keng — u insonparvarlikning nisbatan muayyanlashgan shakli. U, eng
aw alo, o ‘z vatandoshlari erkini asrash uchun kurash,
inson ozodligi
yo‘lidagi xatti-harakatlardir. Vatan himoyasi, bu — inson himoyasi,
millat himoyasi. Lekin bu himoya,
yuqorida aytganimizdek, faqat jang
maydonida emas, balki barcha sohalarda ham namoyon b o ‘lishi mumkin.
H a r ja b h a d a V a ta n e ris h g a n m u v a f f a q iy a tla r d a n q u v o n c h ,
muvaffaqiyatsizliklardan qayg‘u hissini tuyush, Vatan bilan g ‘ururlanish,
uning har b ir qarich yeriga, binosining h ar bir g'ishtiga,
qadimiy
obidalariga, ilm -fan va san’atdagi yutuqlari-ga m ehr bilan qarash, ularni
ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash bular ham m asi vatanparvarlikdir.
Vatanparvarlik tamoyili Vatan tushunchasini fidoyilarcha idrok etish,
muayyan hudud va xalqqa muhabbat hissi singari om illar bilan bog‘liq.
Zotan, m a’lum bir mamlakat fuqarosi o ‘sha mamlakatdagi asosiy etnik
guruh vakili b o ‘lmasligi ham mumkin. Turli shart-sharoit taqozosi bilan
boshqa bir hududga,
mamlakatga kelib, qolib ketgan fuqarolar, o ‘z
tarixiy vatanidan olisda tug‘ilganlar kam emas. U larning ko‘pchiligida
«tarixiy Vatan» tushunchasi xayoliy bir qo'm sash, shirin g'ussa, o'tkinchi
intilish tarzida ifoda topadi. Aslida esa bu — mazkur Vatanga muhabbat
em as, balki o ‘z ajd o d larig a, olis x o tirag a h u r m a td a n ,
ek zo tik
hissiyotlardan kelib chiqadi; haqiqiy m uhabbat esa, sharoit har ikki
Vatandan birini
tanlashni taqozo etganda, hozir yashab turgan Vatani
va vatandoshlariga nisbatangina mavjud ekani aniq-ravshan ayon bo‘ladi.
Mazkur holatni ajoyib guiji yozuvchisi N odar D umbadze o ‘zining
«Hellados» hikoyasida g‘oyatda jonli tasvirlab bergan: Suxumining
Venetsian ko‘chasida Yanguli ismli yunon bola otasi bilan birga yashaydi.
Uning chap ko'ksida «Hellados» (Ellada) degan sanchm a yozuv bor, u
bu bilan faxrlanib yuradi. Lekin, vaqt kelib, yunonlarga tarixiy vatanlariga
qaytishga
ruxsat berilganida, Yanguli ketishni istamaydi. Otasi qattiq
kaltaklab, majbur qiladi. D o ‘sti Jam ol undan nega otang bilan birga
ketmoqchimassan, deb so'raganida Yanguli shunday javob beradi:
Dostları ilə paylaş: