tilidagi barcha axloqshunoslikka doir adabiyotlarda ezgulik va
yovuzlik
mezoniy tushunchalar
sirasiga kiritilmagan, u bor-yo‘g‘i
yaxshilik va
yomonlikning sinonimi tarzida taqdim etib kelingan. T o ‘g ‘ri, yaxshilik
tushunchasining ko‘pgina unsurlari ezgulikdan, ezgulikning b a ’zi
unsurlari yaxshilikdan joy olishini inkor qilish m um kin emas.
Ularning
ziddida ham shunday «singishib ketish» mavjud. Lekin bunday dalillar
aslo m azkur ikki juftlikni aynanlashtirishga asos b o ‘la olmaydi.
Bu ikki juftlik tushunchalar orasida q at’iy farq mavjud: ezgulik,
yuqorida aytganimizdek, ijtimoiylik xususiyatiga ega, yaxshilik esa unday
emas. Yaxshilik asosan shaxsning odobiga, xulqiga bog‘liq b o ‘lgan ijobiy
hodisa. Zero, unda mardlik, ochiqko‘ngillilik,
halollik singari axloqiy
m e’yorlar tajassum topadi. Biroq unga asos b o ‘lgan am aliy xatti-
harakatlar qahramonlik, jasorat, vatanparvarlik kabi tamoyillar darajasiga
ko‘tarila olmaydi. Misol tariqasida buyuk shoirimiz Alisher Navoiyning
faoliyatini olaylik. U surunkasiga ijodiy m ehnatga um rini bag‘ishladi,
xalqi uchun, xalqlar uchun «Xazoyin ul-maoniy»dek, «Xamsa»dek buyuk
asarlar yaratdi. Bu — ezgulik, u m a’lum m a’noda abadiylik xususiyatiga
ega, chunki Navoiy asarlari millionlab odamlarga yuzlab yillar mobaynida
zavq-shavq ulashib, ularni komillikka chorlab kelmoqda. Ayni paytda,
Navoiyning o ‘zi bevosita ko‘plab yaxshiliklar qildi — muhtoj odamlarga
qarz berdi, bergan qarzlaridan kechib yubordi va h.k. U ning bu
yaxshiliklari ajoyib
ijobiy hodisa boMgani holda, o ‘tkinchilik tabiatiga
ega, shuningdek, istisnoli hollarda nam oyon bo'luvchi qahram onlik
ham, buyuk jasorat ham emas.
D em ak, ezgulik asosan
bilvosita amalga oshiriladigan, uzoqni
ko‘zlovchi, kelajakka ham moMjallangan, ya’ni strategik ahamiyatga
molik axloqiy
xatti-harakatlar majmui; yaxshilik esa, odatda, bevosita
shu kun uchun dolzarblik xususiyatiga ega, ya’ni
taktikaviy axloqiy
faoliyatdir. Shunday qilib, yaxshilikni yirik ijtimoiy hodisa — ezgulik
bilan aynanlashtirish to ‘g‘ri emas.
Bu ikki juftlikning yana bir farqli tom oni shundaki, voqe bo‘lgan
ezgulik hech qachon to ‘g‘ridan to ‘g‘ri yovuzlikka aylanmaydi, yovuzlik
esa har qanday zamonda, har qanday sharoitda ham yovuzlik bo‘lib
qolaveradi. Yaxshilik va yomonlikda esa bunday emas: biror obyektga
qilingan yaxshilik boshqa bir obyekt uchun yoki yaxshilik qilgan subyekt
uchun yomonlikka aylanishi mumkin. M ashhur o ‘zbek xalq ertaklaridan
biridagi ovchilar quvib kelayotgan bo‘rini qopga yashirib, qutqarib qolgan
dehqonning holatini bunga misol sifatida keltirish mum kin: b o ‘ri o ‘ziga
www.ziyouz.com kutubxonasi
yaxshilik qilib, o'limdan qutqargan odamni yemoqchi bo'ladi, xayriyatki,
tulki dehqonning joniga oro kiradi.
Xullas, muayyan ijtimoiy cheklanganligiga qaramay, yaxshilik va
yomonlik qamrovli mezoniy tushunchalardan.
Dostları ilə paylaş: