147
Kondensator har ikkala plastinkada to‘plangan
q
zaryad kattaligi va ular
o‘rtasidagi musbat potensiallar farqi –
V
kuchlanish bilan xarakterlanadi. Shuni
qayd qilish lozimki,
q
kondensatorning nolga teng bo‘lgan yig‘indi zaryadiga mos
kelmaydi,
V
esa har bir plastinkaning potensiali bo‘lib hisoblanmaydi,
u ular
o‘rtasidagi potensiallar farqini aks ettiradi. Zaryadning kuchlanishga nisbati har bir
kondensator uchun konstanta bo‘lib hisoblanadi:
q/V = C
(4.17)
C doimiy kattalik kondensatorning sig‘imi deb ataladi. Sig‘imning kattaligi
plastinkalarning formasi va ularning bir-biriga nisbatan joylashishiga, shuningdek
ular o‘rtasidagi muhitning xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Shuni qayd qilamizki, S
kattalik har doim musbat bo‘lib
hisoblanadi, chunki (4.17) formulada zaryad va
kuchlanish bir xil belgi bilan olinadi. SI birliklar tizimida sig‘im birligi Farada
hisoblanadi: 1 Farada = 1 Kulon/Volt (1 F= Kl/V).
Elektron sxemaga ulashda kondensatorning sig‘imini kompleks qarshilik
ko‘rinishida ifodalash mumkin:
= -
(4.18)
Bunda
j =
,
i – ω
chastotaga ega bo‘lgan sinusoidal tok. Formuladan
ko‘rinib
turibdiki, chastota ortishi bilan kondensatorning kompleks qarshiligi
kamayadi. (4.18) ifoda kondensator uchun Om qonuni deb ataladi. Bu formuladagi
minus belgisi kondensatordagi kuchlanish tokdan 90
0
ga orqada qolayotganligini
bildiradi.
Kondensator – juda foydali elektr elementi bo‘lib hisoblanadi,
undan
ko‘pincha turli datchiklarda, masalan, masofa, maydon, hajm, bosim, kuch va
hokazolarni o‘lchaydigan datchiklarda foydalaniladi. 4.4B- rasmda parallel
plastinkalarga ega bo‘lgan kondensator ko‘rsatilgan, unda o‘tkazgichlar bir-biridan
d
masofada joylashgan,
A
maydonga ega bo‘lgan plastinkalar formasida ishlangan.
Agar
d
masofa plastinkalarning o‘lchamiga qaraganda ancha kichik bo‘lsa, ular
o‘rtasidagi elektr maydoni bir jinsli bo‘ladi. Bu shuni bildiradiki,
f
kuch chiziqlari
148
parallel va bir tekis taqsimlangan bo‘ladi. Elektromagnetizm
qonunlaridan shu
narsa kelib chiqadiki, plastinkalarning uchlarida eng chekka kuch chiziqlari biroz
og‘adi, biroq
d
ning etarlicha kichik qiymatlari
uchun buni hisobga olmaslik
mumkin.
Dostları ilə paylaş: