B safarov, T. Raxmanov


 Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini tashkil qiluvchi xarajatlar



Yüklə 5,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/134
tarix10.12.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#139444
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   134
fd5afb65e672618ed0bd391a84ede2ad BUXGALTERIYA HISOBI

5.2. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini tashkil qiluvchi xarajatlar 
tarkibi 
5-BHMSning 9-bandiga muvofiq asosiy vositalar dastlabki qiymati bo‘yicha 
baholanadi va buxgalteriya hisobiga kiritiladi. Asosiy vositalarni barpo qilish yoki 
sotib olish uchun ketgan barcha sarf harajatlar qiymati, deganda, jumladan, 
to‘langan va qoplanmaydigan soliqlar, shuningdek, aktivlarni ishchi holatga 
keltirishga bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa har qanday sarf harajatlar tushuniladi. 
YAna shuni hisobga olish kerakki, boshqa shart-sharoitlarda qo‘shimcha qiymat 
soligi va aksiz solig‘i kabi soliqlar undiriladigan soliqlar hisoblanadi, ya’ni 
umumiy tartibda soliq to‘laydigan korxona tomonidan mazkur soliqlar to‘langanda 
hisobga olinadi, biroq asosiy vositalarni sotib olish ishga tushirishda yuqorida 
ko‘rsatilgan soliqlar ham ularning dastlabki qiymatga qo‘shiladi. 
Xo‘jalik yurituvchi subektlar amaliyotida asosiy vositalarning dastlabki 
qiymati, odatda, ularning korxonaga kelib tushishi sabablaridan kelib chiqqan 
holda belgilanadi. Asosiy vositalarning korxonaga kelib tushishining asosiy 
manbalari quyidagilar: obektni oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha sotib olish; kapital 
kiritmalar yakunlangandan keyin ishga tushirilgan obektning oldi-berdisi; tasischi 
tomonidan ustav kapitaliga qo‘shilgan ulush; tekin tushum yoki davlat subsidiyasi; 
ayirboshlash; uzoq mudlatli ijara shartnomasi moddiy-tovar zaxirasi tarkibidan 
o‘tkazish; qiymati avval belgilangan asosiy vositalarga kapital kiritmalar; 
Inventarizatsiya paytida asosiy vositalarning ortiqcha obektlarini aniqlash. 
5-BHMSning 11-bandi haq evaziga olingan asosiy vositalarning dastlabki 
qiymatiga kiritilgan quyidagi sarflarni belgilaydi: shartnoma bo‘yicha qurilish-
montaj ishlari uchun pudratchilarga va aktivlarni etkazib beruvchilarga to‘langan 
summa; asosiy vositalarga egalik huquqini olish bilan bog‘liq ro‘yxatga olish 
yig‘imi, davlat bojlari va shu kabi boshqa to‘lovlar; bojxona bojlari va yig‘imlari; 
asosiy vositalar obektlarini sotib olish bilan bog‘liq soliqlar va yig‘imlar summasi; 
asosiy vositalar obektlarini sotib olish (yaratish) bilan bog‘liq axborot va maslahat 
xizmatlari uchun to‘lanadigan summa; asosiy vositalarning obektlarini etkazib 
berish tavakkalchiligini sug‘urta qilish bo‘yicha harajatlar; asosiy vositalarning 


130 
sotib olishdagi vositachilarga to‘lanadigan haq; asosiy vositalarni o‘rnatish, montaj 
qilish, sozlash, ishga tushirishga to‘lanadigan harajatlar; aktivni maqsadli 
foydalanish uchun ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog‘liq boshqa harajatlar; 
5-BHMSning 12-bandiga muvofiq qurilish davrida qurilish uchun olingan 
uzoq muddatli kredit bo‘yicha o‘tkazilgan foizlar ishga tushirilgan asosiy 
vositalarning dastlabki qiymatiga qo‘shiladi. Agar xo‘jalik yurituvchi subekt 
asosiy vosita bilan bog‘liq sarflarni to‘lash uchun moliya-kredit tashkilotlaridan 
maqsadli kredit olish bo‘lsa, mazkur maqsadli kredit bo‘yicha o‘tkazilgan foizlar 
obektning ishga tushirilishi xo‘jalik yoki pudrat usullari bilan amalga 
oshirilganidan qatiy nazar, ishga tushirilish jarayoni davomida asosiy vositalarning 
ishga tushirilayotgan obekti qiymatiga kiritilishi kerak. 
Asosiy vositani ishga tushirish yakunlangan, ya’ni u foydalanishga 
topshirilgan bo‘lsa, foiz xarajatlarini kapitallashtirish to‘xtatiladi, asosiy vositalar 
obekti foydalanishga berilgandan keyin o‘tkazilgan foizli xarajatlar esa xo‘jalik 
yurituvchi subektning moliyaviy faoliyati bo‘yicha xarajatlar (9610 - «Foiz 
ko‘rinishidagi xarajatlar" hisobvarag‘i)ga kiritiladi. 
Korxonaning o‘z kuchi bilan yaratilgan asosiy vositalarning dastlabki qiymati 
sotib olingan aktiv qiymati kabi tamoyil asosida belgilanadi, yani asosiy 
vositalarning ushbu obektlarini ishga tushirish bo‘yicha aniq sarflar summasidan 
tashkil topadi. 
Agar asosiy vositalarning obektlari chet el valyutasiga sotib olinsa, u holda 
ularning dastlabki qiymati barcha to‘lanadigan va qoplanmaydigan soliqlar, 
shuningdek, aktivni etkazib berish va montaj qilish, o‘rnatish, ishga tushirish 
bo‘yicha sarflar va undan maqsadli foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish 
bilan bevosita bog‘liq har qanday boshqa xarajatlar yuk bojxona deklaratsiyasi 
to‘ldirilgan sanaladi O‘zbekiston Respublikasya Markaziy banki belgilagan kurs 
bo‘yicha summani chet el valyutasining qiymatiga hisoblash yo‘li bilan milliy 
valyuta (so‘mlar)da belgilanadi va buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. SHuni ham 
ta’kidlash kerakki, asosiy vositalarning sotib olingan obektlari to‘lovlari, moddiy-
tovar zaxiralarini sotib olish bo‘yicha kontraktlarni tayyorlash, ro‘yxatdan 


131 
o‘tkazish va yopish bilan bog‘liq xarajatlar va bevosita sotib olish bilan bog‘liq 
bo‘lmagan boshqa xarajatlar moddiy-tovar zaxiralarining tannarxiga kiritilmaydi, 
balki ular hisobot davrida yuzaga kelgan xarajatlar deb etirof etiladi. 
YUqorida bayon qilinganidek, asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati 
odatda ularning korxonaga kelib tushish sabablaridan kelib chiqib aniqlanadi. 
Quyida asosiy vositalarning kelib tushish manbalariga qarab, ularning 
boshlang‘ich qiymati shakllanishi, ya’ni uni tan olish uchun maqbul asoslar 
keltirilgan. 

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin