B safarov, T. Raxmanov


Er solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi



Yüklə 5,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/134
tarix10.12.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#139444
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   134
fd5afb65e672618ed0bd391a84ede2ad BUXGALTERIYA HISOBI

 Er solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi.
O‘z mulkida, egaligida yoki 
foydalanishida er uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar er solig‘i 
to‘lovchilaridir. 
YUridik shaxslar uchun quyidagi er uchastkalari soliq solinadigan ob’ekt 
hisoblanadi: 
1) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan er uchastqalari; 
2)
qishloq yoki o‘rmon xo‘jaligini yuritish uchun egalik qilishga berilgan er 
uchastkalari; 
3)
korxonalar, binolar va inshootlar qurish uchun yoqi qishloq xo‘jaligiga 
taalluqli bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun berilgan er 
uchastqalari; 
4)
korxonalar, binolar yoki inshootlarga bo‘lgan mulk xuquqi o‘tishi bilan 
birga egalik qilish va foydalanish huquqi ham o‘tganer uchastkalari. 
Er solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
belgilanadi va Davlat Soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan umumiy tartibda soliq 
to‘lovchilarga etkaziladi. 
Er solig‘ini hisoblash er uchastkasining haqiqiy maydoni asosida amalga 
oshiriladi. 
Hisoblangan summa quyidagi yozuv bilan ifodalanadi: 
D-t 9430-"Boshqa operatsion xarajatlar"
K-t 6410-"Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik" 
Ushbu soliq byudjetga to‘langanda quyidagicha provodka beriladi: 


320 
D-t 6410-"Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik" 
K-t 5110-"Hisob-kitob schyoti"
 Obodonlashtirish va ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish soliq hisobi. 
YUridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan va 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan xorijiy investitsiyali yuridik shaxslar 
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini to‘lovchilar hisoblanadi. 
Soliq solish ob’ekti bo‘lib "Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot"ning 2-son 
shakli 270-satrida "Soliq solinadigan foyda" qiymatidan foyda solig‘i ayrilgan 
summasi hisoblanadi. Soliqning eng yuqori stavkasi soliqqa tortish ob’ektining 8%i 
miqdorida belgilangan. Mahalliy hokimiyat idoralari soliqni past stavkalar bo‘yicha 
to‘lashi mumkin. 
Balansida ijgimoiy infratuzilma ob’ektlari bo‘lgan soliq to‘lovchilar byudjetga 
to‘lanadigan soliq summasini quyidagi tartibda aniqlaydi: 

agar ijgimoiy infratuzilma ob’ektlarini ta’minlash uchun xarajatlar summasi ushbu 
moddaning birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq summasiga teng yoki 
undan ortiq bo‘lsa, soliq to‘lanmaydi; 

agar ijgimoiy infratuzilma ob’ektlarini ta’minlash uchun xarajatlar summasi ushbu 
moddaning birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq summasidan kam bo‘lsa, 
byudjetga to‘lanadigan soliq hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan haqiqatda 
sarflangan xarajatlar summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. 
Belgilangan tartibda hisoblangan soliq quyidagicha o‘tkazma bilan aks 
etgiriladi: 
Debet 9820-«Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha 
xarajatlar» 
Kredit 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)». 
Soliqni byudjetta o‘tkazishda qilinadigan yozuv: 
Debet 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha karz (turlari bo‘yicha)» 
Kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti». 

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin