70
summa - korxonalarning mol etkazib beruvchilarga bo‘lgan
qarzi miqdorini
ko‘rsatadi. Bu modda bo‘yicha boshlang‘ich qoldiq 400 000 so‘mga teng deylik.
«Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» moddasining
o‘zgarishini anglatuvchi operatsiyalar korxonalar qarzining
oshishini kamayishini
ko‘rsatishi mumkin. Faraz qilaylik, uchta operatsiya sodir bo‘lgan:
birinchisi -
korxona mol etkazib beruvchilarga bo‘lgan qarzini 150 000 so‘mga uzgan,
ikkinchisi - korxonaning mol etkazib beruvchilariga qarzi 200 000 so‘mga oshgan,
uchinchisi - mol etkazib beruvchilarga bo‘lgan korxona qarzini 350 000 so‘mga
uzgan.
Mol etkazib beruvchilarga doir operatsiyalarni hisobga olish uchun 6010-«Mol
etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyoti yuritiladi. Bu
schyot mablag‘lar manbaini aks ettiradi,
shuning uchun undagi yozuvlar,
mablag‘lar turlarini hisobga oladigan «Kassa» schyotiga qaraganda boshqacha aks
ettiriladi. Unda qoldiq, mablag‘lar manbaining kreditiga yoziladi. Mazkur schyotda
ko‘payishni anglatuvchi operatsiyalar - kreditida,
kamayishni anglatuvchi
operatsiyalar - debetida aks ettiriladi. Demak, 150 000 va 350 000 so‘m shu
schyotning debetiga, 200 000 so‘mni esa kreditiga yozish kerak.
Boshlang‘ich qoldiq va operatsiyalar yozilgandan keyin,
debet hamda kredit
bo‘yicha oborotlar yakunini hisoblab chiqamiz va yangi qoldiq (saldo)ni topamiz.
U quyidagicha bo‘ladi:
(400 000+200 000-500 000= 100 000).
«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyoti unga
operatsiyalar yozilganidan keyin quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
D-t
Dostları ilə paylaş: