degan g'oyani ilgari suradi. U lar orasida ingliz tabiiyotshunosi Charlz
Darvin (1809-1882) fikrlari alohida e ’tiborga molik.
Darvin tabiiy turlarning tanlov yo‘Ii bilan kelib chiqishi haqidagi
evolutsion ta limotni yaratdi. U odam bilan odamsimon maymunlarning
qardoshligini isbotlashga u rindi, biroq u to ‘g ‘ridan to ‘g ‘ri odam
maymundan tarqalgan jonzot, degan fikrni aytgan emas. Shuningdek,
Darvin dahriy boMmagan, ham m a qatori nasroniylik qonun-qoidalariga
amal qilib yashagan. Buning ustiga uning o ‘zi
Kembrij universiteti
qoshidagi Iso kollejini tugatgan. Darvin taijim ai holi asosida roman
yozgan ingliz yozuvchisi Irving Stoun uning Xudoni inkor etmaganini
bir necha o ‘rinda ta ’kidlaydi. M ana shulardan biri: «M ening nazariyam
Xudoning borligini inkor etmaydi. Tabiat Uning qonunlariga bo‘ysunadi
xolos»1. Marks o'zining dahriycha qarashlarini isbotlash uchun undan
material so‘rab xat yozganida, Darvin unga rad javobini beradi2. Shunga
qaramay markschilar, Darvinning mohiyatini
tushunm aganlari holda,
uning nomini bayroq qilib, ta ’limotini o ‘z foydalariga soxtalashtirishga
tinimsiz harakat qildilar. Dahriycha qarashni Darvin nomi bilan bog‘lab
ish k o ‘rish yaqin-yaqingacha «sotsialistik lager» hududiga kirgan
m amlakatlarda rasmiy, davlat yondashuvi sifatida hukm surib keldi.
Totahtar tuzumga asoslangan bu davlatlar tanazzulga uchragach, yana
insonni Xudo yaratgan degan fikr ularda yetakchilik mavqeyini egalladi.
To g ri, bu о rinda Darvinning evolutsiya nazariyasi va Xudoning
olamni olti kunda yaratgani haqidagi diniy
aqida bir-biri bilan qanday
sig ishadi, degan savol tug‘iladi. G ap shundaki, m akon va zamonda
го у bergan, milliardlab yil davom etgan evolutsiya: nabotot - hayvonot
- odamzod doirasi makon va zam ondan tashqaridagi fazoviy,
Ilohiy
Vaqt nuqtayi nazaridan juda qisqa muddatda voqe bo'lishi mumkin.
Xudoning olti kuni o ‘z ichiga makon va zam onni sig‘dirgan Mutlaq
Vaqtga, evolutsiya nazariyasiga asos qilib olingan milliardlab yillar esa
- makon va zam on ichidagi nisbiy, insoniy vaqtga taalluqlidir.
Dostları ilə paylaş: