M a’lumki, barcha fanlar, xususan, tabiiy fanlarning h ar biri o ‘z
sohasida haqiqatning ayon b o ‘lishiga xizmat qiladi. Axloqning pirovard
natijasi esa insonni haqiqatga olib borish, uni komil mavjudot qilib
tarbiyalashdir. Ana shu nuqtada axloq va fan bilvosita munosabatga
kirishadi. Ayni paytda ilm -fand a erishilgan olam sh u m u l yutuqlar
insoniyat jamiyati oldiga yangi-yangi axloqiy
vazifalar va m uam m olar
qo ‘yadi. C hunonchi, so'nggi paytlarda fan-texnika taraqqiyotining
yuksak darajasi va ekologik buhronlarning yuzaga chiqishi sababli
ekologik axloqshunoslik singari axloq ilmining yangi yo‘nalishlari vujudga
keldi; noosferadan yoki boshqacha aytganda, texnosferadan etosferaga
— axloqiy muhitga o ‘tish zarurati insoniyat jamiyati axloqiy madaniyati
oldidagi eng dolzarb vazifa sifatida qo'yilmoqda; zero, bu vazifaning
faqat axloqshunoslik doirasidagi muammogina emasligini, keng qamrovli
ekanini, butun Yer yuzining bu n d an keyin m avjud b o 'lish i yoki
bo‘lmasligi muammosiga aylanganini bugun yaqqol sezish mumkin.
Shu bois texnikaviy fanlar taraqqiyotining
navbatdagi bosqichlari
faqat axloq talablariga mos, ta ’bir joiz bo‘lsa, axloqiy nazorat ostida
amalga oshmog‘i lozim.
T o‘g‘ri, ba’zilar bizga, fan — m utlaq obyektiv hodisa, u m ohiyatan
xolis, shunga ko‘ra, uni axloqqa bu qadar bo‘ysundirish nojoiz, deb
e ’tiroz bildirishlari ham mumkin. Biroq fanni odam lar, turli hissiyot,
ehtiroslarga moyil, turli axloqiy fazilatlar, hatto illatlarga ega b o ‘lgan
kishilar
yaratishini yodga olsak, bunday e ’tirozlarning o ‘zi nojoiz
ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Zero, har bir olim ning m a’naviy-
axloqiy holati uning kashfiyotida qay darajadadir aks etm asligi m um kin
emas. Xullas, fan ham bevosita, ham bilvosita axloq bilan bog'liq va
aynan shu bog'liqlik tabiiy-texnikaviy fanlarni insoniylashtirish vazifasini
bajaradi.
Axloq va mafkura. Axloq bilan mafkuraning aloqasi ham jam iyat
hayotida juda katta aham iyatga ega. M a’lum ki, h a r b ir m afkura
muayyan g‘oyalar va qarashlar tizim idan iborat b o ‘ladi. R osm ana
mafkurani axloqiy g‘oyalarsiz ta sa w u r qilish qiyin. Lekin, g ‘oya hech
qachon o ‘z -o ‘zicha, shunchaki mavjud b o ‘lmaydi. U alb atta insonda
in ’ikos topadi va muayyanlashadi. Bu haqda Hegel o ‘zining «Falsafiy
bilimlar qomusi» asarida shunday deydi: «G ‘oya
haqida gapirganda,
uni qandaydir olis va narigi tom ondagi narsa tarzida ta s a w u r qilish
kerak emas. G ‘oya, aksincha, butunisicha shu yerda ish tirok etadi
ham da, shuningdek, h ar b ir o n g d a, kam d e g a n d a , b u z ilg a n va
www.ziyouz.com kutubxonasi
zaiflashgan holda mavjud b o ‘ladi».‘ Demak, muayyan g‘oyalarni, shu
jum ladan, axloqiy g‘oyalarni o ‘zida mujassamlashtirgan kishilargina
mafkurani yaratadilar va uni ommalashtiradilar.
H ar bir demokratik davlat va jamiyatda
bir necha mafkura mavjud
bo‘lishi tabiiy. Lekin ular ichidan biri yetakchilik mavqeyini egallaydi.
Bu yetakchilik zinhor boshqa mafkuralarni inkor etmaydi va jamiyat
a’zolari ko'pchiligi irodasini aks ettirishi bilan ajralib turadi. Um shuning
uchun ham milliy mafkura deb atashadi. Erkin demokratik fuqarolik
jamiyatini o ‘z oldiga vazifa qilib qo‘ygan bizning mamlakatimizda bu
masalaga jiddiy e’tibor berilgan. Chunonchi, 0 ‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasidagi birinchi b o ‘lim, ikkinchi bobning 12-moddasida
shunday yozib qo'yilgan:
.
« 0 ‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar,
mafkuralar va fikrlaming xilma-xilligi asosida rivojlanadi.
H ech qaysi mafkura davlat mafkurasi
sifatida о rnatilishi mumkin
emas».
. ,
Demak, bizning davlat demokratiya tamoyillariga asoslangan holda,
barcha mafkuralarning yashash huquqini ta’minlovchi institut sifatida
ish k o ‘radi. M illiy m afkuram iz esa boshqa b iro r-b ir m afkurani
kamsitmasdan, ko‘pchilik jamiyat a’zolarining ijtimoiy-falsafiy, axloqiy-
estetik g‘oyalari tajassumi sifatida mamlakat va millat taraqqiyotiga
xizmat qiladi. Chunonchi, u, eng aw alo, yuksak axloqiylikka asoslangan.
Milliy mafkuramiz jamiyatimizda vatanparvarlik, millatparvarlik, ziyolili
tamoyillarini ustuvor bilib, har bir fuqaroni buyuk davlat yaratishda
ishtirok etishga chorlaydi. Ayni paytda, um um bashariy m a’naviy
qadriyatlarni e’zozlashga, boshqa millatlar
va elatlarga hurmat bilan
qarashga chaqiradi, tenglar ichida teng bo‘lish g‘oyasini ilgari suradi.
Bu mafkura xalqimiz m a’naviy mezonlariga, uning ezgulik va farovonlik
haqidagi ideallariga, erksevarlik, tinchliksevarlik tamoyillariga mos keladi,
shu sababli unga ehtiyoj bor.
.
Tarixdan axloqiylikni chetlab o ‘tishga yoki uni axloqsizhkka mqo
qilib, axloqni soxtalashtirib um r ko‘rishga uringan mafkuralar ham bizga
m a ’lum. U lar, odatda, muayyan davlatning yagona mafkurasi deb e Ion
q ilin ad i va u m illatga y o lg 'o n vositasida singdirishga urm iladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Olmoniyada hitlerchilar ilgari surgan milliy sotsializm mafkurasi yoki
sobiq sho‘rolar ittifoqidagi komm unistik mafkura shular jum lasidandir.
H a r ikkala m afkura ham o ‘zin i ta n o lg a n la rd a n « m afk u rav iy
dushmanlar»ni jisman yo'qotishni talab etdi — jinoyatni qahram onlik
tarzida, eng buyuk axloqsizlikni axloqiylik sifatida targ‘ib qildi. Lekin
niqoblangan axloqsizlikning umri uzoq emas. Bu holatni buyuk rus
shoiri Aleksandr Pushkin «Tiklanish» degan she’rida bag‘oyat go‘zal
tasvirlagan:
Dostları ilə paylaş: