B. A. Nazarbayeva


Matematik ta’minotga talablar



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

Matematik ta’minotga talablar. 
Biror bir texnik obyekt loyihalashda
matematik ta’minotni tashkil qiluvchi, matematik modelni yaratish metod va 
algoritmlarni tanlash uchun bir qancha talablarni e’tiborga olish kerak bo‘ladi. 
Asosiy talablarga universallik, algoritmik puxtalik, aniqlik, mashina vaqtiga 
bo‘lgan sarflarni chegaralash, xotira hajmiga kam foydalanish kabilar kiradi. 
Matematik ta’minotning universalligi deyilganda, bu ta’minotdan bir qancha 
loyixalash obyektlarini loyixalashda foydalanish imkoniyati borligi tushiniladi. 
Masalan: MBQ larini sintez qilishda foydalaniladigan metod va modellar


379 
berilagan baza elementlarini oldindan ko‘rsatilgan cheklanishlar asosida, hohlagan 
obyektni yaratishni ta’minlay olishi kerak. ALT lardan matematik ta’minotning 
asosiy xususiyatlaridan biri ularning yuqori universallikka ega ekanligi 
hisoblanadi. Yuqori, universallikka ega bo‘lishi esa bunday ALT lardan bir qancha 
loyihalash obyektlari uchun foydalanish imkonini beradi. 
Matematik ta’minotning komponentlarining muhum xususiyatlaridan biri bu 
ta’minotdan foydalanilganda olinadigan natijaning to‘g‘ri bo‘lishligi hisoblanadi 
va shunday xoldagina bu ta’minot algoritmik puxta deyiladi. Algoritmik puxtalik 
asosan olingan natija qanchalik to‘g‘riligi ehtimolligiga qarab baholanadi. Agar bu 
ehtimollik birga teng bo‘lsa, yoki unga yaqinlashib borsa, u holda bu ta’minotni 
yaratish uchun foydalanilgan metod algoritmik puxta metod deyiladi. ALT larda 
algoritmik puxta metod bo‘lmagan metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq 
bo‘lmaydi.
Algoritmik puxtalik bilan, sharoitga moslashtirish uzviy bog‘langandir. 
SHaroitga moslashtirilmagan hollarda, berilganlardagi ozgina xatoliklar, natijada 
katta xatoliklarni yuzaga keltirishi mumkin. Loyihalashning har bir bosqichida 
o‘zining oraliq natijalari va har bir bosqichdagi xatolik kelib chiqish manbaalari 
mavjud. Shu sababli yomon sharoitga moslashtirish natijasida hatoliklar juda 
kattalashib ketishi mumkin. 
Ko‘pgina matematik ta’minot komponentlari uchun aniqlik muhim 
hossalardan biri hisoblanadi. Aniqlik – bu olgan natija bilan haqiqiy olinishi kerak 
bo‘lgan natijaning mos tushishligi hisoblanadi. Algoritmik puxta metodlar har xil 
aniqlikdagi natijalarni berishi mumkin.
Universal model va metodlarda hisoblash ishlari ko‘p bo‘lib, loyihalash 
masalasining hajmi kattalashib ketishi mumkin, shuning uchun ko‘pgina ALT 
protseduralarida T—mashina vaqtini, sarf qilish loyihalash harajatlarini va 
loyihalashga ketadigan vaqtni oshib ketishiga olib keladi. Shuning uchun T ni 
minimallash loyihalash jarayonidagi muhim talablardan biridir. 
Yuqori universallikka ega, aniq natijali va kam mashina vaqtini talab qiluvchi 
matematik ta’minotni yaratish doimo bir – biriga qarama – qarshi bo‘lib, keladi. 


380 
SHuning uchun matematik ta’minotning komponentlari ba’zi bir masalalarni hal 
qilish uchun sifatli bo‘lsa, boshqa masala uchun kam sifatli bo‘lishi mumkin. 
SHuning uchun ALT larda model va metodlarning har xillarini o‘zida 
mujassamlashtirilgan kutubxonalar tashkil qilish kerak. 
Mashina vaqtini tejash talabidan keyingi talab, xotira hajmini tejash talabidir. 
Bu talab matematik ta’minotning qanchalik iqtisodlashtirilganligii ko‘rsatadi va 
tuzilgan dastur uzunligi bilan harakterlanadi. Hozirgi davrdagi operativ xotira 
hajmini sezilarli darajada katta bo‘lishligiga qaramay, uni tejash aktual masala 
bo‘lib qolmoqda. EHM larning mulьtidasturli ishlash rejimida, katta xotira hajmini 
talab qiluvchi masalalar pastroq ustunlikka ega bo‘lishi va natijada bu masalalarni 
qayta ishlash vaqti oshib ketishi kuzatiladi. Bunday murakkablikni echish uchun 
tashqi xotiralardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu esa operativ va 
tashqi xotiralarning o‘zaro ma’lumotlarni almashlashlari uchun, T- vaqtni oshib 
ketishiga olib keladi. 

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin