201
ushlab turish uchun suyuqlikli termostatlarda tashkil qilinadi. Konveksiya usuli
bilan issiqlik uzatilishining samaradorligi oraliq agentning harakatlanish tezligi,
harorat
gradienti, obyekt yuzasining maydoni va qurshab turuvchi muhitning
issiqlik hususiyatlari bilan belgilanadi. Uning harorati tashqi haroratdan farq
qiladigan obyekt
issiqlikni oladi yoki beradi, buni issiqlik o‘tkazuvchanlik
mexanizmi bo‘yicha issiqlik uzatilishining ifodasiga o‘xshash bo‘lgan tenglama
yordamida tasvirlash mumkin:
N = aA (T
1
– T
2
)
(4.83)
Bunda
a
– oquvchi muhitning (suyuqlik yoki gaz) solishtirma issiqlik sig‘imi,
uning yopishqoqligi va harakatlanish tezligi bilan belgilanadigan konveksiya
koeffitsiyenti. Bu koeffitsiyent faqatgina og‘irlik kuchiga bog‘liq bo‘lib
qolmasdan, harorat gradientiga ham bog‘liq bo‘ladi. Havoda gorizontal joylashgan
plastinka uchun
a
ning qiymatini quyidagi formula yordamida baholash mumkin:
a =
2,49
,
(4.84)
Vertikal joylashgan plastinka uchun esa formula quyidagi ko‘rinishni oladi:
a =
1,77
,
(4.85)
Shuni
qayd qilish lozimki, bu ifodalar plastinkaning faqat bir tomoni uchun
yaroqli bo‘ladi, bu erda plastinka o‘zida cheksiz issiqlik manbaining (ya’ni uning
harorati issiqlik yo‘qolishiga bog‘liq bo‘lmaydigan) yuzasini taqdim qiladi,
qurshab turuvchi muhit esa doimiy haroratga ega deb faraz qilinadi. Agar havoning
hajmi kichik bo‘lsa, masalan, turlicha haroratga ega bo‘lgan
ikkita plastinkaning
orasidagi havo tiroqishi kichik bo‘lsa, gaz molekulalarining harakati juda
cheklangan bo‘lib qoladi, shunda issiqlikning konvektiv uzatilishini hisobga
olmaslik mumkin bo‘ladi. Bunday holda issiqlik uzatilishi
havoning issiqlik
o‘tkazuvchanligi va nurlanish orqali sodir bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: