munosabat shakllari deyiladi. Ismlarning
munosabat shakllariga quyidagilar kiradi:
1) egalik shakllari; 2) kelishik shakllari; 3) ismlarni kesim sifatida shakllantiruvchi va ega bilan munosabatini ifodalovchi -man, -miz, -san, -siz, - dir qo‘shimchalari, bo‘lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq so‘zlari. Uchinchi turdagi
qo‘shimchalar bog‘lamalar
deb ham yuritiladi.
ISMLARNING SINTAKTIK (MUNOSABAT) SHAKLLARI Egalik , Ot va otlashgan so‘zlarga qo‘shilib, asos qismda ifodalangan narsa, belgi
- xususiyat, harakat-
holatlarning uch shaxsdan biriga qarashliligini bildirgan
shakllar tizimi EGALIK QO‘SHIMCHALARI
hisoblanadi:
Ilmning nihoyasi yo‘q. (Abdurauf Fitrat) O‘qishda, madaniyatda ilg‘or, sog‘lom,
siyosiy
yuqori saviyali yoshlarimiz bizning iftixorimizdir. (Oybek)
Viloyat, shahar, tuman, korxona, muassasa nomlarida qo
‘
llangan III shaxs egalik qo
‘
shimchasi
shaxsga qarashlilik ma
’
nosini emas, balki xoslik, umumdan ajratilganlik ma
’
nosini ifodalaydi. Shuning
uchun bunday birikmalarda oldingi qism qaratqich
kelishigida qo‘llanilmaydi. Masalan: Bobur bog‘i;
Orol dengizi.
-i, -si egalik qo‘shimchasi bir
qator so‘zlarda qaratqich kelishigidagi so‘zlar bilan
bog‘lanmaydi.
Bunday so‘zlarda ular yaxlitlanib qolgan. O‘z vazifasini yo‘qotgan: kechasi, kunduzi kabi.
Sifatdosh va harakat nomlari tarkibidagi egalik qo‘shimchalari harakat
bajaruvchisining
shaxsi va sonini bildiradi. Shuning uchun qaratqich kelishigini
olgan shaxs bildiruvchi so‘zning
qo‘llanishiga ko‘pincha ehtiyoj bo‘lmaydi.
Terak, qishloq, bolalik singari ikki va ko‘p bo‘g‘inli
so‘zlarga egalik
qo‘shimchasi qo‘shilganda, asos qismning oxirgi k,q tovushi g va g‘ tarzida
talaffuz
qilinadi va shunday yoziladi.
Qorin, o‘g‘il, singil kabi ikkinchi bo‘g‘inida i unlisi ishtirok etgan so‘zlarga
egalik
qo‘shimchasi qo‘shilganda, ikkinchi bo‘g‘indagi i unlisi tushib qoladi va shunday
yoziladi.
Nok, chok singari bir bo‘g‘inli, idrok, ishtirok singari ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga
egalik qo‘shimchalari
qo‘shilganda, asos qismda hech qanday o‘zgarish
bo‘lmaydi.
Avvallari, tuni, kechasi, kunduzi - bularda egalik qotib qogan.
Sifatdosh, harakat nomida egalik
–
shaxs,son bildiradi