O‘zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti



Yüklə 5,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/22
tarix10.12.2023
ölçüsü5,16 Mb.
#139325
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Avtomobil yollarini kokalamzorlashtirish usullari

Archa zangi - 
Gymnosporangium turkestanicum
 Franz. 
Archa daraxtidagi 
zang kasalligini zamburug’ keltirib chiqaradi. Gimnosporatum turkestanikum 
estidiya – spora hosil qilish bosqichi chetan turlarida rivojlanadi. Gimnosporangium 
fuaizporium (estidiya bosqichi. irg’ay turlarida rivojlanadi). Gimnosporangium 
kokfuzum (estidiya bosqichi do‘lana turlarida rivojlanadi) kabi kasalliklar shular 
jumlasidandir. Zang zamburug’lari bilan asosan, daraxtlarning yosh novdalari 
zararlanadi.
 
Novdaning zararlangan joyi yo‘g’onlashib so‘ngra yoriladi. Erta bahorda 
zararlangan shoxchalarda qo‘ngir tusdagi shilimshiqsimon sporalar hosil bo‘ladi. 
Archani zang zamburug’i bilan zararlanishi ostki shoxchalardan boshlanadi. 
Kasallik hamma yoshdagi va turli balandlikdagi daraxtlarga shikast etkazadi, 
ayniqsa, o‘rta mintaqada va shimoliy yonbag’irlarda o‘sadigan daraxtlar ko‘proq 
zararlanadi. 
Kurash choralari. 
Bahorda himoya qilish maqsadida daraxtlarga 1,5 foizli 
stineb, mis oksidi yoki 1 foizli polikorbastin purkaladi. Bir gektar maydonga 600 - 
700 litr eritma sarflanadi. Kasallikning ayrim belgilari paydo bo‘lishini 
ninabarglarining sarg’ayishidan bilsa bo‘ladi. Buning uchun novdalarni yuqoridagi 
dorilardan birontasini olib 1 - 3 marotaba ishlov berish tavsiya etiladi. Necha 
marotaba ishlov berish kasallik manbaining xarakteriga va mavsumning ob-
havosiga bog’liq. Zang zamburug’ining manbai kuchsiz bo‘lsa va shu bilan birga 
ularni rivojlanishi uchun qulay ob-havo sharoiti bo‘lmagan taqdirda bir marotaba 
ishlov berish etarli. Bahorda bir marotaba o‘z vaqtida dori sepilsa, yaxshi natija 
beradi. 
Qarag’ay turlarining asosiy zararkunandalari.
Turkiston zlatkasi - 
Anthaxia turkestanica
Obenb. 
Turkiston zlatkasi 
faqatgina qarag’ayning pastki shoxlarida, kesilgandan qolgan to‘nkalarida uchraydi. 
Qo‘ng’izlarining uchishi juda ham ko‘p vaqt davom etadi. Dengiz satxidan 1200 


89 
metr balandlikgacha bo‘lgan hududlarda zlatkalar iyun oyining ikkinchi yarmida 
paydo bo‘ladi. Dengiz satxidan 2000-2500 metr balandliklardagi qarag’ayzorlarda 
qo‘ngizlarning uchishi may oyidan boshlab sentyabrning oxirigacha davom etadi. 
Bu davr mobaynida zlatkalar qoqi ayiqtovon kabi boshqa bir qancha o‘simlik 
gullarida uchrab ularning changlari bilan oziqlanadi.
 
Lichinkalari daraxtning lub va po‘stloq osti yupqa, yangi yog’och qatlami 
bilan oziqlanadi. Novda yog’ochlari ichida g’umbakka aylanadi. Lichinkalar 
po‘stloq ostida qishlaydilar. Shu vaqtlarda yosh qo‘ng’izlarni ham uchratish 
mumkin. 

Yüklə 5,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin