126
5-
Mavzu
. ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI
Reja:
5.1. Asosiy vositalar to‘g‘risida tushuncha
5.2. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini tashkil qiluvchi xarajatlar
tarkibi
5.3. Asosiy vositalar kirimining hisobi. Asosiy vositalarni ta’mirlash
xarajatlari va ularning chiqib ketishining buxgalteriya hisobi
5.4. Asosiy vositalarga eskirish hisoblash usullari va ularning
buxgalteriya hisobi
5.5. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini aniqlash va qayta baholash
natijalari hisobi
5.6. Nomoddiy aktivlar tushunchasi va ularni hisobga olib borish
5.1. Asosiy vositalar to‘g‘risida tushuncha
5-son
BHMSga muvofiq, asosiy vositalar korxonalar mahsulot ishlab
chiqarish jarayonida foydalanish, ishlarni bajarish yoki xizmat ko‘rsatish
maqsadida yoxud xo‘jalik faoliyati olib borishda uzoq vaqt davomida ma’muriy va
ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun saqlaydigan moddiy
aktivlardir.
Asosiy vositalar ba’zan korxona barcha aktivlarining asosiy qismini tashkil
etadi, shuning uchun uning moliyaviy holatini moliyaviy hisobotda ko‘rsatish
uchun katta ahamiyatga ega.
5-son BHMSning 6-bandiga muvofiq asosiy vositalar, agar:
a) korxonada kelgusida aktiv bilan bog‘liq iqtisodiy foyda tushishiga ishonch
bo‘lsa;
b) aktivning qiymati aniq baholangan bo‘lsa, aktiv sifatida tan olinadi.
Korxona asosiy vositalar obekti etirof etishning birinchi shartiga mos
kelishini belgilashda dastlabki etirof etish paytigacha
mavjud dalillar asosida
kelgusida iqtisodiy foyda olish ehtimoli darajasini baholashi kerak. Bu korxona
kelgusida olingan aktivga ega bo‘lish, foydalanish va boshqarish bilan bog‘liq
127
barcha haqlar unga tegishli bulishiga ishonch hosil qilishi va mazkur obektga ega
bo‘lish bilan bog‘liq barcha tavakkallikni o‘z zimmasiga olishni bildiradi. Ushbu
iqtisodiy foydani olishning etarlicha yuqori ehtimoli korxonaning aktiv bilan
bog‘liq iqtisodiy foyda ko‘rishi va o‘z zimmasiga tegishli tavakkalchilikni yuklashi
bo‘yicha aniqlikni taqazo etadi. Bunday aniqlik odatda iqtisodiy foyda va
tavakkalchilik butunlay korxonaga o‘tgandagina mavjud bo‘ladi. Ungacha aktivni
sotib olish operatsiyasi odatda muayyan yo‘qotishlarsiz
bekor qilinishi mumkin,
shuning uchun aktiv etirof etilmaydi. Asosiy vositalarni etirof egishning ikkinchi
sharti, odatda, buxgalteriya hisobi amaliyotida oson qanoatlantiriladi, chunki
aktivni sotib olishni tasdiqlaydigan almashtirish operatsiyasi natijasida uning
qiymati aniqlanadi. SHu bilan birga, agar aktiv xo‘jalik subektining o‘z kuchi bilan
vujudga kelsa, uning qiymatini ishonchli baholash tashqi taraflar bilan materiallar,
ishchi kuchini sotib olish va asosiy vositani barpo etish jarayonidagi boshqa sarflar
asosida amalga oshirilishi mumkin.
5-BHMSning 4-bandida quyidagi mezonlarga javob beruvchi moddiy
akgivlar asosiy vositalar tarkibiga kiritilishi nazarda tutilgan:
a) bir yildan ko‘proq xizmat muddati;
b) O‘zbekiston Respublikasida belgilangan
eng kam ish haqining ellik
baravari miqdoridan ko‘proq qiymatlagi predmetlar, bir donasi uchun.
Korxona rahbari hisobot yilida asosiy vositalar tarkibidagi jihozlarning hisobi
uchun ular qiymatining kam miqdorini belgilash huquqiga ega.
Asosiy vositalar tarkibidagi jihozlarning hisobi uchun ular qiymatining kam
miqdorini belgilashda xo‘jalik subekti rahbari sohaning xususiyatlariga, korxona
ko‘lami hamda korxonaning xo‘jalik operatsiyalari xususiyatiga asoslanishi
mumkin.
SHu 5-BHMSda xizmat muddati va qiymatidan qat’iy nazar quyidagilar
asosiy vositalar tarkibiga kiritilmasligi belgilab qo‘yilgan: a)
maxsus asbob va
qurilmalar; b) maxsus va sanitar kiyim, maxsus poyabzal; va yotar joy buyumlari;
v) kanselariya buyumlari; d) oshxona anjomlari, shuningdek, oshxona sochiq-
dasturxonlari;) qurilish bo‘yicha sarflar qurishmontaj ishlari qiymatiga
128
kiritiladigan vaqtinchalik moslama va qurilmalar; j) foydalanish muddati bir yildan
kam bo‘lgan almashtiriluvchi inshootlar; z) ov qurollari.
SHuni
qayd etish kerakki, bozor iqtisodi sharoitidagi buxgalteriya hisobida
markazlashgan rejali iqtisodiyot shart sharoitidan farqli o‘laroq, asosiy
vositalarning yangi obektlari paydo bo‘ladi va hisobga olinadi. Ularga qonun
hujjatlariga muvofiq korxonaga mulk sifatida beriladigan er uchastkasi ham kiradi.
YUqorida ko‘rsatilgan BHMSning 5-bandiga muvofiq asosiy vositalarning
yagona buxgalteriya hisobi inventar obektdir. Malum mustaqil vazifalarni bajarish
uchun mo‘ljallangan barcha moslamalar va ashyolar yoki alohida konstruktiv
jihozlangan uskunalari bo‘lgan
obekt inventar obekti, deb etirof etiladi. Masalan,
ishlab chiqarish binosini ishga tushirishda unga, odatda, yong‘indan saqlash,
ventilyasion va isitish tizimlari biriktiriladi. Buxgalter hisobida bunday qurilmalar
bino bilan birga bir inventar obekt sifatida qaraladi. Ammo asosiy binoga
biriktirilgan passajir yoki yuk liftlari, sovutgich kameralari,
sanoat pechlari,
odatda, alohida inventar obektlar sifatida qaraladi. Ma’lum ishni bajarishga
mo‘ljallangan va o‘zida bir butunlikni ifodalovchi konstruktiv birikkan
predmetlarning alohida kompleksi ham o‘z navbatida invetar obekti bo‘lishi
mumkin. Konstruktiv birikkan predmetlar kompleksi deganda kompleksga
kiruvchi har bir predmet mustaqil emas, balki faqat o‘z vazifasini kompleks
tarkibida bajarishi natijasida umumiy moslama va xususiyatga ega bo‘lgan
bitta
yoki turli vazifaga ega bo‘lgan bitta yoki bir necha predmet tushuniladi. Biroq bitta
asosiy vositaning turli foydalanish muddatiga ega bir nechta mustaqil obekti
bo‘lsa, har bir bunday obekt buxgalteriya hisobida alohida mustaqil inventar obekti
sifatida etirof etiladi. YUqorida keltirilgan misolga qaytsak, faraz qilaylik, foydali
xizmat muddati 40 yilga mo‘ljallangan ishlab chiqarish binosiga ega bo‘lgan
korxonada foydali xizmat muddati etkazib beruvchi tomonidan kafolatlangan va 25
yilni tashkil etadigan zamonaviy yong‘indan saqlash tizimi montaj qilindi. Mazkur
holatda binoning yong‘indan saqlash tizimi asosiy vositalarning alohida inventar
obekti sifatida hisobga olinishi kerak.