qaytadan
(ta’kid bizniki —
A .Sh.)
qaror topayotgan axloqiy
holatdir»1, degan so‘zlari o ‘sha davr xususiyatlarini aniq ko‘ra bilish
natijasida chiqarilgan obyektiv xulosa edi. Chunki, qonun himoyasidagi
kishilarning ko'pchiligi qonunbuzarlarga qarshi kurashish niqobi ostida
o ‘z shaxsiy m anfaatlari u c h u n q o n u n n i b u z ard ilar, ay n iq sa bu
iqtisodiyotda bank, hokimiyat va soliq tizimida yaqqol ko‘zga tashlanardi.
M asalan ing bu b ir to m o n i edi. Ik k in c h i to m o n i esa, x u su siy
tadbirkorlikning yo ‘lga q o ‘yilishi natijasida q o ‘sh tirn o q ich id ag i
«tadbirkorlik»ning, soliqqa tortilm agan yashirin korxonalarning ko‘plab
paydo bo‘lishiga olib keldi. Bulaming hammasi iqtisodiyotda axloqiylikni
tiklash, uni axloqiylashtirish m uam m osini o ‘rtaga tashladi. Z ero ,
axloqdan tashqaridagi iqtisodiyot mamlakatni ravnaqqa emas, tanazzulga
olib kelishi tabiiy holdir. Shu bois bu borada juda ko‘p ishlar qilindi.
Iqtisodiyotni axloqiylashtirishdagi eng muhim ishlardan biri keyingi
qator yillaming Respublika Prezidenti tashabbusi bilan muayyan ijtimoiy-
axloqiy yo‘nalishga bag‘ishlanishidir. C hunonchi muayyan yillam ing
«Ayollar yili», «O ila yili», « M e h r-m u ru w a t yili», « H o m iy lar va
shifokorlar yili», «Ijtimoiy him oya yili» kabi nomlanishi quruq gap
b o ‘lib qolgani yo‘q. U lar iqtisodiyotda «asta-sekin qaytadan q aro r
topayotgan axloqiy holat»ning yorqin misollari b o ‘ldi, davlat bilan
jamoatchilikning qo ‘lni-qo‘lga berib ishlashini ta ’minladi; aholining
badavlat qismiga ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni, shaxslami iqtisodiy
q o ‘llab-quwatlashga o ‘rgatdi. N atijada badavlat kishilarning m ulkka
www.ziyouz.com kutubxonasi
egalik huquqini poymol qilmagan holda, ularni m ehr-m uruwat, saxiylik,
jo‘mardlik kabi axloqiy tamoyillar va me’yorlar asosida boshqalarga
yordam ko‘rsatishlari jamiyatdagi odatiy holga aylana boshladi. Iqtisodiy
himoyaning bunday shaklini iqtisodiyotni axloqiy murvatlar yordamida
boshqarishning ajoyib namunasi deb atash mumkin.
Demak, axloq qonun bilan birgalikda, ba’zan esa qonunning kuchi
va qamrovi yetmaydigan holatlarda iqtisodiyot rivojlanishini ta minlay-
digan m a’naviy hodisadir. Faqat axloq bilan mustahkam aloqada bo lgan
iqtisodiyotgina haqiqiy taraqqiyot yo‘liga kira oladi.
Axloq va siyosat. Axloqning siyosat bilan aloqasi ham nihoyatda
qadirhiy, ilk davlat yuzaga kelgandan buyon mavjud. Masalan, aytib
o ‘tganim izdek, m iloddan avvalgi XVIII asrda Bobilon podshosi
Xammurapi tomonidan ishlab chiqilgan qonunlar majmui huquqiy hujjat
bo‘lsa-da, uning asosida axloqiy fazilat — adolatni barqaror etish yotadi.
Zero, Xammurapi bu qonunlarni mamlakatda haqiqat qilish, adolat
o ‘rnatish, yetim-yesirlar va beva-bechoralarga him m at, rahm-shafqat
ko‘rsatish maqsadida joriy etganini ta ’kidlaydi.
A xloqshunoslik tarixida axloq bilan siyosatning m unosabatlari
borasida ikki xil qarash mavjudligini ko‘rish mumkin. Ularning biriga
ko‘ra, siyosat axloqiy b o ‘lmog‘i lozim, ikkinchisiga binoan esa, siyosat
axloq bilan sig‘ishmaydi.
Birinchi qarash mohiyatan axloqni siyosatdan yuqori qo yadi. siyosat
axloqqa bo‘ysundirilishi shart. Boshqacha qilib aytganda, maqsadlar va
vositalar birligiga erishmoq lozim, ya’ni buyuk, pokiza ideallar faqat
axloqiy pok vositalar orqali amalga oshirilmog‘i kerak. Lekin, bunda
axloq siyosat vazifasini bajarmasligi lozim. Aks holda muayyan davlat
institutlarining, xususan, huquq-tartibot va harbiy idoralar singari
tashkilotlarning ishini ortiqcha darajada cheklab, ularni juda zaiflashtirib
q o ‘yish mumkin.
Ikkinchi qarash esa mohiyatan siyosatning axloq bilan hisoblashmas-
lig in i ta q o z o e ta d i. Bu q a ra s h ta ra fd o rla ri ax lo q n i siyosatga
b o ‘y su n d irish n i, u n d a n , k erak p ay tid a, ta m o m ila yuz о girish
lozimligini ta ’kidlaydilar. U lar nazdida, axloq buyuk ideallarga erishuv
yo‘lidagi bir g‘ov, jam iyatni umuminsoniy qadriyatlar bilan o ‘ralashtirib
q o ‘y a d i, k o ‘ngli b o ‘s h lik k a , su stk ash lik k a , p iro v a rd n a tija d a
boshboshdoqlikka olib keladi. Shu bois buyuk maqsadlarga tezroq
erishish uchun har qanday vositadan foydalanish mumkin. Zero, oxir-
oqibat erishilgan maqsad yo‘l qo‘yilgan razilliklar, qattolliklar, aldovlar
www.ziyouz.com kutubxonasi
va firiblarni yuvib ketadi. Bu usul orqali faqat vaqtinchalik g ‘alabaga
erishish mumkin. O qibatda esa bu g‘alaba nafaqat yo‘qqa chiqadi,
balki mag‘lubiyatga aylanadi. Misol tariqasida yana sho‘rolar tuzum iga
m urojaat qilish mumkin. Z o 'rlik , aldov va qatag‘onlar bilan xalqni
baxtli qilishga urinish, «xalq baxti» uchun m illionlab odam larning
yostig‘ini quritish evaziga erishilgan g ‘alaba o x ir-o q ib atd a buyuk
m ag‘lubiyat sifatida nihoya topdi.
Yuqorida keltirganimizdek, ulug‘ maqsadlarni iflos vositalar bilan
am alga oshirish o ‘sha m aqsadlam ing ham toza em asligini am alda
isbotlaydi. Endilikda sobiq Sho‘rolar Ittifoqi tarkibiga kirgan xalqlar
axloqsiz siyosat tufayli jahondan ajralib qolgani, yolg‘on, poraxo‘rlik,
ko‘zbo‘yamachilik bu mintaqalar uchun odatga aylanib ketgani ham maga
m a’lum. Bu illatlardan tozalash, qutulish uchun yana necha o ‘n yillar
kerak ekani ko‘zga ko'rinib turgan reallikdir. Demak, siyosatda axloqdan
ko‘z yumish uni axloqiylashtirishda yuzaga keladigan ba’zi nuqsonlardan
yuz bor, ming bor ko‘p va fojeiydir. Shu sababli o ‘z siyosatini tubdan
axloqiylashtirish — h ar b ir zam onaviy davlatning hozirgi kundagi
birlamchi vazifasi.
Axloq va san’at. Axloq bilan san’atning o ‘zaro aloqalari haqida gap
ketganda, eng aw alo, ularning et bilan tirnoq tarzidagi yaqinlikka ega
ekanini ta ’kidlamoq lozim. C hunki har bir haqiqiy san’at asarida asosiy
ziddiyat sifatida ezgulik bilan yovuzlikning kurashi in ’ikos etad i,
insonparvarlik, haqiqatgo'ylik, to ‘g ‘rilik, adolat, m uhabbat, sadoqat
singari fazilatlar tarannum etiladi, taqdir, o ‘lim va o ‘lmaslik, hayotning
mazmuni, baxtga erishish singari muammolar o'rtaga tashlanadi. Axloqiy
ideal muammosi esa har b ir badiiy asarning shohtom iri hisoblanadi.
M asalan, Alisher Navoiyning Farhodi, Shirini, Shekspim ing R om eosi,
Julettasi, Oybekning Navoiysi m azkur mualliflar asarlaridagi axloqiy
ideallardir. Ularsiz Navoiy, Shekspir va Oybek asarlarini ta sa w u r qilish
mumkin emas.
Shunisi ham borki, b a’zi san’at asarlarida axloqiy idealga duch
kelmaydi kishi, hatto biror-bir ijobiy qahram onni ham uchratm aydi —
asar boshdan-oyoq salbiy badiiy qiyofalar turish-turmushini aks ettirishga
bag‘ishlanadi. Bunday badiiy qiyofalarni m uallif o ‘z zam onasi erishgan
axloqiy daraja nuqtayi n azarid an turib yaratadi. M isol tariq asid a
Bayronning «Верро» dostonini, Gogolning « 0 ‘lik jonlar», Zavqiyning
«Hajvi ahli rasta», Abdulla Qodiriyning «Kalvak m axzum ning xotira
d afta rid an » a sa rla rin i k e ltirish m u m k in . Bu a s a rla rd a a x lo q iy
www.ziyouz.com kutubxonasi
muammolar, yuksak axloqiylik masalasi awalgi misollardagidek bevosita
emas, balki bilvosita — satirik usul orqali o ‘rtaga tashlanadi.
Bundan tashqari, so‘z san’atida, ta’bir joiz bo‘lsa, o ‘ziga xos «axloqiy
janrlar» mavjud. Ularni xalq og‘zaki ijodida ham, yozma adabiyotda
ham uchratish mumkin: maqol, matal, hikmatlar, hikoyatlar, rivoyat,
masal, pandnom a va h.k. shular jumlasidandir. Um um an olganda,
axloqsiz badiiy asarning bo'lishi mumkin emas, barcha san at asarlari
uchun axloqiylik umumiy zamin ahamiyatiga ega.
Ayni paytda san’at axloqshunoslik targ‘ibotchisi, axloqiy tarbiyaning
eng qulay vositasi sifatida ham namoyon bo'ladi. Chunonchi, badiiy
adabiyot, kino san’ati, tasviriy san’at va teatr san’atining, ayniqsa, bu
borada ahamiyati beqiyos. Bu san’at turlari yoshlarda axloqiy idealning
shakllanishiga xizmat qiladi. Chunonchi, «urush-urush» o ‘yinlarida
bolalarning mard, jasoratli, m atonatli, vatanparvar va halol amerikalik
hindular sardoriga, Alpomishga, G o‘ro‘g‘liga va boshqa xalq qahram on-
lariga taqlidi fikrimizning dalilidir.
Dostları ilə paylaş: |