Abdulla sher axloqshunoslik


Burch, vijdon, nomus, qadr-qimmat



Yüklə 10,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/209
tarix13.12.2023
ölçüsü10,65 Mb.
#139765
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   209
Axloqshunoslik (Abdulla Sher)

4. Burch, vijdon, nomus, qadr-qimmat
Yana bir muhim mezoniy tushuncha — burch. Burch, mohiyatan, 
jamiyat, davlat va shaxslarga nisbatan muayyan individdagi munosabat, 
ular oldidagi majburiyat. U, yuqorida aytganimizdek, vijdon, e tiqod, 
m as’uliyat kabi tushunchalar bilan mustahkam bog liq. U m um an, 
hayotda insonning har bir xatti-harakati zamirida burch tushunchasi — 
burchga sadoqat yoki xiyonat yotadi.
Burchning insonlik burchi, musulmonlik burchi, nasroniylik burchi, 
fuqarolik burchi, otalik burchi, onalik burchi, farzandlik burchi singari
1 Qarang: Ш опенгауэр А. Свобода воли и нравственность. М ., «Республика»,
1992. С. 224-229.
www.ziyouz.com kutubxonasi


keng qamrovli, barcha davrlar uchun umumiy bo‘lgan tushunchalari 
ham , jurnalistlik burchi, shifokorlik burchi, olimlik burchi kabi kasbiy 
odob doirasidagi tushunchalari ham mavjud.
Burch tushunchasining o ‘ziga xos jihatlaridan yana biri - uning 
vaqt va jamiyatda muayyanlashish xususiyati. C hunonchi, bir tuzum
yo jam iyatda ijobiy hisoblangan burch talablari ikkinchi bir tuzum yoki 
jam iyat uchun salbiy m a’no kasb etishi m um kin. Sobiq sho‘ro lar 
fuqarosining o ‘sha davrdagi mavjud tuzum oldidagi burchi hozirgi kunda 
o‘ta salbiy hodisa sifatida baholanishi bunga yorqin misol bo‘la oladi.
Harbiylashgan va o ‘ta mafkuraviylashgan, ya’ni, yagona mafkura 
hukm ronlik qilgan jamiyatlarda esa burch om m a ham da shaxs hayotida 
fojeiy hodisaga aylanadi. ОЧа ustalik bilan yo‘lga q o ‘yilgan targ‘ibot 
natijasida bunday jamiyatlar a ’zolarining ko'pchiligi oqni - qora, qorani
— oq deb qabul qiladilar. Buni umumbashariy va milliy qadriyatlam i 
oyoqosti qilgan beshafqat sho‘rolar sotsializmi yoki fashistlarning milliy 
sotsializmi yaqqol isbotlab berdi. Yuz minglab, hatto millionlab odam lar 
aldandilar, keyinchalik, uzoq yillar mobaynida vijdon azobida yashadilar. 
Demak, jamiyat qurilishida totalitarchilikka yo‘l qo‘yilishi o ‘sha jam iyat 
a ’zolari tom onidan b u rchning n o to ‘g ‘ri tushunilishiga va buning 
oqibatida b a’zi hollarda beixtiyor, omilik tufayli, b a’zan esa ixtiyoriy- 
majburiy tarzda yuz beradigan ommaviy axloqsizlikka olib keladi.
Shunday holatlar ham bo ‘ladiki, unda burch shaxsning ko‘pgina 
m ayl-istaklariga qarshi hodisaga aylanadi: uni h u zu r-h alo v atd an , 
turm ush lazzatlaridan mahrum etadi. Masalan, Furqat mustamlakachilar 
mafkurasiga xizmat qilganida, uning hayoti rohat-farog‘atda kechishi 
m um kin edi. Lekin, u Vatan oldidagi, millat oldidagi burchni deb 
muhojirlikning og‘ir qismatiga duchor b o ‘ldi: uni mustamlakachilar, 
aw al aytganimizdek, m amlakat hududidan chiqarib yuborib, qayta 
kiritmadilar. Furqat xorijda vafot etdi.
B a’zan burch tufayli odam lar o ‘z sevgisidan, jon-dilidan sevgan 
kishisidan, hatto aka-ukasi, opa-singlisi yoki farzandidan kechishga 
h am m ajbur b o ‘ladilar. X ullas, b u rc h ax lo q sh u n o slik m ezo n iy
tushunchalari ichidagi eng «qattiqqo‘l», eng «shafqatsiz»i.
V ijd o n . A x lo q s h u n o slik n in g n ih o y a td a t a ’s ir d o ira s i k en g
tushunchalaridan biri vijdondir. Vijdon — Zigmund Froyd ta ’biri bilan 
aytganda, a ’lo men, men ustidan nazorat o ‘matib, uni boshqarib turuvchi 
ikkinchi bir, yuqori darajadagi men. Agar uyat hissi insonning tashqi, 
jamiyatga bog‘liqligidan kelib chiqsa, vijdon uning ichki o ‘z -o ‘ziga
www.ziyouz.com kutubxonasi


bog‘liqligini namoyon etadi. Bu ichki bog‘liqlik tashqi bog hqlikka 
nisbatan teran va doimiydir: uyat m a’lum bir vaqt ichida odarnnmg о z 
nojo‘ya harakati tufayli yuzaga kelgan o‘ng‘aysizligi bo‘Isa, vijdon azobi, 
bu - oddiy o ‘ng‘aysizlik emas, balki qalbdagi, odamdagi odamiyhkka 
e ’tiqodning faryodi, talabi; uni qondirmas ekansiz, hech qachon azob 
to ‘xtamaydi. Uyat bilan vijdonni, shu bois, dengizdagi muz tog iga 
aysbergga o'xshatish mumkin: yuzaga uyat tarzida chiqib turgan qismi 
teranlikdagi qismidan yuz, balki ming barobar kichik.
Vijdon ham axloqshunoslikning boshqa ba’zi asosiy tushunchalari 
kabi baholash xususiyatiga ega. Lekin bu baholash hech qachon obyektga 
qaratilmaydi, u subyektning xatti-harakatlarini baholaydi, ya m unda 
subyekt o ‘zi uchun ichki obyekt vazifasini o'taydi. Ba’zan jamiyat 
talablari bilan vijdon o‘rtasida ixtiloflar chiqishi mumkin. Bunda vijdon 
emas, jamiyat talablarining o ‘tkinchilik xususiyati, m a’lum ma noda 
eskirganligi aybdordir. Zero, vijdon ko‘zga ko‘rinmas, lekin ulkan va
mutlaq aybsiz axloqiy hodisadir.
Ko‘pincha vijdon tushunchasi o ‘rnida imon iborasmi uchratisn 
m um kin. Im on aslida din iy tu sh u n ch a. Lekin h a y o td a vijdon 
tushunchasining sinonimi tarzida ishlatiladi. Masalan, kim nidir birov 
«imonli odam» deganida, uning m usulm onlikka im on keltirgan- 
keltirmagani haqida o‘ylab o‘tirmaydi, buning ustiga, u odam musulmon 
emas, nasroniy bo‘lishi ham mumkin. Chunki gap bu yerda о sha 
odamning dindorligi haqida emas, balki vijdonli, halol, rostgo у ekanhgi 
t o ‘g ‘risida ketyapti. Shu m a ’n o d a vijdon bilan im o n n i egizak 
tushunchalar deyish mumkin. Diniy e’tiqodlarga munosabatlarnmg 
rasm iy tild a «vijdon erkinligi» deb atalishi ham u la r orasidagi 
chambarchas bogMiqlikdan dalolat beradi.
A fsuski, o d a td a , k o ‘p c h ilik a d a b iy o tla rd a v ijd o n m ezom y 
tushunchasiga «subyektiv» hodisa tarzida qarab, adolat, burch, nomus 
singari tushunchalarni unga qaraganda ijtimoiy aham iyatliroq deb 
baholash, ularni «to‘rga chiqarish» hollari tez-tez uchrab turadi. 
Vaholanki, vijdonsiz odam dan hech qachon adolatm ham , burchga 
sadoqatni ham , or-nom usni ham kutish m um kin em as. Vijdonli 
odam largina haqiqiy erkin, dem okratik fuqarolik jam iyatim yarata 
oladilar. Z ero, vijdon, eng a w a lo , o ‘zgalarga nisbatan burch va
mas’uliyatni taqozo etadi.
Nomus. Asosiy tu sh u n ch alard an yana biri - n o m us. N om us 
tushunchasi bir tom ondan, burch bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi jihatdan,
254
www.ziyouz.com kutubxonasi


qadr-qimmat tushunchasiga aloqador. Zero, nomus mohiyatan shaxsning 
о z qadr-qim m atini anglab yetishi, shu qadr-qim m atning jam iyat 
to m o n id a n tan o linishi yoki olinm asligiga nisb atan b o 'la d ig a n
munosabati bilan belgilanadi.
Biroq, bu - nomus qadr-qim m at tushunchasi bilan bir xil m a’noga 
ega, degani emas. C hunki qadr-qim m at shaxsdan o ‘zining boshqa 
odamlarga nisbatan kamsitilmasligini, atrofdagilardan barcha insonning 
teng huquqliligi tamoyilini o ‘ziga nisbatan qo'llashlarini talab qiladi. 
N om us esa о z qadr-qim m atini bilishdan tashqari, har bir shaxsning 
jamiyatda alohida, o'ziga xos tarzda egallagan mavqeyi va shu mavqeni 
dog tushirm ay saqlash-saqlamasligi bilan bog'liq. Bu mavqe esa
shubhasiz, o ‘sha shaxsning ijtimoiy hayotdagi o ‘m i, kasbi, yoshi va 
unga nisbatan beriladigan axloqiy daraja bilan muayyanlashadi. Masalan, 
uyingizda bir kun kelib oddiy ishlarni bajarib ketadigan mardikor bilan 
nom i ketgan mashhur binokor-ustaning, bosh vazir bilan kotibaning, 
bobo bilan nabiraning nomusni tushunishi bir xil emas. Shu m a’noda 
qadr-qim m atni nomus tushunchasining dastlabki bosqichi, ibtidosi deb 
aytish mumkin.
G ohida nomusni or tushunchasi bilan chalkashtirish hollari ham
uchrab turadi. Lekin, aslida, nomusga nisbatan or ancha to r qamrovdagi, 
nisbatan zalvorsiz tushuncha. C hunonchi, oriyatli odam deganda, o ‘z 
so zining ustidan chiqadigan, sadaqa tarzida qilingan m uruw atlardan 
baland turadigan shaxs tushuniladi. Beor odam — o ‘z sha’niga aytilgan 
gaplarga parvo qilmay, ishini bajarib ketaveradigan, aytilgan-aytilmagan 
joylarga suqilib kiraveradigan surbetnam o kishi. N omusning esa toshi 
og‘ir — ijtimoiylik xususiyatiga ega, keng qamrovli. N om us yo‘lida 
inson hatto o ‘z hayotidan kechishi mumkin, odam lar o ‘z nomusi, oila 
nomusi, millat nomusi deb kurashadilar. Bu haqda ko'plab badiiy asarlar, 
p an d -o ‘gitlar yaratilgan.
M e h n at, sport singari so h a lard a ja m o a nom usi ham alo h id a 
ahamiyatga ega; unda nomus o bro ‘ tushunchasi bilan bog'lanib ketadi. 
Bularning hammasi o‘zini hurm at qilish, o‘ziga nisbatan atrofdagilarning 
hurm at-izzatini yo‘qotmaslik uchun o ‘z -o ‘zini nazorat qilish hissidan 
kelib chiqadi.

Yüklə 10,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin