Yong‘in va portlashning sabablari. Yong‘in kelib chiqishini asosiy
sabablariga quyidagilarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin: taqiqlangan joylarda
chekish, ochiq alangalardan foydalanish, yong‘in xavfsizligi bо‘yicha texnologik
jarayonlarni buzish yoki ularga amal qilmaslik, moddiylarni saqlash qoidalariga rioya
qilmaslik, statik elektr zaryadlariga qarshi texnik qurilmalardan foydalanmaslik,
atmosferaning kuchli zaryadlaridan himoyalovchi qurilmalardan foydalanmaslik (yashin
vaqtida 2 V dan 8 mln V kuchlanish, 200000 A tok kuchi miqdorida elektr zaryadlari
hosil bо‘lishi mumkin), ichki yonuv dvigatellarini sinash va ulardan foydalanish
qoidalariga rioya qilmaslik, elektr jihozlari va qurilmalarini notо‘g‘ri о‘rnatish yoki ularni
zо‘riktirish, isitish sistemalaridan notо‘g‘ri foydalanish, bug‘ qozonlari va issiqlik
generatorlaridagi avtomatik qurilmalarning nosozligi yoki ularning notо‘g‘ri о‘rnatilishi,
ishlab chiqarish binolari havosi tarkibidagi gaz, bug‘ va changlarni
meyorlashtirilmaganligi va hakoza.
Yong‘inni oldini olish, moddiylarning yonish va portlash bо‘yicha tavsifi. Ishlab chiqarishdagi barcha materiallar yonish xususiyati bо‘yicha uch turga bо‘linadi:
-yonmaydigan moddiylar - tashqi yong‘in manbasi ta’sirida yonmaydi;
-qiyin yonuvchi moddiylar - tashqi yong‘in manbasi ta’sirida yonib, manbaning
ta’siri tо‘xtatilgach mustaqil yonmaydi;
-yonuvchi moddiylar - tashqi yong‘in manbasining ta’siri tо‘xtatilgandan sо‘ng ham
mustaqil yonish xususiyatiga ega bо‘ladi.
Tez yonuvchi va yonuvchi suyuqliklar bug‘lanish natijasida portlovchi aralashma
muhit hosil qiladi. Bunday tashqari ayrim changlarning havo bilan aralashmasi ham
portlashga xavfli hisoblanadi. Ular yonish va portlash xavfliligi bо‘yicha portlashga xavfli
(aerozol holatida) hamda yonishga xavfli (aerogel) turlarga bо‘linadi va quyidagi tо‘rt
sinfga ajratiladi:
I-sinf – portlashga о‘ta xavfli changlar, alangalanishining pastki chegarasi-15
g/m
3
gacha bо‘lgan muhit;
II-sinf – alangalanishining eng pastki chegarasi 16 dan 65 g/m
3
gacha bо‘lgan
portlashga xavfli muhit.
III va IV-sinf - alangalanishning pastki chegarasi 65 g/m
3
dan yuqori bо‘lgan
yonishga xavfli muhit. SH-sinfdagi changlarning alangalanish harorati-250 °S, IV-sinfga
taalluqli changlarniki esa - 250°S dan yuqori.