B. A. Nazarbayeva



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

5.3.
 
Mavjudlikni sig‘imli datchiklari

Odam tanasi o‘zida yuqori dielektrik singdiruvchanlikka ega bo‘lgan (40 


MGs chastotada muskullarning dielektrik konstantasi taxminan 97 ga, yog‘lar va 
suyaklarniki esa – 15 ga teng) muhitni taqdim qilishi sababli u bilan qurshab 
turuvchi predmetlar o‘rtasida turlicha sig‘im bog‘lanishlari vujudga keladi. Paydo 


258 
bo‘ladigan o‘tish sig‘imlarining kattaliklari tananing o‘lchami, kiyimning 
materiali, qurshab turuvchi obyektlarning tiplari, ob-havo va hokazo omillarga 
bog‘liq bo‘ladi. U odatda bir necha pikofaradadan bir necha nanofaradagacha 
oraliqda yotadi. Odam harakatlanganda bu sig‘imlarning kattaliklari o‘zgaradi, bu 
harakatlanayotgan obyektlarni statik obyektlardan farqlash imkonini beradi. Aslida 
barcha obyektlar bir-biri bilan qandaydir-bir sig‘imli bog‘lanishlar bilan 
bog‘langan bo‘ladi. Agar bu bog‘lanishlar qandaydir-bir zonada qotirib qo‘yilsa, u 
holda bu zonaning atrofida har qanday yangi obyektning paydo bo‘lishi o‘rnatilgan 
bog‘lanishlarning buzilishiga olib keladi. 5.3- rasmda test plastinkasi bilan er 
o‘rtasidagi (bu erda er deganda er, ko‘l, avtomobil, kema, samolet va hokazolar 
kabi har qanday katta obyekt tushuniladi) boshlang‘ich sig‘im 
S
1
ga teng bo‘lishi 
ko‘rsatilgan. Bu plastinkaning atrofida odam paydo bo‘lganda ikkita qo‘shimcha 
kondensator paydo bo‘ladi: 
S
a
– plastinka bilan tana o‘rtasida va 
S
b
– tana bilan er 
o‘rtasida. Shu sababli plastinka bilan er o‘rtasidagi yig‘indi sig‘im 
∆S
kattalikka 
ortadi: 

(5.9) 
Sig‘imning bu o‘zgarishini mos keluvchi apparatura yordamida qayd qilish va 
qo‘riqlanadigan zonada odamlarning mavjudligini detektirlash mumkin bo‘ladi. 
5.3-rasm. Odam detektorning sxemasiga qo‘shimcha sig‘imni olib kirishi 


259 
5.4- rasmda avtomobil uchun sig‘imli qo‘riqlash tizimi ko‘rsatilgan. Sezgir 
element avtomobilning o‘rindig‘iga kiritilgan. U metall plastinka yoki to‘r, elektr 
o‘tkazuvchan to‘qima va hokazolar ko‘rinishida tayyorlangan bo‘lishi mumkin. 
Sezgir element 
S
r
kondensatorning plastinkalaridan birini tashkil qiladi. Bu 
kondensatorning ikkinchi plastinkasi yoki avtomobilning korpusi, yoki poldagi 
gilamchaning ostiga joylashtirilgan plastinka bo‘lishi mumkin. 
S
x
etalon 
kondensator 
sifatida 
yoki 
doimiy, 
yoki 
o‘zgaruvchan kondensatordan 
foydalaniladi. Uni o‘rindiqqa yaqin joyga joylashtirish zarur bo‘ladi. Etalon va 
sezgir kondensatorlar zaryadlar detektorining mos keluvchi chiqishlariga ulanadi 
(
R
1
va 
R
2
rezistorlar orqali). Differensial zaryadlar detektori to‘g‘ri burchakli 
impulьslar generatori bilan boshqariladi (5.5-rasm). O‘rindiqqa hech kim 
o‘tirmagan paytda etalon kondensator 
S

kondensatorga taxminan teng qilib 
rostlanadi. Rezistorlar va mos keluvchi kondensatorlar ikkita zanjirning vaqt 
doimiylarini belgilaydi. Boshlang‘ich holatda har ikkala 
RC
zanjirlar τ

ga teng 
bo‘lgan bir xil vaqt doimiylariga ega bo‘ladi. Rezistorlardan kuchlanishlar 
OU
ning kirishlariga beriladi, uning 
V
c
chiqish signali amalda nolga teng bo‘ladi. 
Chiqish signalidagi unchalik katta bo‘lmagan cho‘qqilar sxemaning qandaydir-bir 
nomuvozanatidan guvohlik beradi. O‘rindiqqa odam o‘tirganda uning tanasi 
S

ga 
parallel qo‘shimcha sig‘imni shakllantiradi, bu zanjirdagi vaqt doimiysining τ

dan 
τ

gacha ortishiga olib keladi. Bu 
OU
ning chiqishidagi signallarning amplitudasini 
o‘zgartiradi, Komparator 
V

ni 
V
ref
kuchlanishning etalon darajasi bilan solishtiradi. 
V

 
V
ref 
bo‘lganda komparator 
V

trevoga signalini ishlab chiqaradigan mantiqiy 
qurilmaga signal yuboradi, bu trevoga signali mashinaga kimdir o‘tirganligini 
ma’lum qiladi. SHuni qayd qilish lozimki, sig‘imli detektor faol qurilma bo‘lib 
hisoblanadi, chunki uning ishlashi uchun generatorning signali zarur bo‘ladi.

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin