11.2.
Keyingi avlod konvergent tarmoqlarining
xizmatlarini boshqarish pog’onasi
NGN (Next Geniration Network) - keyingi avlod tarmoqlari.
NGN konsepsiyasi turli ma’no kasb etadi:
-
NGN deyilganda kommutatsiyaning yangi prinsiplarini,
birlamchi tarmoqlarda yangi MPLS, OSPF, BGP transport
texnologiyalariga o’tishni, kirish tarmoqlarida keng polosali
kirish tizimlari tushuniladi;
-
NGN tarmoqlari – bu raqamli aloqa rivojlanishi bosqichida
277
paydo bo’lgan texnik echim bo’lib, bunda ma’lumotlar trafigi
nutq
trafigidan
muximroq,
kompyuterlar
esa
telefon
apparatlaridan muximroq bo’lib qoldi. NGN g’oyasining paydo
bo’lishiga sabab
– xozirda foydalanishda mavjud raqamli kommutatsiya
stansiyalarning xayot sikli tamomlanishi yaqinlashuvidir. NGN
prinsipi
turlicha
shakllantiriladi,
umumlashgan
xolda
NGNning quyidagi beshta xarakterli xususiyatlarini ko’rsatish
mumkin:
-
barcha
turdagi
axborotlarni
uzatish
uchun
transport
tarmog’ida paketli texnologiyalarga o’tish;
-
an’anaviy (funksional yo’naltirilgan) telefon stansiyalardagi
kommutatsiya
tizimidan
farqlanadigan,
taqsimlangan
arxitekturali kommutatsiya tizimini qo’llash;
-
xizmatlarni qo’llashga tegishli funksiyalarni, kommutatsiya
va uzatishdan ajratish;
-
istalgan
foydalanuvchi
uchun
keng
polosali
kirish
imkoniyatini ta’minlash;
-
Web texnologiyalari hisobiga ekspluatatsion boshqarish
funksiyalarini amalga oshirish.
Siemens kompaniyasi NGN konsepsiyasi uchun quyidagi
‘formulani’ taklif etgan: 80 - 60 -20. Bu sonlar quyidagicha
izoxlanadi:
-
NGN tarmoqlari, mavjud tarmoqlarga nisbatan, 80% kam
elementlardan tarkib topadi;
-
NGN tarmoqlari, infokommunikatsion tizimni yaratish uchun
278
zarur bo’lgan xarajatlarni, 60% ga kamaytiradi;
-
NGN tarmoqlari operatorning daromadini 20% ga orttirish
qobiliyatiga
ega.
Media
– shlyuz axborot oqimini
o’zgartiradi, RTP (Real- Time Transport Protocol)-oqim IKM
oqimga o’zgartiriladi.
Media – shlyuz Softswitch nomi bilan ma’lum MGC
kontroller orqali boshqariladi. Kontrollerlar o’zaro bog’lanishi
mumkin (MGC/MGC).
Kontroller
intellektual
ma’lumotlar
bazasi
(Intelligent
Database – ID) bilan o’zaro bog’lanishi mumkin. SG/MGC,
interfeys ID/SG interfeyslar. IT xizmatlarini qo’llash uchun INAP
amaliy protokoli qo’llanadi.NGN tarmog’i uchun bir qator
protokollar ishlab chiqilgan. Asosiylari:
1.
H.323 protokoli. Paketli tarmoq bo’yicha ulanishni o’rnatish
va tovush va video trafigini uzatishni ta’minlash.
2.
Session Initiation Protocol (SIP) protokoli. Uning yordamida
IP- tarmoq bo’yicha multimediali sessiyalarni yoki chaqiriqlarni
o’rnatish, o’zgartirish va tamomlash operatsiyalari amalga oshiriladi.
3.
Media Gateway Control Protocol (MGCP) protokoli. MG
shlyuzlarni boshqarishda ishlatiladi.
4.
MEGACO/H.248 protokol. Bu protokol media-shlyuzlarni
boshqarishda ishlatiladi.
5.
Signalling Transport (SIGTRAN)
protokoli. IP-tarmoq
bo’yicha signalli axborotni uzatuvchi protokollar to’plamidir. U
shlyuzlarning ikala turida va Softswitchda qo’llanadi.
|