71
Bu schyotning oxirgi qoddig‘i faqat kreditli bo‘lishi mumkin, chunki
korxonvalari mol etkazib beruvchilarga bo‘lgan qarzini uzishda,
mavjud
majburiyatdan ortiq summani to‘lamaydi.
Schyotlarning qoldiqlari, hisobga olinadigan ob’ektlarning ko‘payishi va
kamayishiga qarab, ularning qar xil tomonlariga yoziladi. Schyotlarning bunday
tuzilishi tasodifiy emas. SHunday qilib, aktivlarning
turlarini aks ettiruvchi
schyotlarda hisobga olinadigan ob’ektlar qoldiqlarini va ko‘payishi debetiga,
kamayishi esa kreditiga yoziladi. Mablag‘lar manbalarini hisobga olish uchun
xizmat qiladigan schyotlarda qoldiqlar va ko‘payishlar kreditda, kamayishlar zsa -
debetda ko‘rsatiladi.
Aktivlar turini yoki ularning manbalarini hisobga olishga qarab, schyotlar aktiv
va passivga bo‘linadi.
Aktivlar turlarini hisobga
oluvchi schyotlar aktiv, ularning manbalarini aks
ettiruvchi schyotlar esa - passiv schyotlar deb ataladi.
Barcha schyotlarda qoldiqlar va operatsiyalar yuqorida keltirilgandek aks
ettiriladi. Lekin buxgalteriya hisobida qator murakkab schyotlar borki, ular
o‘zlarining tuzilishlariga ko‘ra bunday oddiy tarzdan farq qiladi.
Bundaylarga xo‘jalik
jarayonlari, xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari,
topshiriqlarning bajarilishi hisobga oladigan schyotlar kiradi. Bu schyotlarda
hisobga olinadigan ob’ektlarning xususiyatlari aks ettiriladi. Lekin ular qam aktiv
va passiv schyotlarga mansubdir.
Schyotlardan to‘g‘ri foydalanish uchun - u yoki
bu schyot yordamida qanday
ko‘rsatkichlarni olish mumkinligi va unda qanday ob’ektlar hisobga olinishi
zarurligini bilish maqsadida ular tasniflanadi.
Bunday schyotlarni turkumlash ikki belgi asosida tuziladi: qanday maqsadga
tayinlanishi va tuzilishi hamda iqtisodiy mazmuniga qarab.
Schyotlarning qanday maqsadlarga tayinlanishi va tuzilishi bo‘yicha
turkumlanishi, u yoki bu schyotlar,
nima uchun, qanday ko‘rsatkichlarni olish
uchun mo‘ljallangan hamda ularning tuzilishi qanday, ya’ni ularning debeti,
72
kreditining
mazmuni qanday, ulardagi sal’do qanday xususiyatga ega ekanligini
ko‘rsatadi. Ular buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan schyotlarning
xususiyatlarini
o‘rganish uchun xizmat qiladi va ularning ayrim turlari qanday xususiyatlarga ega
ekanligini aniqlash imkonini beradi.
Schyotlarning iqtisodiy mazmuniga qarab turkumlanishi (iqtisodiy turkumlash),
schyotlarda nima hisobga olinadi, ya’ni unda qanday aniq iqtisodiy ob’ekt aks
ettirilishini ko‘rsatadi hamda mazkur ob’ektga har tomonlama tavsif berish uchun
qanday schyotlardan foydalanish kerakligini aniqlab olish imkonini beradi.
Iqtisodiy
turkumlash mazkur korxonalarda, uning xususiyatlarini hisobga olgan
holda, foydalanishi kerak bo‘lgan schyotlar ro‘yxatini belgilab olish uchun
mo‘ljallangan.
Har ikkala turkumlash ham chambarchas bog‘langan o‘zaro bir-birovlarini
to‘ldiradi. Schyotlarning xususiyatlarini bilish va ulardan amaliyotda to‘g‘ri
foydalanish uchun ularning qanday maqsadga tayinlanganligi, tuzilishi va iqtisodiy
mazmunini o‘rganish kerak. Schyotlarning turkumlannshi mavjud ma’lumotlardan
xo‘jalik faoliyatini boshqarishda zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlarning xususiyatlarini
(tarkibiy tuzilishi, turkumlanishi) va unda hisobga olinadigan ob’ektlarning
iqtisodiy mazmunini (iqtisodiy turkumlanishi) aniqlab olingandan keyingina
ulardan boshqaruv ishlarida to‘g‘ri foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: