Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Xalq baxshilari, dostonchilik maktablari



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   131
O\'zbek folklori P

2. Xalq baxshilari, dostonchilik maktablari.
«Baxshi» 
so‘zining «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da to‘rt xil ma’nosi 
izoh olgan: 1 – donishmand, 2 – dostonlarni kuylovchi, 3 – 
dam solib davolovchi tabib, 4 – Buxoro xonligida qurilish 
mablag‘ini nazorat qiluvchi. Yuqoridagi to‘rt ma’nodan uchtasi 
bevosita doston aytuvchi baxshilarga tegishli. Chunki xalq 
orasida baxshi bo‘lish uchun inson donishmand, aqlli bo‘lishi 
kerak, degan fikr qayta-qayta ta’kidlanadi. Ikkinchidan, 
«baxshi» xalq dostonlarining ijrochisi. Uchinchidan, ibtido-
da baxshi va shomon yagona tizimda qaralgan va so‘zning 
mo‘jizaviy magik fazilatidan foydalanib kishilarni turli 
xastaliklardan forig‘ qiluvchi shaxs hisoblangan. O‘zbek 
folklorshunosligi asoschisi H.T.Zarifovning ma’lumot 
berishicha, baxshi mo‘g‘ulcha va buryatcha «baxsha», 


– 80 –
– 81 –
«bag‘sha» so‘zlaridan olingan bo‘lib, «ustod», «ma’rifatchi» 
ma’nolarida qo‘llangan. Baxshi keng ma’noda xalq 
dostonlarini kuylovchi, yodda saqlovchi va nasldan naslga 
o‘tkazuvchi san’atkor. Doston ijrochilarini Surxondaryo 
va Qashqadaryoning ayrim hududlarida yuzboshi, Janubiy 
Tojikiston o‘zbeklari orasida soqi, ba’zi joylarda sozanda, 
Farg‘ona vodiysida sannovchi, ba’zi joylarda jirov, jirchi, 
oqin, oxun deb ham atashagan. Yetuk baxshilar, badihago‘y, 
epik an’ana doirasida o‘zlarining yangi-yangi variantlarini, 
hatto yangi dostonlarni yarata bilgan ijodkorlarga nisbatan 
shoir nisbati ham qo‘shib aytilgan. Masalan Ergash shoir, 
Fozil shoir, Islom shoir, Po‘lkan shoir, Abdulla shoir kabi.
Baxshilar o‘z dostonlarini do‘mbira, ayrimlari qo‘biz 
yoki dutor jo‘rligida, ichki ovozda ijro qilishgan. Xorazm 
baxshilari o‘z dostonlarini, asosan, dutorda ijro qilishgan, 
ularga ijro jarayonida g‘ijjak va bulomonda sozandalar 
jo‘r bo‘lishgan. XX asrning 30-yillaridan boshlab Xorazm 
baxshilari dostonlarni tor va rubob jo‘rligida ham kuylay 
boshlashdi. Ayrim baxshilar o‘z to‘piga doirachi va o‘yinchini 
ham olib kirishdi. Xususan Bola baxshi to‘pi bunga misol 
bo‘la oladi. Xorazm baxshilari epik asarlar yoki ularning 
parchalarini garmon sozi bilan ijro qilishga o‘tishdi. Bunday 
hollarda ular sozchi deb yuritildi. Masalan: Qurbon sozchi, 
Qodir sozchi va boshqalar. Sozchilar epik asarlarni to‘liq ijro 
qilishdan ko‘ra undan parchalar, termalar, o‘zlari yaratgan 
asarlarni kuylashga alohida e’tibor berishgan
1

Xalq dostonlarini kuylash jarayonida, asosan, yakka 
ijrochilik yetakchilik qilsa-da, Xorazmda jamoaviy ijro 
birinchi o‘ringa chiqqanligini kuzatamiz.
Xorazm hududida xalq dostonlari va ulardan saralangan 
1
Qarang: Mirzayev T. Doston. O‘zbek folklorining epik janrlari. – T.: Fan, 1981. 
– B. 21-37 . 


– 81 –
parchalarni, termalarni kuylovchi ijrochilikning yana bir 
turi bu – xalfachilikdir. Xalfachilik, asosan, ayollar orasida 
keng urf bo‘lib, ijrochilar ham ayollar hisoblanadi. Xalfa 
san’atining ikki turi mavjud bo‘lib, jamoaviy xalfalar va 
yakka xalfalarga bo‘lingan. Jamoaviy xalfalar uch kishidan 
iborat guruhni tashqil qilib – ustoz xalfa (garmon chalib, 
ashula aytgan), doirachi (ashulaga jo‘r bo‘lgan, ba’zan raqsga 
tushgan) va o‘yinchi (raqsga tushgan, qayroq chalgan, yalla 
va lapar aytgan, ba’zan doira chalgan)dan tashkil topgan. 
Bibi shoira, Xonimjon xalfa, Ojiza, Onajon Safarova, Nazira 
Sobirova kabilar shunday xalfalardir.
Yakka xalfalar doston va qo‘shiqlarni sozsiz ijro etadi. 
Ular dostonlarni yoddan yoki qo‘lyozmalardan ma’lum bir 
ohangda o‘qish, «Yor-yor», «Kelin salom», «Muborak» kabi 
to‘y qo‘shiqlarini ijro etish bilan shuhrat qozonishgan. Roziya 
Matniyozova, Saodat Xudoyberganova, Poshsho Saidmamat 
qizi, Ambarjon Ro‘zimetova, Anorjon Razzoqova kabilar 
yakka holda xalfachilik qilganlar.
Xalfalar ko‘proq «Oshiq G‘arib va Shohsanam», «Oshiq 
oydin», «Aslxon», «Hurliqo va Hamro», «Qumri», «Qissayi 
Zebo», «Tulimbiy», «Bozirgon», «Xirmon Dali» kabi 
dostonlarni, Maxtumquli she’rlarini, turli marosim qo‘shiqlari 
va o‘zlari yaratgan asarlarni ijro etadilar. Ular xalqning 
barcha to‘y-hashamlarida, turli marosimlarda, ayollarning 
yig‘inlari va bayramlarda qatnashadilar, to‘y va marosimlarni 
boshqaradilar. Xalfachilik ayollar san’ati sifatida Xorazm 
vohasida shu kunlarda ham keng davom etmoqda
1
.
O‘tmishda epik asarlarni xalqqa yetkazuvchilar 
qatorida qissaxonlar ham faoliyat yuritishgan. Qissaxonlar 
xalq dostonlarining qayta ishlangan nusxalarini, qiziqarli 
1
Qarang: Mirzayev T. Doston. O‘zbek folklorining epik janrlari. – T.: Fan, 1981. 
–B.24-38. 



Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin