IDSL, HDSL, SDSL, MDSL, G.SHDSL texnologiyalari
. Keltirilgan
simmetrik kirish texnologiyalari
eski analog uzatish
tizimlarini
raqamlashtirish uchun keng tarzda foydalaniladi. Qurilmalarning ishlashi
uchun bir yoki bir necha telefon juftliklari kerak, chiqishda esa simmetrik
kanal shakllanadi (odatda E1 – 2048 kbit/s) (5.3-rasm).
5.3-rasm. xDSL texnologiyasidan foydalangan holda aloqani tashkil
qilishning tuzilish sxemasi
HDSL texnologiyasi
. Ushbu texnologiyada turli o’tkazuvchanlik
qobiliyatiga ega bo’lgan simmetrik raqamli kanalni shakllantirish uchun
birdaniga bir necha telefon juftliklaridan foydalanish ko’zda tutilgan edi
(5.4-rasm).
HDSLning
bitta
telefon
juftligidan
foydalanilgan
turli
modifikatsiyalari kengroq tarqaldi. Bu erda ishlab chiqarish ikki
yo’nalishda amalga oshirildi. Birinchi guruh ishlab chiqaruvchilari
124
tomonidan doimiy tezlikka ega bo’lgan oqimni shakllantirish uchun turli
modulyasiya usullaridan (2B1Q, CAP va b.) foydalanilgan. Shu tarzda
turli IDSL va HDSL texnologiyalari paydo bo’ldi. Kabel juftligining
holatiga bog’liq ravishda o’zgaruvchan raqamli uzatish tezligini
ta’minlovchi simmetrik kirish texnologiyalarini ishlab chiqish alternativ
yondashuv sifatida shakllandi. Ushbu turdagi qurilmalar juftlik holatini
diagnostika qiladi va maksimal mumkin bo’lgan uzatish tezligini
o’rnatadi. Shu tarzda MDSL, MSDSL va SDSL texnologiyalari paydo
bo’ldi. Hozirgi vaqtda ikkala yondashuv ham G.SHDSL yagona
simmetrik kirish texnologiyasi ostida birlashtirildi va u hozirgi vaqtda
dunyoning etakchi NGN texnologiyalaridan biridir.
ADSL, ADSL2, ADSL2+, RE-ADSL texnologiyalari
.
Simmetrik kirish
texnologiyalari avvaldan tarmoqni raqamlashtirish vazifasini echishga
qaratilgan bo’lib, alohida foydalanuvchilarga keng polosali kirish
xizmatlarini taqdim qilish uchun kamdan-kam qo’llanilgan. Buning
uchun asimmetrik kirish qulayroq bo’lib, zamonaviy NGN tarmoqlarida
mijoz-server aloqasini tashkil qilishda qo’llaniladi. Internetga kirish,
elektron pochta, IPTV, interaktiv o’yinlar va boshqa an’anaviy
xizmatlarda
doimiy
ravishda
ma’lumotlarni
almashinishning
asimmetrikligi vujudga keladi: foydalanuvchi ma’lumotlari asosan
axborotni taqdim qilishga so’rov, server ma’lumotlari esa so’ralgan
axborotlardan iborat bo’ladi. Natijada, foydalanuvchi ma’lumotlari hajmi
o’rtacha server ma’lumotlariga qaraganda kamroqdir.
Asimmetrik
kirish
texnologiyasining
rivojlanishi
ADSL
texnologiyalar oilasining yaratilishiga olib keldi va dunyo amaliyotida
ushbu texnologiyalar NGN keng polosali kirish texnologiyasi sifatida
125
etakchi o’rinlarni egallaydi. ADSL texnologiyasi boshqa DSL-
texnologiyalardan farqi strukturasi, foydalaniladigan modulyasiya prinsipi
(DMT),
shuningdek,
protokollar
arxitekturasining
standartlashtirilganligidadir, shu sababli turli ishlab chiqaruvchilarning
qurilmalari o’zaro moslashuvchandir. ADSL avvaldan telefon abonent
juftliklarida foydalanishga mo’ljallangan edi.
Ushbu texnologiyaning muvaffaqiyati, asosan, oddiy telefon tarmog’i
va ADSL tarmog’ining samarali moslashtirish usuli bilan bog’liqdir. Shu
bilan birga, abonent tomonida shoxlantirgichlar (splitter) qo’llanilib,
ular an’anaviy telefoniyava ADSL yuqori chastotal isignallarni ajratadi.
5.4-rasm. HDSL texnologiyasining turli variantlari
Natijada ATS – telefoni ish holatini saqlab qoladi, shu bilan birga yana
bir modem – DSLAM aloqasi paydo bo’lib, u keng polosali kirishni
126
ta’minlaydi.
5.5-rasm. Telefon ulanishini ADSL ulanishiga o’zgartirish
Abonent kirish ulanishining namunaviy sxemasi asosida signallarni
uch diapazonga chastotali ajratish yotadi (5.6-rasm): an’anaviy telefon,
yuqori (abonentdan) va past ADSL liniyalari. Abonentlardan tarmoqqa
uzatiladigan ma’lumotlar hajmi kamligi sababli, ma’lumotlarni liniya
bo’ylab yuqoriga uzatish uchun kamroq chastota diapazoni talab
qilinadi. ADSL texnologiyasining birinchi versiyasida 1,1 Mgs gacha
umumiy diapazondan foydalanish nazarda tutilgan edi, ammo ADSL2+
standartining
yangi
versiyalarida
diapazon
2,2
Mgs
gacha
kengaytirilgan.
127
5.6-rasm. Telefoniya va ADSL signallarini uzatishga mo’ljallangan
chastota diapazonlari
ADSL texnologiyasining yana bir afzalliklaridan biri ADSL
segmentlarini NGNning boshqa tizimlari bilan moslashuvchanligini
ta’minlovchi
protokollarning
standartlashtirilgan
stekidir.
ADSL
texnologiyasi faqatgina fizik va kanal sathi bilan chegaralanmaydi, balki
ma’lumotlarni foydalanuvchining oxirgi qurilmasidan (CPE) ya’ni
kompyuterdan Internet-provayderning serverigacha (ISP) o’zgartirilishiga
ta’sir qiladi.
5.7-rasmda ma’lumotlarni abonentdan tarmoqqa uzatish jarayonida
qatnashuvchi turli qurilmalar zanjiri keltirilgan, xususan, Internet
tarmog’i va protokollarning o’zaro aloqadorligining ko’p uchraydigan
sxemasi. Foydalanuvchi ma’lumotlari so’rovlar ko’rinishida Internet
tarmog’ida qo’llaniladigan NTTR yuqori sath protokoli bo’yicha
uzatiladi.
Ma’lumotlarni uzatish uchun NTTR kadrlari TCP/IP transport
kadrlariga o’rnatiladi va ADSL modemiga uzatiladi. Buning uchun turli
almashinuv interfeyslaridan foydalaniladi, asosan, - Ethernet yoki USB.
128
ADSL modemining roli shundan iboratki, u foydalanuvchi
ma’lumotlarini ADSL orqali uzatish uchun qulay bo’ladigan formatga
o’zgartirishga xizmat qiladi. Modem yuqori sath ma’lumotlari bilan
ishlamaydi, uning uchun faqat TCP/IP kadrlari mavjud. Kadrlarni
abonent kirish zanjiri orqali uzatish uchun modem to’rt sathli ADSL
strukturasini shakllantiradi va u o’z ichiga ADSL protokolining fizik
sathini, ATM asosidagi kanal sathini, kanalni nuqta-nuqta rejimida
bog’langanligini nazorat qilish uchun PPP sathini va TCP/IP ni oladi.
Modemda modulyasiyalangan signal sifatida shakllangan ADSL
kadrlari uzatishda foydalaniladigan telefon liniyasiga kelib tushadi va
DSLAM ga uzatiladi. Odatda, bitta DSLAM ga bir necha (ba’zida bir
necha yuz) ulangan modemlar to’g’ri keladi. NGN
zamonaviy
konsepsiyasida ATM texnologiyasi faqat xizmat sifatida saqlangan va
ATM yacheykalari TCP/IP asosida ma’lumotlarga o’zgartiriladi. Buning
uchun abonent kirish zanjiri tarkibiga uzoqlashtirilgan keng polosali kirish
serveri BRAS (Broadband Remote Access Server) kiritilgan. Bu qurilma
keng
polosali
kirish
intellektual
boshqaruv
uchun
oxirgi
IP
marshrutizatoridir. BRAS paketli trafik ma’lumotlarini uzatish kanali
sathida
ADSL
foydalanuvchilaridan
kelib
tushayotgan
trafik
parametrlarini boshqarish imkonini beradi. Masalan, foydalanuvchidan
tarmoqqa ma’lumotlarni uzatish tezligini tartibga solish BRAS orqali
amalga oshiriladi.
Hozirgi vaqtda DSL kirish tarmoqlari operatorlari to’g’ri va teskari
trafikni cheklash uchun ATM kirish tugunlarida tezliklarning muqim
profillaridan foydalanilib, buni BRASsiz realizatsiya qilish mumkin.
Ammo moslashtiriladigan o’tkazuvchanlik qobiliyatini taqdim qilish
129
uchun nozikroq sozlanadigan mexanizmlar kerak bo’ladi va bunday
funksiyalarni oxirgi multipleksorsiz realizatsiya qilish murakkab.
5.7-rasm. ADSL da protokollarni o’zgartirish arxitekturasi
ADSL texnologiyasining rivojlanishi turli funksiyalarni bajaruvchi
to’rtta texnologiyalar oilasining paydo bo’lishiga olib keldi: ADSL,
ADSL2, ADSL2 +RE-ADSL2. ADSL texnologiyasida quyi liniya
bo’ylab maksimal uzatish polosasi 8 Mbit/s ga teng bo’lib, Triple Play
tizimlarining minimal talab qilingan tezligi 24 Mbit/s ni tashqil qiladi.
Shu sababli standartlar modifikatsiya qilingan. Bir necha yangi algoritmlar
ADSL
strukturasini
optimallashtirish
va
texnologiyaning
texnik
ko’rsatkichlarini yaxshilash imkonini berdi. Shu tarzda ADSL2
texnologiyasi paydo bo’ldi.
130
Keyin ushbu texnologiya umuman boshqa-boshqa vazifalarni
bajarish uchun karkas sifatida foydalanilgan. Bir tomondan, katta
bo’lmagan masofalarda uzatish tezligini oshirish talab qilinib, shu
tezlikning
o’zida
katta
liniyalarda
keng
polosali
kirishning
shovqinbardoshligini
oshirish
kerak
edi
va
bu
RE-ADSL2
texnologiyasining paydo bo’lishiga olib keldi.
5.8-rasm. ADSL texnologiyalari oilasining uzatish tezliklarini
taqqoslanishi
Ko’rib chiqilgan 5.8-rasmda, ADSLning 4 ta texnologiyasi uchun
keng polosali kirishning
abonent liniyasi uzunligiga bog’liqligi
keltirilgan. Rasmdan ko’rinib turibdiki, ushbu texnologiyalar uchun bir
necha kritik nuqtalar mavjud. Birinchi nuqta 2,5 km uzunlikdagi abonent
juftligiga muvofiq keladi. Uzunroq liniyalarda ADSL2+ va ADSL2
texnologiyalari o’rtasidagi farq ko’zga yaqqol tashlanadi. 5 km gacha
uzunlikda barcha texnologiyalar teng kuchlidir va keyin RE-ADSL2
texnologiyasining afzalligi ko’rinadi.
Dostları ilə paylaş: |