Harakatni tarzi 2 ta:
1.Imkoniyat
–
o’qiy oladi
2.Tez va oson
–
o’qib qo’y/tashla/yubordi
Fe’llarning yasalishi.
-la, -
a qo’shimchalari ot, sifat, undov so’zlardan.
-(a)y, -i, -sira, -
sa qo’shimchasi ot va sifatlardan, ba’zan ravishlardan,
-
(a)r qo’shimchasi sifatlardan,
-illa, -
ira qo’shimchasi taqlid so’zlardan
fe’l yasaydi.
-
sira qo’shimchasi sen, siz olmoshlaridan ham fe’l yasaydi.
–
lan, -lash, -ir -
bular ham fe’l yasovchi qo’shimchalar
Ayrim fe’l yasovchi qo’shimchalar imlosi.
Fe’l yasovchi aa qo’shimchasi o’yin, qiyin kabi ikki bo’g’inli so’zlarga
qo’shilganda, bu
so’zlarning ikkinch bo’g’inidagi i unlisi talaffuzda tushib qoladi
va shunday yoziladi. Fe’l yasovch
i -ay
qo’shimchasi past, sust so’zlariga
qo’shilganda, bu so’zlar oxiridagi t talaffuzda tushib qoladi va
shunday yoziladi. -
illa qo’shimchasi tarkibida u unlisi yo v undoshi bo’lgan bir bo’g’inli so’zlarga
qo’shilganda,
-ulla tarzida aytiladi va shu holda yoziladi: shovulla
Fe’llarning tuzilishiga ko’ra turlari.
Fe’llar tuzilishiga ko’ra to’rt xil bo’ladi:
a) sodda fe’llar; b) qo’shma fe’llar; d) juft fe’llar; e) takroriy fe’llar.
Sodda fe’llar
bir asosdan tarkib topadi. Sodda tub fe’llar asos holatida ish
-harakat va holatni
anglatadi. Masalan: qurmoq, yurmoq, ketmoq. Sodda yasama fe’llar
so’z yasovch
i
qo’shimchalar
yordamida boshqa so’z turkumlaridan yasaladi: shod
-shodlanmoq, yangi-yangilamoq, gap-gapirmoq,
guv-guvvalamoq, tez-tezlamoq.
Qo’shma fe’llar
. Birdan ortiq asosdan tashkil topib, asoslar orasiga boshqa
qo’shimchalarni
qo’shib bo’lmaydigan, bitta so’roqqa javob bo’luvchi fe’llar
qo’shma fe’llar sanaladi. Masalan: sayr
etmoq, olib kelmoq, bunyod qilmoq.
Qo’shma fe’llar ot, sifat, son, olmosh, ravish, undov va taqlid
so’zlarga qil, et, bo’l
singari so’zlarni, fe’
l
shakllariga kelmoq, ketmoq singari fe’llarni qo’shish bilan
hosil
bo’ladi. Masalan: tarbiya qilmoq, eski
bo’lmoq, bir bo’lmoq, yaxshi
chiqmoq, kim bo’lmoq, dod
solmoq, chirs etmoq kabi. Qo’shma fe’llarning har
ikkala qismi o’zining lug’aviy ma’nosini saqlagan
bo’ladi.
1-
Masalan: borib keldi (ham bordi, ham keldi), ikkinchi qismi o’z ma’nosida
qo’llanilganda qo’shma
fe’l bo’ladi.
2-
Masalan: o’qib chiqdi(o’qidi, lekin chiqmadi, balki o’qishni tamomladi,
tugatdi). 2-
qismi o’z
ma’nosida qo’llanilmaganda ko’makchi fe’lli so’z shakli
hosil bo’ladi. Qo’shma fe’l qismlari ajratib
yoziladi.
Dostları ilə paylaş: |