1 LA. Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. Т ., « 0 ‘zbekiston» 1996 37 -
38-b.
2 A. Avloniy. Tanlangan asarlar, 2 jildlik, 2-jild. Т ., «M a’naviyat», 2006, 55-b.
www.ziyouz.com kutubxonasi
fazilatlarni ham alohida e ’tibor bilan nazariy-amaliy tahlildan о tkazadi,
o ‘quvchiga iloji boricha qisqa va lo‘nda tarzda taqdim etishga intiladi.
Abdulla Avloniy o ‘z risolasida «yomon xulqlar»ga — illatlar tahliliga
katta o‘rin ajratadi. Millat taraqqiyotiga eng kuchli to ‘siq bo ladigan
illatlardan biri sifatida allom ajaholatni keltiradi, jaholatni insoniyatning
eng zo‘r dushmani va yomon xulqlarning boshlig‘i, deb ta ’riflaydi.
Avloniy g ‘azab, shahvat, hasad, kizb, tam a singari illatlarga ham
atroflicha to'xtaladi.
S hunisi diqqatga sazovorki, A bdulla A vloniy axloqshunosiik
tushunchalarining faqat pedagogik emas, balki ham falsafiy, ham badiiy
jihatdan talqinini beradi. C hunonchi, u muayyan axloqshunosiik
tushunchasi yoki axloqiy m e’yorning sodda, lo‘nda ta ’rifmi taqdim
etar ekan, ba’zi hollarda Suqrot, Aflotun, Arastu, Ibn Sino singari
hakimlaming fikrlarini isbot tarzida keltirsa, goho ularni nazmiy tizmalar
bilan o ‘quvchiga yetkazishga harakat qiladi.
U m um an olganda, Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston yoxud
axloq» risolasi XX asr Turkiston axloqiy tafakkurida salmoqli о rinni
egallaydigan, ham nazariy, ham amaliy axloq muammolarini falsafiy
va pedagogik yondashuv orqali hal etishga bag‘ishlangan yirik asardir.
Abdurauf Fitrat.
Turkiston m a’rifatchilari axloqshunosligida tom
m a’nodagi milliy qahram onim iz Abdurauf Fitratning (1884—1938)
«Najot yo‘li» («Rahbari najot») asari va, ayniqsa, «Oila yoki oila
boshqarish tartiblari» (1914) kitobi alohida o ‘rin tutadi. Awalo, shuni
aytish kerakki, «Oila» o‘zgacha bir shiddatli uslub bilan yozilgan. U nda
ham tanqidiy ruh, ham d a’vat ruhi kuchli. Fitrat ona-Turkistonni ozod
ko‘rishni istaydi, buning uchun har bir turkistonlik oila, axloq, a mol
va erk o ‘chog‘i bo‘lmog‘i lozim. Mutafakkir yangi oilani ana shu tartibda
qurishga d a’vat etadi. H ar jihatdan sog‘lom boMgan oila yetishtirgan
farzandlargina m illatni yuksakka ko‘tara olishini, uni istibdoddan
qutqarishini aytadi: «Bu dunyo kurash maydonidir. Bu maydonning
quroli sog‘lom jismu tan, aql va axloqdir. Lekin ana shu qurol-aslahamiz
sinib, zang bosib chirib ketgan. Shunday qurollar bilan bu dunyoda
bizga na saodat va na rohat bor...», — deydi alam bilan Fitrat1.
Vatanparvarlik va millatparvarlik tamoyillaridan kelib chiqib, m uallif
kitobning birinchi qismiga, m a’lum m a’noda m e’yoriy dasturilamal
www.ziyouz.com kutubxonasi
tarzida tartib beradi. U ndan har bir yangi oila qurm oqchi b o ‘lgan
turkistonlik kichik hajmdagi axloqiy-m aishiy, gigiyenik-salom atlik
qomusi sifatida foydalanishi mumkin edi. Bundan tashqari, asarda
oilaning moddiy tom onlari, tashkil topgandan boshlab, buzilishigacha
bo‘lgan holatlarning axloqiy asoslari to ‘g‘risida ham to ‘xtalib o ‘tadi.
Kitobning ikkinchi qismi farzand tarbiyasiga bag‘ishlangan. Fitrat
ham tarbiyani a n ’anaviy yo‘nalishda talqin etadi: jism oniy tarbiya, aqliy
tarbiya va axloqiy tarbiya. Ana shu uch tarbiya uyg‘unligida haqiqiy
inson kamol topadi, deb hisoblaydi muallif. Kitobning bu qismida Fitrat,
m a’lum m a’noda, o ‘ziga xos axloqiy tarbiya nazariyasini taqdim qiladi.
U ixtiyor erkinligi m uam m osini mayl tushunchasi orqali o ‘rtaga
tashlaydi: baxt mayli, faoliyat mayli, aloqa mayli, boshqalarga m ehr-
muhabbat mayli va h.k. Bularning ham m asida ham insonni jamiyat
a ’zosi sifatida, ijtimoiy mavjudot sifatida olib qaraydi. Shuningdek, u
izzat-nafs, ayniqsa, iroda masalasiga alohida to ‘xtalib o ‘tadi. «Iroda va
ixtiyor» sarlavhasi ostidagi kichik bobda Fitrat farzandni irodali qilib
tarbiyalashga da’vat etadi, iroda tarbiyasining to ‘rt banddan iborat qoida-
bosqichlarini taklif etadi. Bolani irodali qilib tarbiyalashda ota-onaning
zo‘ri emas, balki bolaga beriladigan muayyan erkinlik m uhim ekanini
ta ’kidlaydi. «O ta-onalarning haq-huquqlari» bobida ham balog‘atga
yetgan farzandning erkinlik darajasi haqida flkr yuritiladi.
Umuman olganda, Fitratning «Oila» kitobida am aliy axloq bilan
axloq nazariyasi m uam m olari u y g 'u n lash ib ketgan. Lekin unda
pedagogik-didaktik uslub emas, jangovar chorlov uslubi ustun. Fitrat
uchun yuksak axloqiylik erk va erksevarlik bilan m ustahkam bog‘liq;
Turkiston va turkistonlikni ozod ko‘rish, ya’ni, milliy g ‘oya, milliy
mustaqillik mafkurasi kitobning ruhiga singdirib yuborilgan. U ni o ‘qigan
kishi nafaqat axloqiy fazilatlar nim alardan iborat va ularga qanday
erishish kerakligini, balki, milliy ozodlik, shaxsiy erkinlik nim a-yu, uni
qanday qilib q o ‘lga kiritish m um kinligini anglab oladi. Shu bois
mutafakkir-jadid A bdurauf Fitratning «Oila» asari T urkiston milliy
Uyg‘onishida benihoya katta rol o ‘ynadi, deyish m um kin. Ayni paytda
u hozir ham o ‘z ahamiyatini yo‘qotm agan ajoyib axloqiy-m a’rifiy risola
sifatida alohida e ’tiborga molik.
XIX
asr oxiri va XX asr boshlarida ayollam ing ilmli, har jihatdan
yuksak axloq-odob egasi bo‘lishlari uchun ziyolilar orasida jiddiy harakat
avj oldi. Zero, oiladagi bola tarbiyasi, ya’ni yosh avlod tarbiyasi asosan
onalar qo‘lida ekani ham maga ayon b o ‘lib qolgan edi. T a ’kidlash joizki,
www.ziyouz.com kutubxonasi
ilg‘or, ziyoli ayollar nafaqat qizlar maktablarini ochib, maktabdorlik
qilish, balki axloqiy-tarbiyaviy risolalar yozish yo‘li bilan ham bo‘lajak
ziyoli onalami voyaga yetkazishga hissa qo'shdilar. Shu jihatdan Olimat
ul-Banotning Sankt-Peterburgda 1898 va 1899-yillarda ikki marta nashr
etilgan «Muosharat odobi» («Turmush odobi») asari o ‘z vaqtida katta
aham iyatga ega b o ‘ldi. «Agar xotun o‘qigan b o ‘lsa, o'zining kim
ekanligini, vazifasi nim adan iborat ekanligini shak-shubhasiz biladi.
Bolalarini esa go'zal tarbiya qiladi, eri bilan yaxshi muomalada bo‘ladi
va nihoyat Alloh taoloning amriga muvofiq hayot kechiradi», — deydi
risola muallifi1. Unda ayollarning turmushdagi o ‘rni, oilaviy vazifalari,
er-xotin orasidagi munosabatlar, bolalar tarbiyasi, uy tutish, nikoh va
muhabbat borasida fikrlar bildiriladi. Ayni paytda uy xizmatchilariga
munosabatda insof va adolat yuzasidan, ularning ham uy egalariga
o ‘xshash inson ek an lik la rin i hisobga olib ish k o ‘rish lozim ligi
ta ’kidlanadi, turmushning oqilona uyushtirilishi uchun xizmat qiladigan
ibratli maslahatlar beriladi.
Boshqa bir tatar ziyoli ayoli Faxr ul-Banot Sibg‘atulloh qizining
sakson yetti saboqdan iborat «Oila saboqlari» (1913) risolasi esa
tarbiyaning turli tom onlarini birvarakay o‘z ichiga oladi. Axloqshunos
olim a o ‘z risolasini, xonim larga, qizlar maktabi shogirdlariga oila
vazifalari to ‘g‘risida foydali m a’lumotlar berishi bilan birga ular uchun
oson tushuniladigan axloq sabog‘i hamdir, deydi. U o‘n ikkinchi saboqda
tarbiyani «ilmli axloqning tani, negizi», deb ta ’riflaydi. Asar falsafiy
mushohadalardan ko‘ra ko'proq amaliy ko‘rsatmalardan iborat. Ayni
paytda unda ham m a’naviyatga, ham moddiyatga zamonaviy munosabat
masalasi o ‘rtaga tashlanadi, yuksak axloqli bolani voyaga yetkazishda
h ar ikki yo‘nalishdagi tarbiyaning muhimligi ta ’kidlanadi.
Dostları ilə paylaş: |