O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA 2. Ser- qo`shimchasi be- qo`
shimchasiga zid ma‘noli. Serfar
zand
–
befarzand
3. ba- qo`shimchasi -siz qo`
shimchasiga zid ma‘noli: badavlat –
davlatsiz.
4. bo- qo`shimchasi -siz va be- qo`
shimchasiga zid ma‘noli: boobro’
-
beobro’
-
obro’siz
5. -dor qo`shimchasi -siz va be-qo`
shimchalariga nisbatan zid ma‘noli:
aybdor
–
beayb
–
aybsiz.
Yuqoridagi qo`shimchalarni ikki guruhga bo`lish mumkin:
1. Biror belgi-xususiyatga, shakl-shamoyilga yoki rang-tusga egalikni bildiruvchi
qo`shimchalar (-li, bo-, ser-, ba-, -dor).
2. Shunday belgiga ega emaslikni ifodalovchi qo`shimchalar (-siz, be-, no-).
Masalan: badavlat
—
davlatsiz; shirador
—
beshira, shirasiz; sero‘t —
o‘tsiz; baobro‘ —
beobro‘, obro‘siz; ko‘ngilli —
ko‘ngilsiz
Eslatma!Tilimizda mavjud bo‘lgan bitta asos vositasida bir nechta yangi so‘zlarni yas
ash
mumkin. Bunda bitta asosdan turli so‘z yasovchi qo‘shimchalarni qo‘shish orqali yangi
so‘zlarni yasash mumkin.
Suvli
–
suvsiz
–
sersuv; tinch
–
tinim
–
tinimsiz
–
notinch
–
tinchlik; gulli
–
gulchi
–
gulsiz
–
gulzor
–
guldor.
Eslatma! Bunday bir aso
sli yasama so‘zlar asosdosh so’zlar deyiladi.
MORFOLOGIYA
O`rganish uchun olingan turli narsa, voqea-
hodisalar yig‘indisi to‘plam deyiladi.
To‘plamni o‘xshash va farqli belgilar asosida ichki guruhlarga bo‘lish tasnif
hisoblanadi. So‘zlarning
so‘rog‘i va qa
n
day umumlashgan ma’no ifodalashiga
ko‘ra guruhlarga bo‘linishi
so‘z turkumlari hisoblanadi.
So‘z turkumlari ma’no va vazifasiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘li
nadi:
1. Mustaqil so‘zlar (fe’l, ot, sifat, son, olmosh, ravish).
2. Yordamchi so‘zlar (ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama).
3. Alohida olingan so‘zlar (undov so‘zlar, taqlid so‘zlar, modal so‘zlar).
Ma’lum bir so‘roqqa javob bo‘lib, biror gap bo‘lagi vazifasida keladigan so‘zlar
mustaqil so‘zlar sanaladi: fe’l, ot, sifat, son, olmosh va ravishlar mustaqil
so‘zlardir.
Fe`l Nima qilmoq?,
nima bo‘lmoq? so‘roqlariga javob bo‘lib, shaxs yoki narsalarning
harakat, holatini
ifodalagan so‘z turkumi fe’l deyiladi.
Fe’llardan anglashilgan harakat va holat ma’lum shaxs yoki
narsa tomonidan bajariladi. Ana shu shaxs yoki narsa harakatning bajaruvchisi sanaladi.
Fe’llar nimani atab kelishiga ko‘ra harakat fe’llari va holat fe’llariga bo‘linadi.
Shaxs va narsalarning jismoniy faoliyati natijasida ro‘y bergan harakatni
bildiruvchi fe’llar harakat
fe’llari hisoblanadi. Shaxslarning ichki ke
chinmalari va narsa-
larning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish
jarayonini ifodalovchi fe’llar esa
holat fe’llari sanaladi.
Tushum kelishigidagi so‘zlar bilan bog‘lanadigan fe’llar o‘timli fe’llar, bunday
xususiyatga ega
bo‘lmagan fe’llar
o‘timsiz fe’llar sanaladi.
KIMNI / NIMANI so’zlarini fe’lga qo’shib o’qilsa o’timli,
qo’shib aytib
bo’lmasa
o’timsiz bo’ladi:
Kimni / nimani o’qidi/yozdi/topdi
-
o’timli
Kimni/ nimani yugurdi/kuldi/uxladi -
o’timsiz