Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Xalq dostonlarida turkumlik



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   131
O\'zbek folklori P

4. Xalq dostonlarida turkumlik.
Ma’lum bir epik 
qahramon, uning avlodlar va safdoshlari hayotidan hikoya 
1
Jirmunskiy V.M., Zarifov X.T. O‘sha asar. – B.61-301.
2
Saidov M.S. O‘zbek xalq dostonchiligida badiiy mahorat masalalari. Toshkent, 
1969, 30-32-bet.
3
O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi. – T.: O‘qituvchi, 1980. – B.203-206; Mirzayev 
T. Doston. O‘zbek folklorining epik janrlari. – T.: Fan, 1981. – B.65-75.
4
Sarimsoqov B. Xalq dostonlarining tasnifi va oraliq shakllar masalasi // “O‘zbek 
tili va adbiyoti”, №3.


– 91 –
qiluvchi dostonlar silsilasi turkumlikni tashkil etadi. 
Turkumlikka kiruvchi dostonlar bir-birining izchil davomi 
bo‘lmay, har biri alohida-alohida voqealar asosiga qurilishi 
ham mumkin. Bu o‘rinda epik qahramonlar, epik makon 
va zamon umumiyligiga amal qilinadi. Folklorshunoslar 
turkumlikka ega dostonlarni mazmuniga ko‘ra biografik, 
nasliy va geografik kabi turkumlarga ajratib o‘rganishadi. 
O‘zbek xalqi epik ijodida Go‘ro‘g‘li va uning asrandi 
o‘g‘illari, safdoshlari hayotidan hikoya etuvchi dostonlar 
majmuasi alohida o‘rin tutadi. «Go‘ro‘g‘li» turkumiga kiruvchi 
dostonlarda Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi, bolaligi, uylanishi, 
Avazxon va Hasanxonlarni asrab olishi, Avazxon, Hasanxon, 
ularning o‘g‘illari – Ravshan, Nurali, Sherali, keyingi avlod 
– Jahongirlarning hayotidan tortib, bosh qahramonning bir 
yuz yigirma yoshida g‘orga kirib g‘oyib bo‘lib ketgungacha 
bo‘lgan voqealar aks etadi. «Go‘ro‘g‘li» turkumiga kiruvchi 
har bir doston o‘zicha mustaqil xarakterga ega va ularning har 
biri el orasida alohida-alohida kuylanib kelingan. «Go‘ro‘g‘li» 
turkumi tarkibi g‘oyatda murakkab, kuylanish va ijro 
sharoitlarida o‘zaro mustaqil va har biri alohida yagona syujetga 
ega bo‘lgan bu silsila dostonlar Go‘ro‘g‘li va G‘irot obrazlari, 
Chambil mamlakati kabi asosiy nuqtalarda, shuningdek, qirq 
yigit, Soqibulbul, Hasanxon, Ahmad sardor singari an’anaviy 
obrazlar, ularning g‘ayriqutblari tasviri orqali bir-birlari 
bilan birlashsalar-da, bosh qahramonning muntazam epik 
biografiyasi emas, balki uning dovruqli afsonaviy hayotining 
ko‘pdan-ko‘p epizodlari tasvirlaridan iborat. «Go‘ro‘g‘li» 
dostonlari o‘tgan asrning boshlaridan turli yillarda, turli 
baxshilar tomonidan yozib olingan. «Go‘ro‘g‘lining 
tug‘ilishi», «Go‘ro‘g‘lining bolaligi», «Zaydinoy», «Yunus 
pari», «Misqol pari», «Gulnor pari» dostonlari atoqli baxshi 
Po‘lkan shoirdan ketma-ket yozib olingan bo‘lsa, taniqli 



Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin