Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   131
O\'zbek folklori P

– 88 –
– 89 –
otasi Jumanbulbulning shogirdi bo‘lgan. Jumanbulbulning 
ustozi Bo‘ron shoir (Kichik Bo‘ron) bo‘lib, uning ustozi 
Bo‘ron baxshi (Katta Bo‘ron)dir. Po‘lkan shoir Jossoqning 
o‘n ikkinchi shogirdi bo‘lib, Jossoqning ustozi Mulla 
Abduqodirdir. Mulla Abduqodirga otasi Bo‘ron baxshi (Katta 
Bo‘ron) ustozlik qilgan. Katta Bo‘ronning akasi Jolmon 
baxshi ham XVIII asrning dongdor kuychilaridan bo‘lgan. 
Og‘zaki ma’lumotlarga qaraganda, Qo‘rg‘on dostonchilik 
maktabining asoslarini Ergash Jumanbulbul o‘g‘lining ota-
bobolari qurganligi taxmin qilinadi va u XVII–XX asrlarda 
yashagan Yodgor Usta Ko‘lay o‘g‘li, Usta Lafas Yodgor o‘g‘li, 
Tilla kampir, Mulla Tosh Usta Lafas o‘g‘li, Mulla Xolmurod 
Mulla Tosh o‘g‘li, Jolmon baxshi, Bo‘ron baxshi (Katta 
Bo‘ron), Mulla Abduqodir Bo‘ron baxshi o‘g‘li, Bo‘ron shoir 
(Kichik Bo‘ron), Sulton kampir, Qulsamad baxshi Sulton 
kampir o‘g‘li, Xudoynazar qassob, Jossoq Mulla Xolmurod 
o‘g‘li, Yorlaqab Mulla Xolmurod o‘g‘li, Jumanbulbul Mulla 
Xolmurod o‘g‘li, Bolta Qulsamad o‘g‘li, Quvondiq Qulsamad 
o‘g‘li, O‘tagan Qulsamad o‘g‘li, Berdiqul (Qupbaqa baxshi). 
Rasul baxshi, Safarqul baxshi, Qultoy baxshi, Chuvoq baxshi, 
To‘xtamish baxshi, Ortiq baxshi, Ollomurod shoir, Darvish 
baxshi, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Abduxalil Jumanbulbul 
o‘g‘li, Sarimsoq baxshi, Jolg‘osh Jossoq o‘g‘li, Yo‘ldosh 
Jossoq o‘g‘li, Qo‘ldosh Jossoq o‘g‘li, Muhammadqul 
Jonmurod o‘g‘li Po‘lkan, Bo‘ta baxshi Ortiq o‘g‘li, Egamberdi 
Ollomurod o‘g‘li, Usta Xolqul, Abdumurod Berdixol o‘g‘li, 
Abdulla baxshi, Qurbonqul Jolg‘osh o‘g‘li, Mardi Jiyan o‘g‘li, 
Rahmatulla Yusuf o‘g‘li kabi ko‘plab baxshilarni birlashtiradi. 
Bu baxshilar, asosan, ishqiy - romanik dostonlarga ko‘proq 
e’tibor berganlar. O‘ziga xos chuqur lirizm, chiroyli tasvirlar, 
she’riy bezaklar, tafsilotlarni atroflicha ishlash, noziklik va 
jimjimadorlik Qo‘rgon dostonchilik maktabi uslubining asosiy 


– 89 –
belgilaridir. Bu hol uning vakillari kuylagan asarlarda yozma 
va og‘zaki adabiyot an’analari o‘ziga xos ravishda omuxta 
bo‘lib ketganligini ko‘rsatadi. Qo‘rg‘on dostonchilik maktabi 
vakillari poetik formalar va ifodalar taraqqiyotida ancha olg‘a 
ketishganligini folklorshunoslar alohida ta’kidlashadi. 
Doston ijrosida Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, 
Farg‘ona vodiysidagi dostonchilik maktablari ham o‘z 
repertuariga, mashhur baxshi shoirlariga ega bo‘lishgan. 
Bugungi kunga kelib faqat Qashqadaryo, Surxondaryo va 
Xorazm viloyatlaridagi bir qator dostonchilik maktablari o‘z 
an’analarini davom ettirmoqda hamda o‘zbek eposining jonli 
ijroda yashash holatini saqlab kelishmoqda.

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin