qilmoqchi yoki kamsitmoqchi emas: bu achchiq gaplar xalq dardida
o‘rtangan mutafakkirning alamli fikrlaridir. Abay odamlarning torlashib,
maydalashib ketayotganidan, yerdagi o ‘z insoniy vazifasi va mas’uliyatini
bajarmayotganidan g‘azablanadi: «Suqrotga og‘u bergan, Ionna Arkni
olovga tashlagan,
Isoni dorga osib, Payg‘ambarimiz salallohu alayhi
vassallamni tuyaning o‘limtigiga ko‘mgan kim? Xalq! Shunday bo lgach,
xalqda aql yo‘q. Yo‘lini top-da, xalqqa rahnamolik qil»1.
Ko‘rinib turibdiki, buyuk qozoq mutafakkirining
axloqiy ideali -
xalqqa rahnamolik qila biladigan odam. Albatta, u alo odam emas,
lekin alo odam vazifasini ma’lum m a’noda bajara oladigan inson. Bunday
insonni tarbiyalab voyaga yetkazish, lozim bo‘lsa, yaratish (m a
naviy
jihatdan) mumkin: «Odam onadan aqlli bo‘lib tug‘ilmaydi, — deydi
Abay, — balki tug‘ilganidan keyin, dunyoda nima yaxshi, nima yomon
ekanligini eshitib, ko‘rib, ushlab, topib, zehn qo‘yib aqlli b o ‘ladi».
Boshqa bir o ‘rinda esa,
mutafakkir, mana bunday deydi: «Agar davlat
mening qo‘limda b o ‘lganida, inson farzandini tuzatib bo lmaydi, degan
od am ning tilin i kesib ta sh la rd im ...» 2. Bu fikrlar Abay axloqiy
qarashlarining insonga ishonch va hayotbaxsh nigilizmga asoslanganini
ta ’kidlab turadi.
Shunday qilib, Abay tug‘ma axloqiylikni
butunlay inkor etmasa-da,
insonning axloqiy darajasi tarbiya bilan bog‘liqligini qat’iy uqtiradi.
Ayni paytda tarbiyaga va axloqiy darajaga muayyan ijtimoiy muhitning,
zamonning ta ’sirini asosiy sababchi deb biladi: «Inson bolasini zamona
parvarish qiladi, kim da-kim yomon b o ‘lsa, ayb zamondoshlarida»,
deydi faylasuf-shoir3. Uning haqligini insonni axloqiy-ma’naviy jihatdan
anchagina tubanlashtirib, uni e ’tiqodsizlik,
yolg onchilik kasaliga
m ubtalo qilib q o ‘ygan m u stam lakachilik va, ayniqsa, s h o ‘rolar
zamonasining salbiy ta ’sirida yaqqol ko'rishimiz mumkin.
Abayning hayo, uyat, insof, oqillik, adolat singari fazilatlar va
maqtanchoqlik, oliftagarchilik, kerilish, yolg‘onchilik,
ochko zlik kabi
illatlar haqidagi fikrlari ham diqqatga sazovor. Chunonchi, u uyat
tushunchasini ikki xil m a’noga ega ekanligini aytadi. Birinchisi, odam
o ‘zi uyat bo ‘larlik
ish qilmaydi, lekin o ‘zganing uyatli ishidan uyaladi.
Dostları ilə paylaş: