O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA
Belgining ortiq yoki kamlik jihatidan farqlanishi
sifat darjalari, ularni ifodalovchi shakllar esa
daraja shakllari deyiladi. Sifatning quyidagi to’rt xil darajasi bor:
1) oddiy daraja; 2) qiyosiy daraja; 3) orttirma daraja; 4) ozaytirma daraja.
Belgining odatdagi me’yorida
ekanligini bildiruvchi va boshqa darajalar uchun
asos bo’lib
xizmat qiluvchi sifat shakli oddiy daraja shakli deyiladi.
Belgining me’yordan ortiq ekanligini bildirgan
sifat
shakli
orttirma daraja
shakli deyiladi. Sifatning orttirma daraja shakli quyidagi
yo’llar bilan hosil
bo’ladi:
1) oddiy daraja
shaklidagi sifdat oldidan eng, g’oyat, juda, nihoyatda, bag’oyat
so’zlari keltiriladi: juda
qizil, g’oyat shirin.
2) oddiy daraja shaklidagi sifatning birinchi bo’g’ini tovush o’zgarishi bilan
takrorlanadi: bus-
butun, kap-
katta, to’ppa
-
to’g’ri.
Belgining me’yoridan biroz oz yoki ko’p ekanligini qiyosan ifodalaydigan sifat
shakli qiyosiy
daraja shakli deyiladi. Qiyosiy daraja shakli -
roq qo’shimchasi
yordamida yasaladi.
Belgining me’yordan kam ekanlig
ini bildiruvchi shakli sifatning ozaytirma daraja shakli
hisoblanadi. Ozaytirma shakli oddiy daraja shakli oldiga sal, biroz,
picha, xiyla, nim so’zlarini qo’shish
orqali hosil qilinadi. Rang-tus bildiruvchi ayrim sifatlardan -(i)mtir, -ish
qo’shimchala
ri yordamida
ham ozaytirma daraja
shakli yasaladi: ko’kish, ko’kimtir.
Sifatlar qanday belgini ifodalashiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1)
xususiyat; 2) rang-
tus; 3) ma’za
-tam; 4) hajm-
o’lchov;
5) hid bildiruvchi; 6) makon-zamon belgisini
bildiruvchi sifatlar
Narsanning turli xususiyat-holatlarini bildirgan sifatlar xususiyat sifatlari, hajmi,
vazni, o’lchovi
va shaklini
bildirgan sifatlar hajm-
o’lchov sifatlari, o’rin va
vaqtga nisbatan belgilarini bildirgan
sifatlar
makon-zamon
sifatlari deyiladi.
Narsalarning rang-tusini bildirgan sifatlar rang-tus sifatlari, maza-
ta’m bildirgan
sifatlar maza-
ta’m sifatlari, hidini
bildirgnan sifatlar
hid sifatlari
deyiladi.
Sifatga
bog’lanib kelgan ot ba’zan gapda tushib qoladi. Bunday vaqtda uning
ma’nosi ham sifatga
yuklanadi. Natijada sifat OTLASHIB, egalik,
kelishik,
ko’plik qo’shimchalari bilan o’zgarish
xususiyatiga ega bo’ladi va ot bajargan
sinatktik vazifalar
da keladi: Yaxshidan bog’ qoladi,
yomondan dog’.
SON
Narsalarning son-
sanog’ini va tartibini bildirib, “qancha?”, “necha?”,
“nechanchi?” so’roqlariga
javob bo’ladigan so’zlar son deyiladi.
Sonlar narsalar, belgi-xususiyatlar, harakat-holatlarning miqdori
yoki
tartibini
bildiradi. Shunga ko’ra sonlar ikkiga bo’linadi: 1) miqdor sonlar; 2) tartib sonlar.
Miqdor sonlar qanday miqdorni bildirishiga ko’ra sanoq, dona, chama, taqsim,
jamlovchi, kasr
sonlarga bo’linadi.
Sanoq son
. Son-sanoqni bildiruvchi sonlar sanoq sonlar deyiladi. Sanoq sonlar
yozuvda, ko’pincha,
arab raqami bilan yoziladi. 1,2,3,55,67…
Dostları ilə paylaş: