B. A. Nazarbayeva


ALT larda MB ni tashkil qilishga talablar



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə192/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

ALT larda MB ni tashkil qilishga talablar. 
ALTlarning MB sidan 
foydalanish asosiy maqsad, amaliy dasturlar yaratish jarayonini osonlashtirish, 
yangi qism tizimlarini tizimga birlashtirishga ketadigan xarajatlarni kamaytirish, 
ularni tez moslashtira olish imkoniyatini amalga oshirishdan iborat. 
ALS larni MB ni yaratishda asosan quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi: 
1)
MB da ma’lumotlarni ichki strukturalarini tasvirlash imkoniyati bo‘lishi 
kerak. MB dan foydalanishda, uning elementlari o‘rtasidagi turli ko‘rinishdagi 
bog‘lanishlarni mavjudligi, kerakli ma’lumotlarni oson qidirib topish va 
ma’lumotlar bo‘yicha boshqa operatsiyalar bajarishda uning ichki strukturasini 
bilish muhim hisoblanadi. 
2)
Ma’lumotlar bilan ishlaydigan vositalar yuqori unumdorlikka ega bo‘lishi 
kerak. Foydalanuvchi yoki amaliy dasturning so‘roviga bo‘lgan reaksiya, aniq 
chegaralanishi boshqa tizimlarga qaraganda juda muhim hisoblanadi. Tizimning 
unumdorligi esa foydalanuvchilar terminallari soni va loyihalovchi QT larining 
ADP lari soniga bog‘liqdir. 
3)
MB dan foydalanish xotiradan juda ko‘p joy sarf qilishga olib kelmasligi 
kerak. Xotiradan ketadigan sarfni kamaytirish uchun, MB ni tashkil qilishda, tashqi 
xotiraga (TX) murojat qilishlar sonini minimallash metodlari tanlanadi. 


398 
4)
Mb da ortiqcha ma’lumotlarni iloji boricha minimallash kerak. Ortiqcha 
ma’lumotlar qo‘shimcha xotira va qo‘shimcha qidirish vaqtini taqazo etadi. 
5)
MB da ma’lumotlarni qidirishning turlicha yo‘llari bo‘lishi kerak. MB dan 
axborot izlash moslanuvchan va tezkor bo‘lishi kerak. 
6)
ALT larni MB dan ma’lumotlarni to‘liqligi doimo kafolatlanib 
foydalanishni bilmasliklari tufayli MB buzilib qolmasligini, biron-bir ta’sirdan 
ma’lumot buzilsa ham avtomatik holda tiklash tadbirlari amalga oshirilishi kerak. 
7)
MB da ma’lumotlarni maxfiyligi va xavf-xatardan xolis bo‘lishligi 
ta’minlanishi kerak. Ma’lumotlarga havf-xatar deganda, bu ma’lumotga ega 
bo‘lish xuquqi bo‘lmagan shaxslarni tasodifiy yoki bilib turib unga ega 
bo‘lishlaridan ximoyalash tushuniladi. Ma’lumot maxfiyligi deyilganda, bu 
ma’lumotlarni foydalanuvchilarga qanday qilib va qancha miqdorda yuborishni 
alohida shaxs yoki tashkilotni xal qilishi tushuniladi. Ma’lumotlarning 
maxfiliyligini ta’minlash uchun, MBni tashkil qilishda texnik muammolarga 
bog‘liq bo‘lmagan tadbirni amalga oshirish kerak bo‘ladi. Masalan bunday maqsad 
uchun dialogli kiritish qurilmalaridan foydalanish mumkin. 
8)
MB, oldin tashkil qilingan ma’lumotlar va dastur bilan yangi tashkil 
etilgan ma’lumotlar va dasturlar mos tushadigan qilib loyihalanishi kerak. 
Ma’lumotlarni ozgina o‘zgarish, APD larini o‘zgarishiga olib kelmasligi kerak. Bu 
talabni amalga oshirish uchun amaliy dasturlarda ma’lumotlarni mantiqiy 
tasvirlanishi ularni fizik tasvirlashdan ajratib olish kerak bo‘ladi. Bu ko‘rinishda 
tasvirlashdan boshqa ko‘rinishda tasvirlashga o‘tishni MBBT bajaradi. SHu orqali 
ma’lumotni fizik bog‘liq emasligi ta’minlanadi. 
9)
Tizimda MB ni unumdorligini oshirish uchun rekonstruksiya (sozlash) 
qilish vositasi qatnashishi kerak. MB da sozlash vazifasini MB administratori 
amalga oshiradi. Administrator (Dasturlovchi) ma’lumot to‘lqinligi saqlash uchun 
kerakli o‘zgartirishlarni kiritadi. 
10)
MB da ma’lumotlar aralashib ketgan bo‘lishi kerak. Ma’lumotlarni 
aralashib ketishi deganda ularga bo‘lgan talabga qarab, ularni boshqarish, saqlash 
jarayoni tushuniladi. Alohida ma’lumotlar aloxida turdagi xotiralarda saqlanadi. 


399 
Kam ishlatiladigan ma’lumotlar esa arzonroq xotira qurilmalarida aralash holda 
saqlanadi. 
11)
Ma’lumotlarni mantiqiy izohlash vositalari oddiy bo‘lishi kerak. Bu 
talabni tashkil qilish uchun MB ALT larida ma’lumotlarni jadval ko‘rinishida 
mantiqiy izohlashdan foydalanish tavsiya qilinadi. Bunday izohlashda HT ni 
bilmaydigan foydalanuvchi ham MB dan foydalana oladi. 
12)
MB bilan muloqat qiluvchi vosita juda oddiy bo‘lishi kerak. 
Foydalanuvchi uchun ma’lumotlar joylashgan fayllar va ularni adreslari haqidagi 
ma’lumotlarni bilishlarining hojati yo‘q bo‘lishi kerak. Ma’lumotlarni chaqirish 
uchun dastur tuzulishning ham hojati bo‘lmasligi kerak. Bu talabni qondirish 
uchun qondirish uchun ma’lumotlarni manipulyasiya qilish tili yaratiladi, bu esa 
ma’lumotlar «menyu» sini yaratish imkoniyatini beradi. 
Ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan ma’lumotlarning asosiy xususiyati ularni 
strukturalashtirilganligidadir. 
Ma’lumotlarning umumiy strukturasi izoh MB konseptual modeli (sxema) 
deb ataladi. MB sxemasida uning ba’zi cheklangan amaliy dasturlar guruhiga 
xizmat ko‘rsatuvchi qismlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Bunday izohlar MB 
qism sxemasi deyiladi. 
Loyihalashni avtomatlashtirish uchun ma’lumotlar modelini tashkil qilish 
kerak bo‘ladi. Ma’lumotlar modeli, bu ma’lumotlar to‘plami bo‘lib, ularning 
o‘zaro bog‘liqligini tasvirlaydi va ALT da echilishi kerak bo‘lgan barcha 
masalalarni echishda foydalaniladi. Bunday model cheksiz, mavhum turli tuman 
real obyektlarni turlicha saviyalariga javob beruvchi uchta darajaga ega. Birinchi 
darajada shu turli-tuman obyektlardan, aniq masalalar doirasini echish uchun 
kerakli bo‘lgan obyektlar ajratilib olinadi va ma’lumotlar mantiqiy (axborotli) 
strukturasi tashkil qilinadi. Ikkinchi darajada bu struktura EHM xotirasida bevosita 
tasvirlash mumkin bo‘lgan va dasturlar yordamida qayta ishlash mumkin bo‘lgan 
ma’lumotlar fizik strukturasiga aylantiriladi. Uchinchi daraja esa ma’lumotlar 
elementlarini mashina ichiga joylashtirishni tasvirlaydi. 


400 
Ma’lumotlar strukturasi – bu ma’lumotlar elementlari yoki guruhlarning bir-
birlari bilan bog‘lanishi qoidalari to‘plamidir. Ma’lumotlar strukturasi 
loyihalovchini qiziqtiradigan ma’lumot elementlari haqida hech qanday ma’lumot 
bermaydi. Loyihalovchilar ma’lumotlarni mantiqiy strukturalarini tasvirlash 
imkoniyatlari haqida va ularni ALT larda ishlatilishi haqida tasavvurga ega 
bo‘lishlari kerak. 

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin