Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   131
O\'zbek folklori P

– 72 –
– 73 –
bolalariga g‘amxo‘rligi, pushti panoh va himoyachiligi 
alohida tilga olinadi.
Oila boshlig‘i bo‘lgan otaning hurmati yuksak, baland 
toqqa tenglashtiriladi. Zero, otaga hurmat xalqimizning ulug‘ 
qadriyatlaridandir. Xalq orasida ota bilan bog‘liq e’tiqodlar 
juda ko‘p. Shuning uchun bolalar ota o‘tirgan uyning tomiga 
chiqishni gunoh deb biladilar. Shu tushunchalar asosida 
yig‘ilarda ota «qiblagohim» deya ulug‘lanadi. Hatto otaga 
qarata «mehribonim», «boshimdagi panohim» deya murojaat 
qilinadi. 
Ota oilani birlashtirib turuvchi, unga har tomonlama 
bosh-qosh, moddiy ta’minotchi bo‘lgani bois ko‘p hollarda 
uning o‘limidan so‘ng oila a’zolari qiynalib qolishadi. Buni 
hatto bolalar o‘lim yuz bergan kundanoq his eta boshlaydilar 
va o‘z his-tuyg‘ularini yig‘i matnlarida ifodalar ekanlar
«boshidagi posboni», «oldidagi sarboni» o‘limidan qattiq 
aziyat chekayotganliklarini ta’kidlaydilar. Otasiz oilalarda 
yuz beradigan boshboshdoqlik «buzilgan qo‘rg‘on»ga 
qiyoslanadi.
Ona vafoti munosabati bilan aytiladigan yig‘ilar ham 
talaygina. Ularda onaning mo‘tabar zot ekanligi, mehribonligi 
va fidoyiligi madh etilishi orqali ona o‘limiga achinish, 
bundan g‘am chekish holatlari ifoda etiladi. 
Volidam, Makkam, Madinam
Mehribonim, jonim onam.
(B.u.g‘., 39-b.)
Yoki:
Oq sutingga rozi bo‘l, 
Azizam - Ka’bam onam.
(B.u.g‘., 34-b.)
Ona nomini muqaddas qadamjolar nomi bilan teng qo‘yish 
orqali uning ham mo‘tabar zot ekanligi ta’kidlanadi. Onaning 


– 73 –
mo‘tabarligi esa o‘ta mehribonligi, fidoyiligi, g‘amxo‘rligi 
bilan belgilanadi. Ona vafotiga bag‘ishlangan ayrim yig‘ilar 
hatto kuyga solinib, qo‘shiq qilib kuylanadi.
Onalarga bag‘ishlangan motam yig‘ilarida, asosan, 
onaning beqiyos mehr-muhabbatli ekanligi, farzandlari 
uchun umrbod kuyib-pishganligi, mushfiqligi, shirinso‘zligi, 
bolalarini oq yuvib, oq tarab, oq sut berib boqqanligi tilga 
olinadi. Ayniqsa, uning ro‘zg‘or qiyinchiliklariga sabr-toqat 
bilan yelka tutib berganligi alohida madh etiladi:
Boriga ham yo‘g‘iga, 
Achchig‘u ham totiga.
Dardiga ham dog‘iga, 
Sabri ul tog‘im onam. 
(B.u.g‘., 35-b.)
Ona o‘limi-farzandlar uchun katta yo‘qotish. Shuning 
uchun farzandlar ona o‘limida:
Xayr ketdi sen bilan, 
Ko‘rk ketdi sen bilan.
Bir o‘zing dunyomiding, 
Dunyo ketdi sen bilan,
(B.u.g‘., 36-b.) 
– deya nolish qiladilar.
Ayniqsa, onalar qizlarning yaqin sirdoshi, ko‘makchisi 
va maslahatdoshi bo‘lishadi. Lekin ko‘pincha qizlar ham, 
o‘g‘illar ham o‘z ro‘zg‘orlari bilan bo‘lib, onalarini unutib 
qo‘yishadi. Uning holidan kamdan-kam xabar oladilar. 
O‘lim yuz berganda ana shu haqiqat yuzaga chiqib, bundan 
farzandlar qattiq afsus-nadomat chekadilar. Ularning afsus-
nadomati esa boshqalarga saboq bo‘lib yangraydi:



Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin