– 69 –
ijrosi, dastlab, Xudoga, payg‘ambarlarga, aziz-avliyolarga,
muqaddas joylarga hurmat bajo keltirish bilan boshlanib,
so‘ngra kuyovning bobosi va buvisi,
ota-onasi,
aka-ukalari,
opa-singillari, eng yaqin qarindoshlari, qo‘shnilari, kelinning
ovsinlari, to‘yda xizmat qilgan kishilar – nonvoy, oshpaz,
jarchi va boshqalarga ham bag‘ishlanadi. Yengil yumor bilan
yo‘g‘rilgan bu qo‘shiqdagi hazil-mutoyibalar hech kimning
ko‘ngliga tegmaydi.
O‘ho‘ - o‘ho‘ yo‘talgan,
Obdastasin ko‘targan,
Qaynotasiga salom.
Oq soqichday eshilgan,
Mahallaga kerilgan,
Qaynonasiga salom.
G‘o‘zadagi pechakday,
Qayrilmachoq gajakday,
Qaynonasiga salom.
O‘zbek folklorining qadimiy janrlaridan biri hisoblangan
«kelin salom» qo‘shiqlarida kuyovning ota-onasi,
qarindoshlari va yaqinlariga chuqur hurmati, izzat-ikromi o‘z
badiiy ifodasini topgan.
Dostları ilə paylaş: