235
XХIX-BOB. 1970- YILLAR – 1990-YILLAR BOSHI
INSTITUTSIONALIZMI
29.1. P. Druker iqtisodiy bilimlar kontseptsiyasi
1970-1980-yillar davomidagi institutsional nazariyalar asosiy e`tiborini
yuqorida aytib o`tilganidek iqtisodiyotda yuz berayotgan o`zgarishlar tahliliga
qaratgan, zero bu o`zgarishlar ilmiy - texnik progress, ishlab chiqarish tuzilishidagi
o`zgarishlarning, xizmat ko`rsatish sohasi va axborot bozori rivojlanishi,
globalizatsiya jarayonlari bilan bog`liq. Mazkur davr institutsional nazariyalarining
1940-1960-yillar nazariyasidan asosiy farqi Shundaki, ularning ko`pchiligi
e`tiborlarini iqtisodiyotda amal qilayotgan yirik korporatsiyalar roliga nisbatan
qarashlarni o`zgarishidir. Institutsionalistlardan bir qismining xulosa qilishicha,
kelajakda mamlakatlar iqtisodiyotida asosiy rolni kichik biznes o`ynaydi;
institutsionalistlarning boshqa qismi esa zamonaviy iqtisodiy
tizim asosini gigant
firmalar tashkil etishini tan olgan holda, bunday tizim rivojlanishi istiqboliga
nisbatan munosabatini optimistik jihatidan pessimistik jihatga o`zgartirdi.
Zamonaviy
iqtisodiyot
tuzilishidagi
o`zgarishlar
tadqiqoti
bilan
Shug`ullangan institutsionalistlardan biri P. Drukerdir. 1969 yilda, uning «Asta -
sekinlik tanaffusi davri» deb nomlangan kitobi nashr etilib, unda muallif
zamonaviy iqtisodiyotda markaziy rolni qaysi resurs o`ynashi haqidagi masalani
ko`targan. Bilimlar iqtisodiyoti tushunchasini kiritgan holda P. Druker na moddiy
resurslar,
na moliyaviy resurslar, va hattoki na boshqaruv resusrlari ishlab
chiqarish yetakchi omillari bo`la olmaydi deb ta`kidlaydi. Zamonaviy iqtisodiyot
faqatgina axborotga, uning yaratilishiga va tarqatilishiga asoslangan. Aynan,
bilimlarning mavjudligi yoki mavjud emasligi, firmalar ishlab chiqarish va
raqobatbardoshliligini belgilaydi.
Bilim iqtisodiyoti, tuzilmaviy o`zgarishlarni
talab etadi. Rejalashtirishga asoslangan yirik institutlar yoki byurokratiya
tomonidan boshqarilayotgan hukumat iqtisodiyot samarasiz bo`ladi, zero uning
asosida innovatsiyalar bo`lmaydi. Innovatsiyalarni esa, faqatgina xususiy kichik
tadbirkorlik amalga oshirishi mumkin. O`z kontseptsiyasi doirasida, P. Druker
Y.Shumpeter nazariyasiga ko`pchilik jihatidan
mos tushadigan tadbirkorlik
nazariyasini ilgari suradi. U innovatsiyalarni uzoq vaqt tadbiq jarayonini va yirik
kapital kiritmalarini Yangi texnologiyalar bilan bog`lamaydi, zero bunga faqatgina
yirik korporatsiyalargina qodir bo`ladi (Dj. Gelbreyt nazariyasi). P. Druker
fikricha, innovatsiyalar birinchi navbatda biznes tashkillashtirilishining Yangi
shakllari bo`lib, bunda ham tashqi (Yangi bozorlar, tovarlarning Yangicha tarzda
qo`llanilishi), ham ichki tashkiliylik tushuniladi.
P.
Drukerning fikricha, zamonaviy iqtisodiyot asosida xususiy tadbirkor
yotadi, u tashabbuskor va tavakkal qilishga qodir bo`ladi.
236
Uning zimmasida, iqtisodiyotning asta-sekin rivojlanishiga barxam berish,
portlatish va uni Yangi sifat darajadagi rivojlanishga ko`tarish kiradi.
Korporatsiyalar esa, mohiyatan rejaviy tuzilma bo`lib, ular innovatsion jarayon
asoslarini yo`qotadi.
Shu sababli iqtisodiyot rivojlanishi uchun ishlab chiqarish detsentralizatsiyasi
kichik xususiy tadbirkorlikning qayta tug`ilishi, hamda yirik korporatsiyalarning
isloh etish zarur. P. Drukerning fikricha, mazkur
tuzilmalar samaradorligini
oshirish
uchun,
kompaniya
doirasida
qaror
qabul
qilish
jarayonini
dejitralizatsiyalash zarur. Shu bilan birgalikda, firmaning malakasiga muvofiq
alohida a`zolariga qo`shimcha vakolat va majburiyatlarni maksimal darajada
taqdim etib, ularni maksimal darajada boshqaruv jarayoniga jalb etish lozim.
Bularning barchasi ichki tadbirkorlik rivojlanishiga olib kelib, oqibatda ushbu
mazkur tuzilmalar doirasida innovatsion jarayonni tiriltirish imkoniyatini beradi.
P. Druker hukumat tadbirkorligiga tanqidiy munosabat bildiradi.
Uning fikricha,
faqatgina xususiy biznes, iqtisodiyot rivojlanishini ta`minlashi, hukumat esa o`z
byurokratiyasi bilan, resurslarni samarasiz tarzda sarf etib, Yangiliklarni tadbiq
etilishi uchun, to`sqinliklar yaratadi. P. Druker nazariyasi, tasodifiy bozor
samaradorligi va xususiy manfaatga asoslangan erkin tadbirkorlik samaradorligiga
ishonchda qurilgan. Siyosat bilan bog`liq istalgan tuzilishlar sirasiga P. Druker
kasaba uyushmalari va siyosiy partiyalarni kiritib, ular xususiy biznesga aralashish
orqali, iqtisodiy jarayonga xalaqit berishadi.
Shu sababli, P. Druker zamonaviy
davlat oldida turgan ikki vazifani ajratadi:
Dostları ilə paylaş: