– 125 –
epik rivoyat, syujet va motivlari jihatidan bir-biriga o‘xshash
bo‘lgan bu variantlar orasida
Ergash shoir nusxasi
1
badiiy
go‘zalligi, kompozitsion pishiqligi bilan ajralib turadi. Zulm
va zo‘rlik bilan bir-biridan ajratilgan oshiq-ma’shuqlar
taqdiri, adolatsiz zamon to‘fonida ota-onasidan va bir-biridan
ajralib qolgan egizaklar sarguzashti Ergash shoir variantida
turli-tuman ijtimoiy hodisalar
fonida nihoyatda konkret
va real tasvirlangan. Bu variant dastlab Buyuk Karimov
tomonidan nashrga tayyorlanib, Hodi Zarifning so‘z boshisi
bilan chop
etildi
2
, so‘ng Hodi Zarif tomonidan nisbatan to‘la
nashri amalga oshirildi
3
. Dostonning boshqa variantlaridan
Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li nusxasi Z. Husainova tomonidan
nashrga tayyorlanib, M. Saidov so‘z boshisi bilan bosilgan
4
.
Dostonning Ergash shoir va Nurman Abduvoy o‘g‘li nusxalari
asosida Hodi Zarif tomonidan tuzilgan yig‘ma (сводный)
varianti ham bor.
Doston «No‘g‘oy podsholaridan Avliyoyi Qoraxon
degan
bor ekan, laqablari Qilichxon ekan, shu vaqtining odamlari
Avliyo ota deydi», degan muhim bir xabar bilan boshlanadi
5
.
Bu faktning o‘ziyoq dostonning tadqiq
etuvchi mutaxassislarni
X asrdan boshlab Sharqiy Turkiston va Movarounnahrda
ikki asrdan ko‘proq hukmronlik qilgan qoraxoniylar davri
bilan bog‘lab o‘rganishga, dostonda uchrovchi avliyo ota,
Qoraxon, Buvraxon ismlari ham
ayrim tarixiy joy va shaxs
nomlarning turkiy tilda yaratilgan ilk yozma doston, XI
asrning ulkan yodgorligi bo‘lmish Yusuf Xos Hojibning
«Qutadg‘u bilig» asarida Kuntug‘di obrazi nomiga hamda
1
Kuntug‘mish. Yozib oluvchi Muhammad Iso Ernazar o‘g‘li. 1926, O‘zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti folklor arxivi, inv. № 11.
2
Ergash Jumanbulbul o‘g‘li. Kuntug‘mish.
Toshkent, 1949.
3
Bulbul taronalari. 1- tom, 171 - 342-betlar.
4
Xolbeka. Toshkent, 1967.
5
Bulbul taronalari. 1- tom, 178-bet.