38
•
himoyaga loyiq konstruksiyalarga talablar: original texnik echimlar, sanoat
namunalari va tovar belgilari milliy va xalqaro patentlar bilan himoya qilinishi
kerak;
•
patentning tozalik talablari: patent tozaligi ushbu texnik echimning
patentlari foydalanilmayotgan mamlakat ta’siri ostida yo‘qotilishini tavsiflaydi.
O‘lchash asbobi konstruksiyasiga qo‘yiladigan talablarni ko‘rib chiqaylik.
Ular ikki xil bo‘ladi: umumiy va maxsus.
Umumiy talablarga quyidagilar kiradi: funksional vazifa; o‘lchash diapazoni;
sezgirlik; xatolik; ishonchlilik; statik tavsifning chiziqliligi; tezkorlik; og‘irlik
o‘lcham tavsiflari; klematik bajaruvchanlik; asbobning optimal (qulay) bajarilishi.
Umumiy talablardan tashqari asbob konstruksiyasiga qo‘llash shartlariga
bog‘liq xolda maxsus talablar qo‘yiladi. Masalan: yuqori bosim mavjudligida
asbob konstruksiyasi shu bosimni xisobga olgan ishonchlilik bilan bajarilishi zarur.
Xuddi shunday xol uchun yuqori xarorat yoki atrof - muxit namligi. Agressiv
muxitda asbob elementlari shu muxitga chidamli materialdan tayyorlanishi zarur.
Asbob ochiq xavoda, yopiq xonalarda, xamda sun’iy iqlimli xonalarda ishlatilishi
mumkin. Asboblar ko‘chma yoki statsionar bo‘lishi mumkin, xamda uchuvchi
qurilmalar, kema va er osti transportida o‘rnatilishi mumkin. Xamma xol uchun
maxsus talablar ishlab chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: