning onasi yoki buvisi kelinni o‘tirishga taklif
qilib qo‘shiq aytadi.
«Kelin o‘tirsin»
nomli bu an’anaviy
xalq qo‘shig‘i buxoroliklar orasida keng tarqalgan bo‘lib,
«kelin tushdi» udumining qadimiy uzvlari sirasiga kiradi. Bu
qo‘shiqda qaynona o‘z keliniga uyning to‘rini, ro‘zg‘oridagi
barcha ishlarni, bor davlatini baxsh etganligi ifoda etiladi:
– 67 –
Oftobi anvarim, xush keldingiz,
Ikki diydam, sarvarim, xush keldingiz,
Siz uchun oy-u kun mushtoqdir,
Jon bolamning qallig‘i, xush keldingiz.
Oyim kelin o‘tirsin!
Yana kelin o‘tirmasa, uylarni berdim,
Poygakni qo‘yib, to‘rlarni berdim,
Bor-u yo‘q davlatimni berdim,
Jamiki savlatimni berdim.
Oyim kelin o‘tirsin!
Kelin oyim yashasinlar,
Taglariga baxmal to‘shasinlar.
Kelin oyim bilan o‘g‘limdan bo‘lgan bolalar
Ota-onalariga o‘xshasinlar.
Oyim kelin o‘tirsin!
Xalqimiz an’anasiga ko‘ra, nikoh to‘yining ertasi va
undan keyingi kunlarda o‘tkazilgan bir necha marosimlar
ham mavjud bo‘lib, ular o‘ziga xos qo‘shiqlari, ya’ni verbal
komponenti bilan alohida ajralib turgan. To‘yning ertasi kuni
kelinchakning yuzini ochishga bag‘ishlab o‘tkaziladigan
marosim «bet ochar» deyilgan. Surxon vohasi aholisi
udumiga ko‘ra, «bet ochar» rasmi nikoh to‘yining ertasi kuni
bajariladi Bunda kayvonilar bir yosh o‘g‘il bolaning qo‘liga
o‘qlov yoki mevali daraxt shoxidan sindirib olingan novdani
tutqazadilar. Ana shu o‘qlovning uchiga oq paxta o‘raladi.
Yosh bola qo‘lidagi o‘qlov bilan kelinning boshiga solingan
maxsus yoping‘ich-ro‘molni ko‘tarib, yuzini ochadi. Shundan
keyin o‘sha o‘qlov kelin betini ochgan o‘g‘il bolaning o‘ziga
beriladi. Ba’zi joylarda kichkina o‘g‘il bolaning qo‘liga
|