T/r
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
Schyotlarning
bog‘lanishi
Debet
Kredit
1
Qurib
bitkazilgan
va
foydalanishga
topshirilgan ob’ektlarning asosiy vositalar
tarkibiga o‘tkazilishi
0110-0190
0810
2
Asosiy vositalarni haqiqiy tannarxi bo‘yicha
xarid qilinishi (boshlang‘ich qiymati)
0110-0190
0820
3
Uzoq
muddatli
ijaraga
olingan
asosiy
vositalarni uzoq muddatli ijara shartnomasi
tugagandan keyin asosiy vositalar tarkibiga
qabul qilinishi
0110-0190
0310
4
Ta’sischilarning ustav kapitaliga ulush (pay)
sifatida kiritgan yoki aksiyalarga to‘lov
sifatida kelib tushgan asosiy vositalarning
kirim qilinishi
0110-0190
4610
5
Asosiy vositalarning tekinga kelib tushishi
0110-0190
8530
6
Asosiy vositalarning ajratilgan bo‘linmalar,
sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan kelib
tushishi
0110-0190
6110, 6120
7
Qo‘shimcha qurish, uskunalar o‘rnatish,
modernizatsiya, rekonstruksiya qilish va
boshqa sifat jihatdan yaxshilash natijasida
asosiy vositalar boshlang‘ich qiymatining
ko‘payishi
0110-0190
0890
8
Erni
obodonlashtirish
bilan
bog‘liq
xarajatlarni asosiy vositalar tarkibiga kiritish
0111
0850
9
Uzoq
muddatli
ijaraga
olingan
asosiy
vositalarni obodonlashtirish bilan bog‘liq
xarajatlarni asosiy vositalar tarkibiga kiritish
0112
0860
10
Ishchi va mahsuldor xayvonlarning asosiy
vositalar tarkibiga kirim qilinishi
0170
0840
11
Asosiy vositalarni qayta baholash:
a) qiymatining oshirilishi
b) qiymatining kamaytirilishi
0110-0199
8510
8510
0110-0199
12
Tugatish, sotish, tekinga berish,
ustav
kapitaliga ulush sifatida berish, uzoq muddatli
9210
0110-0190
139
ijaraga berish, kamomad yoki buzilish
natijasida asosiy vositalarning boshlang‘ich
qiymatini hisobdan chiqarish
13
Ajratilgan bo‘linmalarga asosiy vositalarni
berilishi
4110
0110-0190
14
Qonunchilikda
belgilangan
tartibda
konservatsiya qilingan asosiy vositalar
0199
0110-0190
mulkdor xususiy korxonaning ustav fondiga o‘zi kiritadigan mol-mulkni mustaqil
baholaydi.
SHuningdek "Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli
jamiyatlar to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 15-moddasiga
muvofiq, jamiyatning ishtirokchilari va jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi
shaxslar tomonidan jamiyatning ustav kapitaliga qo‘shiladigan pulsiz hissalarning
puldagi bahosi jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyatning barcha
ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadigan qarori bilan tasdiqlanadi.
Korxonaning o‘z kuchi bilan qurilgan, shuningdek pudrat shartnomasi
bo‘yicha qurilgan asosiy vositalar 0100 -"Asosiy vosigalarni hisobga oluvchi
schyotlar"larning tegishli schyotlari debetiga, 0810 -"Tugallanmagan qurilish"
schyotining krediti bo‘yicha kirim qilib olinadi.
Tasischilar tomonidan korxonaning ustav kapitalidagi ulushlari hisobiga
kiritilgan asosiy vositalarning kirim qilib olinishi asosiy vositalarni hisobga
oluvchi schyogning (0100) debeti va 4610- "Tasischilarning ustav kapitaliga
ulushlari buyicha qarzi" schyotining krediti bo‘yicha aks ettiriladi.
Boshqa korxonalar yoki shaxslardan tekinga olingan asosiy vositalarning
kirimi, 8530 - "Tekinga olingan mulk" schyot bilan bog‘lanishda, asosiy
vositalarni hisobga oluvchi schyotning (0100) debeti bo‘yicha aks ettiriladi. Biroq
soliqqa tortish maqsadida tekinga olingan asosiy vositalarning summasi daromad
(foyda) solig‘ini hisoblaganda soliqqa tortiladigan bazaga qo‘shiladi.
SHu bilan birga "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini
himoya qilish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 33-moddasi,
jamiyatni ta’sis etish chog‘ida aksiyaga to‘lanadigan haq sifatida topshirilayotgan
140
mol-mulkning puldagi bahosi muassislar o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq
chiqarilishini belgilab beradi.
Agar jamiyatning shu yo‘sinda sotib olinayotgan aksiyalari va boshqa
qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati qonun hujjatlarida belgilangan eng kam
miqdordagi ish haqining ikki yuz baravaridan ko‘pni tashkil etsa, jamiyat
aksiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlarining haqi sifatida topshirilayotgan mol-
mulkning puldagi bahosini mustaqil baholovchi chiqarishi kerak.
Asosiy vositalar obektlarini ishchi holatda ushlab turish ularni tamirlash yo‘li
bilan amalga oshirilishi mumkin.
Joriy tamir — asosiy vositalar obektini ishchi holatida ushlab turish
maqsadida amalga oshiriladigan tamirlashdir. O‘rta ta’mirda tamirlanadigan
agregatni qisman ajratib yig‘ish yoki detallar qismlarini qayta tiklash yoki
almashtirish amalga oshiriladi.
Uskuna va transport vositalarini kapital tamirlash agregatni to‘liq ajratib
yig‘ish, bazaviy va korpus detallari va uzellarni ta’mirlash, barcha eskirgan detallar
va uzellarni almashtirish yoki tiklash hamda agregatni yig‘ish, sozlash va sinash
amalga oshiriladigan tamirlashdir.
Bino va inshootlarni kapital tamirlash — bazaviy va korpus detallari va
uzellarini tamirlash, barcha eskirgan konstruksiyalarning detallari va uzellarini
almashtirish yoki tiklash ishlari amalga oshiriladigan ta’mirlashdir.
Obektni ishchi holatida ushlab turish va undan foydalanishda kelgusidagi
iqtisodiy manfaatning dastlab aniqlangan malum summasini olish maqsadida
amalga oshirilgan xarajatlar ular tegishli bo‘lgan hisobot davri xarajatlari tarkibiga
olib boriladi. Ishlab chiqarish asosiy vositalarini ishchi holatida saqlab turish
xarajatlari va ishlab chiqarish asosiy vositalarning barcha turdagi ta’mirlashini
o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning ishlab
chiqarish tannarxiga, ma’muriy va ijtimoiy, madaniy vazifalarni amalga oshirish
uchun mo‘ljallangan asosiy vositalar obektlari bo‘yicha esa davr xarajatlari
tarkibiga olib boriladi.
141
Zarur holatlarda, alohida sohalarning xo‘jalik yurituvchi subektlari
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ruxsati bilan kapital tamirlash
ishlarini o‘tkazish uchun mablag‘lar zaxirasini tashkil etishlari mumkin. Mazkur
zaxira bo‘yicha ajratmalar "Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar" elementi
tarkibida aks ettiriladi, u asosiy vositalarning har bir obektini kapital
ta’mirlanishdan o‘tkazishning davriyligi va unga ketadigan xarajatlarning taxminiy
baholangan qiymatidan kelib chiqib belgilanadi. Zaxira bo‘yicha ajratmalar
me’yori har bir hisobot davri oxirida qayta ko‘rib chiqiladi va zarur hollarda yangi
moliyaviy yil uchun ajratmalar hajmi ko‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
Agar kapital tamirlash uchun zaxira qilingan mablag‘lar summasi mazkur
obektning tamirlashiga ketgan haqiqiy xarajatlaridan oshib ketsa, ortiqcha summa
tuzatib qo‘yilishi kerak; agarda haqiqiy xarajatlar zaxira qilingan mablag‘lar
summasidan oshib ketsa, unda ortiqcha summa "Ishlab chiqarish tusidagi boshqa
xarajatlar" elementi tarkibida aks ettiriladi.
Zaxiralarni hisoblash bo‘yicha operatsiyalar 8910 - «Kelgusidagi xarajatlar va
to‘lovlar zaxiralari" schyoti krediti va harajatlarni hisobga oluvchi schyotlar debeti
bo‘yicha aks ettiriladi.
Zaxira qilingan mablag‘lar summasi hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy
xarajat va to‘lovlar, 8910 - «Kelgusidagi xarajatlar va to‘lovlar zaxiralari"
schyotining debeti hamda xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning krediti yozuvi
orqali, zaxiralarning kamayishiga olib boriladi.
U yoki bu zaxira bo‘yicha summalarning tashkil etilishi va undan
foydalanishning to‘g‘riligi smetalar, hisob-kitoblar va shunga o‘xshaganlarning
malumotlari bilan vaqti-vaqtida solishtirilib boriladi va zarur hollarda ularga
tuzatishlar kiritiladi.
5-son BHMSning 50-bandiga muvofiq, chiqib ketayotgan asosiy vositalar
obektining qiymati balansdan hisobdan chiqarilishi kerak. Asosiy vositalar
korxona balansidan ularni: tugatishda; sotganda; almashtirilganda; tekinga
berilganda; ta’sis ulushi sifatida ustav kapitaliga berilganda; uzoq muddatli ijara
shartnomasi bo‘yicha berilganda; kamomad yoki yo‘qotishlar aniqlanganda;
142
qatnashchilar tarkibidan qatnashchining chiqishi natijasida berilishi hollarida
hisobdan chiqariladi.
Bitta asosiy vositada turlicha foydali xizmat muddatiga ega bo‘lgan bir necha
mustaqil obektlar bo‘lgan hollarda, asosiy vositani qayta tiklashda ushbu har bir
obektning almashtirilishi alohida inventar obektining chiqib ketishi yoki xarid
qilinishi sifatida hisobga olinadi.
Asosiy vositalar obektini qisman tugatish hollarida uning boshlang‘ich
qiymati va to‘plangan amortizatsiyasi obektning tugatilgan qismiga tegishli
boshlang‘ich qiymati va to‘plangan amortizatsiya summasiga mos holda
kamaytiriladi.
Asosiy vositalar obektlari chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natija,
asosiy vositalarning chiqib ketishidan olinadigan daromad summasidan ularning
qoldiq qiymatini hamda asosiy vositalarning chiqib ketishi bilan bog‘liq egri
soliqlar va xarajatlarni chegirib tashlash orqali aniqlanadi.
Asosiy vositalar obektlarining chiqib ketishidan ko‘rilgan moliyaviy natijani
aniqlashda, ilgari qayta baholangan asosiy vositalar obektlarini qo‘shimcha
baholash summasining qoldig‘i, ya’ni avvalgi qo‘shimcha baholash summalarining
asosiy vositalar ushbu obektining avvalgi arzonlashtirilgan summasidan oshib
ketgan qismi, asosiy vositalarning chiqib ketishidan olinadigan daromad tarkibiga
kiritilib, ayni vaqtda 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar"
schyoti bo‘yicha zaxira kapitali kamayadi.
O‘zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida"gi qonuniga
muvofiq, asosiy vositalarning haqiqiy mavjudligini aniqlash va ularning
saqlanishini nazorat qilish maqsadida korxona tomonidan asosiy vositalarning
inventarizatsiyasi vaqti-vaqti bilan, lekin ikki yilda kamida bir marta, kutubxona
fondlari bo‘yicha esa besh yilda bir marta o‘tkaziladi.
Asosiy vositalarning inventarizatsiyasi 19-sonli buxgalteriya hisobi milliy
standartiga muvofiq belgilangan tartibda o‘tkazilad
14
Korxonalarda mulklarni
14
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 833 son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan 19-sonli "Inventarizatsiyani
tashkil etish va o‘tkazish" O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti.
1999 yil 2 noyabr
143
inventarizatsiya qilish natijasida aniqlangan asosiy vositalarning kamomadi va
ortiqcha chiqishini buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa tortilishi amaldagi
Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
15
Dostları ilə paylaş: |