B safarov, T. Raxmanov


YUqorida ko‘rib chiqilgan operatsiya schyotlarda quyidagicha aks



Yüklə 5,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/134
tarix10.12.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#139444
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   134
fd5afb65e672618ed0bd391a84ede2ad BUXGALTERIYA HISOBI

YUqorida ko‘rib chiqilgan operatsiya schyotlarda quyidagicha aks 
ettiriladi: 
«Hisob-kitob 
schyoti» 
«Kassa» schyoti 
D-t K-t 
D-t
K-t 
Qoldiq –
1) 150 000 
Qoldiq – 
1) 150 000 
Ko‘rinib turibdiki, schyotlar bir-birlari bilai o‘zaro bog‘langan. Ulardagi yozuvlar 
amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari natijasida yuzaga kelgan ikkita o‘zgarishni: 
kassaga pullarning kelib tushishi va ularning hisob-kitob schyotidan chiqib ketishini 
ko‘rsatmoqda. 
Xo‘jalik operatsiyalarini ikki yoqlamali yozish schyotlarning o‘zaro bog‘lanishiga 
olib keladi. Bunday bog‘lanish schyotlar korrespondensiyasi deb ataladi. 
Schyotlar korrespondensiyasi - xo‘jalik operatsiyalarini schyotlarda aks ettirish 
paytida paydo bo‘ladi va u schyotlarning o‘zaro aloqasini namoyon bo‘lishlik 
shaklidir. 


75 
Ikki schyotga ta’sir etadigan schyotlar korrespondensiyasi oddiy, uch va undan 
ko‘proq schyotlarga ta’sir etadiganlari esa murakkab schyotlar korrespondensiyasi 
deb nomlanadi. 
SHuni ham nazarda tutish kerakki, xar qanday buxgalteriya yozuvi bir nechta 
oddiy yozuvlardan iborat bo‘ladi. Masalan mol etkazib beruvchilardan olingan 
1 200 000 so‘mlik materiallarni ikki oddiy o‘tkazmaga ajratish mumkin: 
I.
D-t - «Xom ashyo va materiallar» schyoti 
K-t- «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar»
schyoti 
- 700 000 so‘m 
II.
D-t - «YOqilg‘i»
schyoti 
K-t- «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» 
schyoti- 500 000 so‘m 
Murakkab yozuvlarning oddiylarga ajratilishi mumkinligini, bir schyotning o‘ziga 
ta’sir etadigan bir necha operatsiyalar birga birlashtirilishi bilan tushuntiriladi 
(bizning misolda «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan 
schyotlar» - passiv). 
SHunday qilib, xo‘jalik operatsiyalarini ikki yoqlama yozuv usuli bilan aks ettirish, 
albatta, ikki schyotga ta’sir etadi. Bunda bir schyot debetlanadi, ikkinchisi esa 
kreditlanadi. O‘zaro korrespondensiyalanuvchi schyotlarning debeti va kreditiga har 
bir operatsiya bo‘yicha bir xildagi summalar yoziladi. Murakkab yozuv 
qilinayotganda, bir schyot bilan bog‘liq bo‘lgan bir nechta schyotlar bo‘yicha 
ko‘rsatilgan summalarning jami shu schyotda hisobga olingan umumiy summaga teng 
bo‘lishi kerak. 
SHunday qilib, ikki yoqlama yozuv ikki o‘zaro bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik 
operatsiyalarini aks ettiruvchi sifatida mantiqiy toifa (kategoriya)dir. Ular xo‘jalik 
operatsiyalarining o‘z mohiyatidan kelib chiqadi va shuning uchun u barcha 
mamlakatlar amaliyotida mavjuddir. 
Amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalarining iqtisodiy mazmuni ustidan ikki 
yoqlama yozuv yordamida nazorat o‘rnatiladi. Bunda schyotlar korrespondensiyasidan 
foydalaniladi. Ikki yoqlama yozuvning ahamiyatini, uning ana shu nazoratida 


76 
ko‘ramiz, ya’ni ma’lum bir davrdagi barcha schyotlarning debet oborotlari barcha 
schyotlarning kredit oborotlariga teng bo‘lishi lozim.

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin