b o ‘lishi kerak, bilish bilinadigan
chegaradan nariga chiqolm aydi,
bilishdan tashqarida bilish uchun hech narsa yo‘q. Bilish olam da mavjud
bo‘lgani holda olamni tushunib yetolmaydi. T o‘g‘ri, m atem atika, tabiiy
fanlardagi kabi universal bilish tevarak-atrofda hozir b o ‘lgan nim anidir
ilg ab olishi mumkin, lekin voqelikni hech qachon yaxlitligicha bila
olmaydi.
Insonning haqiqiy qadriyati u yaqin turgan
tur yoki xili bilan emas,
balki o ‘zgartirib va almashtirib b o ‘lmaydigan tarixan yakkaligi bilan
bogMiq. H ar qanday alohida insonning qadriyati muayyan odamlarga
u m u m iy in s o n iy m e zo n n i s h a k lla n tir is h d a b ir - b i r i n i o ‘z a ro
almashtiradigan material sifatida qaralmaganidagina daxlsiz b o ‘ladi.
Barcha odamlarning tengligi g ‘oyasi butunlay noto‘g ‘ri. Zero, gap
odam larning ruhiy tadqiqotga b o ‘y beradigan mavjudot sifatidagi fe’l-
atvori va qobiliyati haqida bormoqda. Am m o bu ijtimoiy voqe sifatida
ham to ‘g‘ri emas, nari borganda, odam lar qonun oldida teng imkoniyat
va teng huquqqa ega bo‘lishIari mum kin.
Mohiyat jihatidan barcha
odamlarning tengligi faqat va faqat ularning har biriga, erkinlikdan
kelib chiqqan holda, axloqiy hayot orqali Xudoga y o i ochiladigan
te ra n lik d a m a v ju d d ir. Bu in s o n iy b ilim b ila n o ‘r n a tilib va
obyektivlashtirib bo‘lmaydigan qadriyatlar tengligi, abadiy ruh sifatidagi
yakkaliklar qadriyatlari tengligidir. Bu insonga jannat yoki d o ‘zaxdan
joy
karomat qiluvchi tenglik, d a ’vo va abadiy hukm tengligidir. Bu
tenglik insonni faqat vosita deb qarashga yo‘l qo'ymaydigan, balki unga
birdan-bir maqsad sifatida munosabat qilishni talab etadigan, har bir
insonga hurm at-ehtirom ni anglatadigan tenglikdir.
Insonning ekzistensiya tarzida o ‘z erkini — transtendensiya n e ’matini
ко rishi muhimdir. 0 ‘shanda inson borlig‘ining erki transtendensiya
rahbarligida uning barcha imkoniyatlari moyasiga aylanadi; ana shu
transtendensiya — Yakkayu Yagonaning sharofati bilan inson o ‘z xususiy
y ak k alig ig a e rish ad i. Bu r a h b a rlik d u n y o d ag i b a r c h a b o sh q a
rahbarliklardan
ajralib turadi, chunki u obyektiv, bir m a’noli b o ‘la
olm aydi; u insonning to ‘la erkinligiga m os tushadi, zero, u o ‘z
e tiqodining erki bilangina yuzaga chiqadi. Tangri d a’vati a n ’analar va
tevarak-atrofdagi dunyoga yuz ochgan yakka inson uchun xuddi o ‘z
e tiqodi sifatida yangraydi. G archand inson Xudo nimani xohlayotganini
bilishda obyektiv kafolatga ega b o ‘lm asa-da, o ‘z ichki teranligidan kelib
chiqib, qaror qabul qilar ekan, u Tangri irodasiga bo‘ysundim , deb
hisoblaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Xudoning rahnamoligi insonning o‘z faoliyati haqidagi mulohazasi
orqali amalga oshadi. Bunday mulohaza kishini harakatdan to xtatadi,
harakatga undaydi, xatolarini tuzatib turadi. Biroq, aslida,
inson hech
qachon butunlay va faqat o ‘z mulohazalariga suyanishi mumkin emas.
Unga boshqalarning m ulohazalari ham zarur. G archand bam a ni
kishilarning mulohazalari bu hayotda inson erisha oladigan yagona
yo‘llanma esa-da, biroq u oxir-oqibatda hal qiluvchi omil bo‘la olmaydi.
Xudoning hukmigina hal qiluvchi xususiyatga ega. Ammo insonda,
haqiqatan ham bu men o ‘zimmanmi, eshitgan da’vatim rostdan ham
asl m anbadan kelyaptimi, degan xavotir hech qachon yo‘qolmaydi.
Ana shu xavfni anglash o ‘sib boruvchi erkinlikning
zamondagi sharti
bo‘lib qolaveradi: «U ishonchning qat’iyligini inkor etadi, о z fikrini
ham m a uchun talab darajasida umumlashtirishni taqiqlaydi va shu bilan
aqidaparastlikka yo‘l qo'ym aydi»1. Zero, o'ziga to ‘liq ishonch man
etiladi. Haqlikka mutlaq ishonch, kibr olamiy haqiqatni yo‘qotishga
xizmat qiladi. Shunday qilib, Xudoning da’vati
zam onda insonning
o ‘zi haqidagi fikri sifatida ifodalanishi mumkin. Lekin u d a’vatni faqat
oliy, ulug‘vor holatlardagina eshitishi mumkin. Biz ana shu holatlardan
kelib chiqib, ana shu holatlarga intilib yashaymiz.
Xulosa qilib aytganda, Karl Yaspers qarashlarida an’anaviy m a’naviy
merosni egallash inson axloqiyligi darajasini belgilovchi omil sifatida
namoyon bo ‘ladi.
E kzistensiyachilik axloqshunosligining eng k o ‘zga ко ringan
n am o y an d ala rid an yana biri J a n -P o l S a rtrd ir (1905—1980). U
ekzistensiyachilikning dahriylik yo‘nalishiga mansub faylasuf, yozuvchi,
siyosatshunos sifatida mashhur.
Sartrning fikriga ko‘ra, inson eng awalo,
subyektiv kechinmalar
orqali yaralgan loyihadir. Bu loyihagacha hech narsa mavjud emas, aql
bovar qiladigan samovotda hech narsa yo‘q; borlig‘ining loyihasi qanaqa
b o ‘lsa, inson ham shunaqa. Agar mavjud b o ‘lish haqiqatan ham
mohiyatdan aw al tursa, unda inson o ‘zining borligi uchun mas uldir.
S hunday qilib, ekzistensiyachilik, birinchi navbatda,
har qanday
insonning hukmiga uning borligini havola qiladi va mavjudligi uchun
to ‘liq mas’uliyatni uning o ‘ziga yuklaydi.
Bu borada fikr yuritib, Sartr shunday deb yozadi: «Biroq biz insonni
mas’uldir, deganimizda, bu — faqat uning o ‘z shaxsiyatigagina javobgar,
Dostları ilə paylaş: