252
5-rasm. Tannarxni kalkulyatsiya qilish usullari.
35
9.4. Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari va uni hisobdan chiqarish hisobi.
Ishlab chiqarish xarajatlarining elementlari
va kalkulyatsiya moddalari
bo‘yicha hisob yuritishni ta’minlash maqsadida asosiy ishlab chiqarishning
barcha xarajatlari 2010-«Asosiy ishlab chiqarish»
schyotida tayyorlanayotgan
mahsulot turlari bo‘yicha guruhlanadi.
2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyotidan xarajatlarni hisobga olishda
quyidagi korxona va tashkilotlar foydalanadi:
mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha sanoat va qishloq xo‘jaligi
korxonalari;
qurilish-montaj, geologiya-qidiruv ishlarini bajarish bo‘yicha pudrat,
geologiya va loyiha-qidiruv tashkilotlari;
xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha transport va aloqa korxonalari;
ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarini bajarish bo‘yicha
ilmiy-
tadqiqot korxonalari;
avtomobil yo‘llarini asrash va ta’mirlash bo‘yicha yo‘l xo‘jaliklari.
Ushbu schyotning debetida mahsulotlar ishlab chiqarish,
ishlar bajarish va
xizmatlar ko‘rsatish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan to‘g‘ri xarajatlar,
35
A.Toshpo’latov. Buxgalteriya hisobi fani bo’yicha o’quv-uslubiy majmua. –T; Iqtisodiyot, 2016 yil, 344 bet.
253
shuningdek, yordamchi
iishlab chiqarish xarajatlari, brakdan ko‘rilgan
yo‘qotishlar va asosiy ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat ko‘rsatish bilan
bog‘liq bo‘lgan egri xarajatlar aks ettiriladi.
2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyotining kreditida
ishlab chiqarilgan
tayyor mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning
haqiqiy tannarxi
summasi aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: