B. A. Nazarbayeva


Intellektual kimyoviy datchiklar



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

Intellektual kimyoviy datchiklar. 
Zamonaviy kimyoviy datchiklarning 
rivojlanish yo‘nalishi mikroelektronika va dasturlanadigan kontrollerlarni 
qo‘llashdan iborat. Bularning barchasi yangicha klassdagi intellektual kimyoviy 


322 
detektorlarning yaratilishiga olib keladi. Bunday datchiklarning tarkibiga, qoidaga 
ko‘ra, ma’lumotlarga dastlabki ishlov berish sxemalari kiradi, bu ularni amalda 
o‘lchashlarning natijalarini tahlil qiladigan har qanday tizim bilan oson bog‘lash 
imkonini beradi. Intellektual kimyoviy datchiklar shuningdek o‘z tarkibiga boshqa 
qurilmalar bilan bog‘laydigan interfeysli sxemalar va ularni kalibrlash hamda 
mahalliy siljishlarni kompensatsiyalash imkonini beradigan sxemalarni ham oladi, 
shu tariqa, ma’lumotlarni to‘plash va ularga ishlov berish tizimlariga faqatgina 
o‘lchangan ma’lumotlarni qabul qilish qoladi. Intellektual datchiklar ko‘pincha 
o‘lchov birliklarini bir-tizimdan boshqasiga o‘tkazish (masalan, % dan ppm ga) 
kabi mashaqqatli operatsiyalarni bajaradi va chiquvchi qiymatlarni har qanday 
tizimda bera oladi. Shu sababli bunday datchiklar ma’lumotlarni markaziy 
protsessorga u so‘ragan birliklarda berishi mumkin, bu masshtablovchi 
koeffitsiyentlarni qo‘llash zaruratini bartaraf qiladi. 
5.10. 
Nazorat savollari, amaliy mashg‘ulotlar va mustaqil ishlar 
uchun topshiriqlar 
 
Nazorat savollari

1.
Sezgir elementning elektr tavsiflariga ta’sir ko‘rsatish tipi bo‘yicha 
datchiklarning turlarini ayting. 
2.
Intellektual kimyoviy datchiklarning o‘lchash texnikasidagi roli qanday? 
3.
Konduktometrik va potensiometrik datchiklarning ishlash prinsipi nimaga 
asoslanadi? 
4.
Elektrokimyoviy datchikning konstruksiyasida qanday xususiyatlar bor? 
5.
Mavjudlikni sig‘imli datchiklarining ishlash prinsipi nimaga asoslanadi? 
6.
Sig‘imli mavjud bo‘lish datchigining sezgirligi nima sababdan kamayishi 
mumkin?

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin