Korxonalarda moliyaviy qarorlar qabul qilish va risklarni baholash usullari



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix10.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#139634
1   2   3   4
3627-Article Text-7154-1-10-20220529

Asosiy qism 
Moliyaviy rejalashtirishning nazariy va tashkiliy jihatlarini o‘rganish natijalari 
ko‘rsatishicha, xo‘jalik sub’ektlari miqyosida korporativ strategiyasini shakllantirish 
va amalga oshirish istiqbolli moliyaviy rejalashtirishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1647


Bunda xo‘jalik sub’ektlari miqyosida moliyaviy strategiyani shakllantirish uchun 
avvalo moliya strategiyasining iqtisodiy mohiyati, amal qilish lozim bo‘lgan 
printsiplar, ishlab chiqish va amalga oshirish bosqichlari hamda bu borada e’tibor 
qaratish lozim bo‘lgan jihatlarni o‘rganib chiqishni shart qilib qo‘yadi. Shundan kelib 
chiqqan holda, xo‘jalik sub’ektlari miqyosida moliya strategiyasini ishlab chiqish va 
moliyaviy qarorlarni qabul qilishga to‘xtalib o‘tamiz.
 
Avvalo korporativ moliya strategiyasi mohiyatiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu 
borada izlanishlar olib borgan olimlardan Rossiyalik iqtisodchi olim I.A.Lisovskaya 
“Kompaniya moliyaviy strategiyasini korxonalar moliyaviy rivojlanishiga salbiy ta’sir 
etuvchi omillarni neytrallashtirish va korxonaning real imkoniyatlarini boshqarib 
borish vositasi sifatida izohlaydi” [3]. 
 
Yana bir iqtisodchi olim N.V.Bobkov tomonidan esa moliyaviy strategiya 
tushunchasi kengaytirilgan ma’noda va qat’iy yo‘naltirilgan ma’noda ochib berilgan. 
Ya’ni, bunda qat’iy yo‘naltirilgan moliyaviy strategiya oldinga qo‘yilgan moliyaviy 
natijaga erishish uchun moliyaviy faoliyatni tashkil etishning aniq maqsad va vazifalari 
tizimini o‘zida aks ettiradi. Moliyaviy strategiyaning kengaytirilgan ma’nosi esa 
moliyaviy strategiyani bevosita boshqa funktsional strategiyalar (investitsion, 
marketing, ishlab chiqarish va boshqalar) bilan o‘zaro bog‘liqlikda ekanligi bilan 
izohlanadi [4]. Mazkur jihatlar korporativ moliya strategiyasiga ham bevosita 
daxldordir.
 
Shuningdek, iqtisodchi olim I.A.Blank tomonidan “Moliyaviy strategiya 
korxonaning muhim funktsional strategiyalaridan biri bo‘lib, tashqi vositalar 
o‘zgaruvchanligi sharoitida uzoq muddatli moliyaviy maqsadlarni shakllantirish, ular 
muvaffaqiyatini ta’minlashning eng samarali yo‘llarini tanlash, moliyaviy resurslarni 
shakllantirish va ulardan foydalanish yo‘nalishlarini korrektirovka qilish yo‘lida 
moliyaviy faoliyat va moliyaviy munosabatlarni rivojlantirishning barcha asosiy 
yo‘nalishlarini ta’minlashni o‘zida aks ettiradi” [5], deya izohlanadi. 
Xo‘jalik sub’ektlari miqyosida korporativ moliyaviy strategiyani shakllantirish va 
amalga oshirish ham mikrodarajada, ham makrodarajada iqtisodiy rivojlanishni 
ta’minlashga xizmat qiladi. Xususan, xo‘jalik sub’ektlari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini 
samarali tashki etish orqali yuqori moliyaviy natijaga erishishda korporativ moliyaviy 
strategiyaning ahamiyatli jihatlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
 
1. Xo‘jalik sub’ektlari korporativ moliyaviy strategiyasi keskin raqobat muhitida 
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan tashqi omillarni 
hisobga olinadi. 
2. Xo‘jalik sub’ektlari korporativ moliyaviy strategiyasi ichki imkoniyatlar, 
xususan resurslar ta’minoti, jumladan, moliyaviy resurslar uzluksizligi, investitsion 
faoliyat samaradorligi va qaytimi, moliyaviy risklarni boshqarish imkoniyatlari, 
kadrlar salohiyati borasidagi imkoniyatlarga asoslanadi.
 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1648


3. Xo‘jalik sub’ektlari korporativ moliyaviy strategiyasi, avvalo, makroiqtisodiy 
rivojlanish holati va shart-sharoitlariga, kutilayotgan istiqbolli prognozlarga mos holda 
belgilanadi.
 
1-rasm. Korxona moliyaviy strategiyasini ishlab chiqish printsiplari [6] 
4. Xo‘jalik sub’ektlari korporativ moliyaviy strategiyasi asosida aniq maqsadli 
ko‘rsatkichlar belgilab olingan davr nuqtai nazaridan joriy va tezkor moliyaviy 
rejalashtirish strategik moliyaviy rejalashtirishga o‘zaro bog‘liq holda tashkil etiladi.
 
5. Xo‘jalik sub’ektlari korporativ moliyaviy strategiyasi aniq ko‘rsatkichlar 
tizimiga asoslanishi lozim. 
Xo‘jalik sub’ektlari korporativ moliyaviy strategiyasini shakllantirish va amalga 
oshirish aniq printsiplarga asoslanishi lozim.
 
Bunda strategik moliyaviy qarorlar 
mavjud imkoniyatlar, ichki va tashqi muhit asosida qabul qilinishidan kelib chiqqan 
holda asosiy printsiplar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin (1-rasm). 
Korxona moliyaviy strategiyasini ishlab chiqish printsiplarining har biriga 
to‘xtalib o‘tamiz:
 
1. Korxonani o‘z-o‘zini tashkil etishga qodir ochiq tizim sifatida qarash printsipi. 
Mazkur printsipni strategik moliyaviy rejalarni belgilash jarayonida xo‘jalik 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin