19
tavsifi
deyiladi. Ko‘rsatkichi burchakli siljiydigan
asboblarning shkala tavsifi
quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
,
(1.1)
bunda
φ
— ko‘rsatkichning shkala boshidan, burilish burchagi.
To‘g‘ri chiziqli shkalali asboblar uchun
,
(1.2)
bunda
L
— ko‘rsatkichning shkala boshidan chiziqli siljishi.
1.5-rasmda shkalali sanoq qurilmalari sxematik ko‘rsatilgan.
Qayd qiluvchi o‘lchash asboblari qog‘oz lentalarga yoki diskda
o‘lchanayotgan kattalikning hozirgi qiymatini vaqt bo‘yicha avtomatik yozib
beruvchi moslama bilan ta’minlanadi. Bu holda qog‘oz lentada (diskda)
uzluksiz
chiziq pero bilan chiziladi, boshqa holda lentada davriy ravishda sanoqlarning sonli
qiymatlari chop etiladi. Bitta qog‘oz lentada bir necha egri chiziq yozilishi
(chizilishi) mumkin. Bu holda o‘lchash asbobining ichiga avtomatik uzgich-
ulagich o‘rnatiladi, u o‘lchashning bir necha nuqtalarida
joylashgan birlamchi
o‘zgartkichlardan birini o‘lchashtizimga navbat bilan ulaydi.
1.5-rasm. Qayd qiluvchi qurilmalar:
a-
qutb koordinatalarida;
b-
to‘g‘ri
chiziqli koordinatalarda;
d-
davriy qayd qiluvchi
Qayd qiluvchi qurilmalarning tavsifi shkalali sanoq qurilmalari tavsifiga
o‘xshash va (1.1), (1.2) tenglamalar bilan ifodalanadi.
Qayd qiluvchi qurilmalar
20
uchun (1.5-rasm,
a, b)
bu tenglamalarda φ va
L
tegishli burilish burchagini hamda
pero ushlagichning diagramma to‘g‘ri chizig‘ining nolli belgisidan siljishini,
U
esa
to‘r bo‘yicha olingan sanoqni anglatadi. Davriy chop etuvchi qayd qiluvchi
qurilma uchun tavsif (1.5-rasm,
v)
(1.1) tenglama bilan tasvirlanadi, unda φ —
kirish valchasining burilish burchagi,
U
— chop etilgan son (sanoq).
Disksimon diagrammalar tekis va notekis bo‘linmali bo‘lishi mumkin.
Lentasimon diagrammalar ham ikki turli bo‘ladi: o‘lchash asbobi perosi to‘g‘ri
chiziqli harakat qiladigan va perosi aylana yoyi bo‘ylab harakat qiladigan.
Ko‘rsatkichi kam kuch bilan siljitiladigan asboblarda (masalan, o‘zi yozar
millivolьtmetrlarda) yozish yordamchi qurilma yordamida amalga oshiriladi.
Ayrim o‘lchash vositalari va o‘lchash tizimlaridan
tashqari murakkab
axborot-o‘lchash tizimlari ham qo‘llaniladi. Ular ko‘plab nuqtalarda avtomatik
o‘lchashni amalga oshiribgina qolmay (o‘lchash kanallari soni ming-minglab
bo‘lishi mumkin), balki o‘lchash natijalarini berilgan algoritmlar bo‘yicha
zarur
qayta ishlashni ham bajaradi. Shu munosabat bilan o‘lchash o‘zgartkichlarining
axborot-hisoblash mashinalarining va kirish qurilmalarining kirishiga keladigan
signallarni unifikatsiyalashtirish (birxillashtirish) zarurati tug‘iladi. Signallarni
unifikatsiyalashtirish o‘lchash asboblari turlarini minimumga
keltirish imkonini
beradi, o‘lchash vositalarining o‘zaro almashuvchanligini ta’minlaydi.
O‘lchash vositalari o‘lchash jarayonidagi bajarayotgan vazifasi, roliga qarab
ishchi, namunaviy va etalon o‘lchash asboblariga bo‘linadi.
Ishchi o‘lchash vositalari xalq xo‘jaligining barcha tarmoklarida amaliy
o‘lchashlar uchun mo‘ljallangan. Namunaviy o‘lchash vositalari ishchi o‘lchash
asboblarini tekshirish va ularni o‘zlari bo‘yicha darajalashga xizmat qiladi.
Etalonlar fizik kattalik birliklarini
qayta tiklash va saqlash, ularning
o‘lchamlarini namunaviy o‘lchash asboblari orqali xalq xo‘jaligida qo‘llanadigan
ishchi o‘lchash vositalariga o‘tkazishga xizmat qiladi. Fizik kattaliklarning
birliklari o‘lchami shu usul bilan etalonlardan namunaviy o‘lchash
asboblari
yordamida boshqa o‘lchash asboblariga o‘tkaziladi.
21
Shkala bo‘linmalariga qabul qilingan o‘lchash birliklarida ifodalangan
qiymatlar berishdan iborat operatsiya
Dostları ilə paylaş: