O‘zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti



Yüklə 5,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/22
tarix10.12.2023
ölçüsü5,16 Mb.
#139325
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Avtomobil yollarini kokalamzorlashtirish usullari

Qirrali bronzali zlatka - 
Chrysobotris chrysostigma
L. 
Ninabargli 
daraxtlarning asosiy zararkunandasi hisoblanadi. O‘zbekiston sharoitida Tyan-Shan 
qoraqarag’ayining zararkunandasidir.
 
Qo‘ng’izlari kuchsizlangan va qor ta’sirida qishlaydigan daraxtlar tanasida 
hamda yangi kesilgan to‘nkalarda ko‘proq uchraydi. Yosh lichinkalari po‘stloq 
ostida oziqlanadi, katta bo‘lgandan keyin yog’och ichkarisiga kirib g’umbakka 
aylanadi. Qo‘ng’izlar iyun - iyul oylarida paydo bo‘lib uchadi. Shu zlatkalarda 
qo‘ng’izlarni ayrim o‘t o‘simliklarning gullarida uchratish mumkin, ular bu erda 
qo‘shimcha oziqlanishadi. 
Bekman mo‘ylovdori - 
Dokthurovia beachmatrijank
. Kuchsizlangan 
qarag’ay daraxtzorlarida uchraydi, po‘stlog’ining qalin qismini zararlaydi. 
Ayrim paytda Semireche yog’och qurti bilan birgalikda uchraydi. Yiqilgan va 
qurigan daraxtlar tanasining ostki qismida joylashadi, chunki ular namlikni yaxshi 
ko‘rishadi. Bekman mo‘ylovdorining generastiyasi ikki yillik. Dengiz satxidan 1200 
metr balandlikgacha bo‘lgan pastki mintaqada qo‘ng’izlarni uchishi mayning 
ikkinchi yarmidan boshlab, butun iyul oyi buyicha davom etadi. Dengiz satxidan 
2000-2500 metr balandliklarda iyulning uchinchi o‘n kunligidan boshlab 
sentyabrgacha davom etadi. 
Urg’ochi qo‘ng’izlar tuxumlarini qarag’ay po‘stlog’ining ostiga qo‘yadi. 
Tuxumdan chiqqan lichinkalar pustloq ostiga kirib birinchi yilda lub bilan oziqlanib, 


90 
po‘stloq ostidagi yupqa yog’och qismiga teginmaydi. Lichinka davrida qishlaydi. 
Hayotining ikkinchi yilida lichinkalar yog’ochni chuqur kemirib, ayrim hollarda 
daraxt tanasining o‘zagigacha etib boradi. Daraxt tanasini kemirib, uzunligi 80 - 100 
sm bo‘lgan keng yo‘llar hosil qiladi va yog’ochga putur etkazadi. Daraxt tanasi 
ichini kemirib bo‘lgandan keyin, lichinkalar tashqariga chiqishga harakat qiladi za 
po‘stloq ostidagi yupqa yog’och qismiga 2-3 sm qolganda g’umbakka aylanadi. 

Yüklə 5,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin